Birinchi tartibli chiziqli differensial tenglamalar




Download 1,63 Mb.
bet5/10
Sana27.05.2024
Hajmi1,63 Mb.
#254585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Solijonov Barkamoljon KURS

1.3 Birinchi tartibli chiziqli differensial tenglamalar.


Bernulli tenglamasi
Birinchi tartibli F(x,y,y`) = 0 differensial tenglamaning chap qismi у va y` larga chiziqli bog`liq shakliga chiziqli tenglama deyiladi. Chiziqli, birinchi tartibli differensial tenglama,

y′ + P(x)·y = f(x) (6)


ko`rinishda yozilishi mumkin.
(6) tenglamani integrallash jarayoni, odatda, ikki bosqichdan iborat. Dastlab, tenglama o`ng tomonidagi f(x) funksiyani 0 bilan almashtiriladi va
y′ + P(x) - y = 0 (7)
tenglamaning umumiy yechimi topiladi. (7) tenglama (6) tenglamaning mos chiziqli bir jinsli tenglamasi deyiladi. (6) tenglamaning o`zi esa, agar f(x) ≠ 0 bo`lsa, bir jinsli bo`lmagan tenglama deyiladi. Bir jinsli tenglamaning umumiy yechimi qurilgandan so`ng, bir jinsli bo`lmagan tenglamaning biror-bir y1(x) xususiy yechimi topiladi.
Bir jinsli bo`lmagan (1) tenglama umumiy yechimi, ushbu tenglama biror-bir xususiy y1(x) yechimi bilan uning mos bir jinsli tenglamasi umumiy yechimlari yig`indisiga teng.
Birinchi bosqichda bir jinsli (7) tenglamani yechamiz.
Tenglama o`zgaruvchilari ajraladigan differensial tenglama bo`lgani uchun,
dy/y = - P(x)·dx.
Oxirgi tenglamani integrallab, y = C·e-P(x) umumiy yechimni quramiz, bu yerda, P(x) flinksiya p(x) ning boshlang`ich funksiyalaridan bin.
lkkinchi bosqichda (6) tenglama xususiy yechimlaridan birini ixtiyoriy o`zgarmasni variatsiyalash usulida, ya`ni y,(x) xususiy yechimni y1(x) = u(x)·e-P(x) shaklda qidiramiz. Ushbu ifodani (6) tenglamaga qo`yamiz va u(x) noma`lum funksiyaga nisbatan,
u′- e-P(x) - u·P′(x)·e-P(x) + P(x)·u·e-P(x) = f(x)
tenglamani olamiz. P′(x) = p(x) munosabat o`rinli bo`lgani uchun, tenglamaning chap tomondagi ikkinchi va uchinchi hadlari o`zaro yeyi-shadi. Natijada,
u′·e-P(x) = f(x) yoki du/dx = f(x)·eP(x)
tenglama kelib chiqadi. Uni integrallab, cheksiz ko`p
u(x) = ∫f(x)·eP(x)dx
boshlang`ich funksiyalardan birini tanlaymiz. Masala. y′ - 2x(y + l) = 0 tenglamani yeching.Tenglama y′ - 2x - y = 2x shaklda yozilishi mumkin va chiziqli tenglamadir. Tenglamaning mos bir jinsli tenglamasi y′ – 2x - y = 0 ko`rinishga ega. O`zgaruvchilarni ajratib, so`ngra integrallaymiz:
dy/y = 2x·dx ↔ ln|y| = x2+ln|c| ↔ y = ± c·ex2
Dastlabki bir jinslimas tenglamaning xususiy yechimi y0(x) ni y0(x) = u(x)·ex2 ko`paytma ko`rinishida topamiz:
u′ - ex2 + 2x·u·ex2 - 2x·u·ex2 = 2x ↔ u′ = 2x·e-x2
va u(x) = - e-x2 +c, umumiy yechimdan u(x) = - e-x2 xususiy yechimni tanlaymiz. Natijada, y0(x) = - e-x2·ex2 = -1, shunday qilib, berilgan tenglamaning umumiy yechimini xususiy y = - l va mos bir jinsli tenglama umumiy yechimi y = c·ex2 larning yig`indisidan iborat:
y(x) = c·ex2 - l;
Chiziqli differensial tenglamani yechishda qo`llanilgan usul ba`zi chiziqsiz tenglamalarni ham yechish imkonini beradi. Xususan, chiziqsiz
y′+ P(x)·y = q(x)·yn (8)
Bernulli tenglamasi deb yuritiladigan tenglamani yuqoridagi usulni qo`llab, yechish mumkin. Dastlab, y′ + P(x)·y = 0 bir jinsli tenglamaning yechimlaridan biri y0(x) ni topamiz.
(8) tenglama umumiy yechimini y(x) = u(x)·y0(x) ko`rinishda qidiramiz. Natijada, noma`lum u(x) ga nisbatan,
u′(x)·y0(x) = q(x)·un(x) - y0n(x)
o`zgaruvchilari ajraladigan tenglama kelib chiqadi va integrallanadi.

Download 1,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Birinchi tartibli chiziqli differensial tenglamalar

Download 1,63 Mb.