|
Kurs ishining dolzarbligi
|
bet | 2/12 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 429,41 Kb. | | #112552 |
Bog'liq Matematik modellashtirish kursKurs ishining dolzarbligi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab ta’lim va tarbiya tizimi zamona talabiga, ya’ni iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talabiga javob bera olmay qolganligi ma’lum bo’ldi. Ta’lim tizimidagi muammolar: maktablarning moddiy bazasining juda nochorligi, o’qituvchilar malakasining pastligi, o’quv jarayonining mukammal emasligi, eski qolipda yozilgan darsliklar, bitiruvchilar malakasining pastligi, o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi munosabat, o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatining pastligi kabilar edi.
Ta’lim tizimidagi kamchiliklar shu jumladan fizika fanini o’qitish uslubiyotini ham chetlab o’tmadi. Respublika DTM ning axborotida qayd etilishicha, keyingi yillarda abiturentlarning fizika fanidan to’plagan ballari fanlar orasida oxirgi o’rinlarni egallab kelmoqda. Respublika miqyosida maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan olimpiadalarda fizika fani bo’yicha 1 va 2 o’rinlar bo’sh qolmoqda. Bunday ahvol Respublikada fizika fanini o’qitish uslubiyotida jiddiy kamchiliklar mavjudligidan darak beradi. Bu muammoni hal etishning yagona yo’li fizikani o’qitishga yangi ta’lim texnologiyalarini joriy etish hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim tizimida sinovdan o’tib o’zining hayotiyligini ko’rsatgan yangi pedagogik texnologiya (YaPT) bizning ta’lim tizimimizda yaqinda kirib kela boshladi. Fizikani o’qitishda YaPT ni joriy etish o’qituvchidan zamonaviy didaktik usullar (induksiya, deduksiya, sistema, model, analogiya)ni keng qo’llashni taqozo etadi. Ikkinchidan ta’lim jarayoni murakkab, takomillashib boruvchi, ochiq, boshqariladigan dinamik va nochiziqli sistema hisoblanadi. Bu sistemaning asosiy elementlari bo’lib o’qituvchi, o’quvchi, darsliklar, o’qitish uslubiyoti va hokazolar hisoblanadi. Bu elementlarning har biri o’z navbatida murakkab sistema hisoblanadi. Ushbu elementlar o’rtasida funksional bog’lanish mavjud. Funksional bog’lanishlarni tahlil qilib uning zaif tomonlarini aniqlash va uni bartaraf etish orqali fizikani o’qitishning samaradorligini oshirishga erishish mumkin.
Ta’lim tizimiga axborot texnologiyalarini tadbiq etish sohasida yaratilayotgan dasturiy vositalarni tahlil qilganda shu narsaning guvohi bo’lamizki, jarayonlarni harakatli animasiyalar va virtual laboratoriyalar orqali tasvirlash ancha keng tarqaldi[2]. Shuning bilan bir qatorda, bizning fikrimizcha, ayrim masalalarni qulay grafik interfeysni yaratgan holda komputerda bajartirilsa, o’quvchi uchun foydali bo’ladi. Birinchidan, masala natijasi kiritilgan zahoti o’quvchiga uning to’g’ri-noto’g’ri ekanligi ma’lum bo’ladi, ikkinchidan, agar noto’g’ri bo’lsa, yoki o’quvchida mavzuni o’rganish zarurati tug’ilsa, tezgina uni komputerda o’qib olish imkoniyatini yaratib qo’yish mumkin, uchinchidan, ayrim jarayonlar harakatli tarzda namoyish etilishi mumkin, to’rtinchidan, o’quvchi vazifani bajarar ekan, komputerda ishlash malakasi yanada oshadi.
|
| |