• Olingan natijalarning asoslanganligi.
  • Ishning yangiligi.
  • Ishning amaliy ahamiyati.
  • Matematika-informatika fakulteti




    Download 429,41 Kb.
    bet4/12
    Sana06.12.2023
    Hajmi429,41 Kb.
    #112552
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Matematik modellashtirish kurs

    Olingan asosiy natijalar. Ishni bajarish jarayonida kasb-hunar ta’limi, umumiy o’rta maktablar bo’yicha va informatsion texnalogiyalarga oid adabiyotlar to’plandi. Internet sahifalari, Farg’ona Davlat universiteti axborot-resurs markazi, Farg’ona Davlat universiteti huzuridagi “Kompyuter va axborot texnologiyalari” akademik litseyi axborot-resurs markazida, Farg’ona tumanidagi 36-umumiy o’rta ta’lim maktabi axborot-resurs markazida to’plangan adabiyotlar tahlil qilindi, o’qituvchilarning “fizika” fani mavzulari bo’yicha o’tayotgan mashg’ulotlari kuzatildi, o’qituvchilar bilan suhbat o’tkazildi, ular asosida “fizika” kursining mexanika bo’limidagi ayrim masalalarni komputer texnologiyalari asosida bajarishning tartibi belgilandi.
    Ushbu ko’rsatmalarga asoslanib, dasturlash tillari, Web sahifalar qurish dasturlari, Borland Delphi dasturi o’rganib chiqildi va grafik interfeysli trenajyor yaratishda foydalanildi.
    Olingan natijalarning asoslanganligi. Elektron o’quv qollanmani yaratishda va kompyuterda dars mashg’uloti imitatsiyasini tashkil etishga dasturlash tillari, Web sahifalar qurish dasturlari, Turbopaskal va Borland Delphi dasturlari, “fizika” fani bo’yicha chop etilgan adabiyotlardan, komputer texnologiyalari bo’yicha to’plangan adabiyotlardan foydalanildi. Kompyuterda olingan natijalar bevosita ana shu yuqorida keltirilgan materiallarga asoslangandir.
    Ishning yangiligi.
    1. Multimedia texnologiyasi asosida elektron o’quv adabiyotlarni yaratishga zamonaviy yondoshuvlardan foydalanildi;
    2. Umumiy o’rta maktablar va o’rta maxsus ta’limida fizika kursining mexanika bo’limini o’qitishda qulay grafik interfeysli dasturiy vosita tayyorlandi;
    3. Mexanika bo’limidagi yerdan burchak ostida otilgan jism harakatini matematik modellashtirish bo’yicha dasturiy vosita tayyorlandi.
    Ishning amaliy ahamiyati. Kurs ishini bajarish jarayonida tayyorlangan “fizika” fani mexanika bo’limini o’qitish boyicha tayyorlangan grafik interfeysli dasturiy vositadan umumiy o’rta ta’lim maktablarning 7-sinfida, shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida darslarni o’tishda bevosita foydalanish mumkin.

    Download 429,41 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 429,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matematika-informatika fakulteti

    Download 429,41 Kb.