• Ishning tarkibi.
  • 1.1. Fizika o’qitishning ahamiyati va uning tuzilishi. Unda kompyuterdan foydalanish.
  • Ishning qo’llanilganlik darajasi




    Download 429,41 Kb.
    bet5/12
    Sana06.12.2023
    Hajmi429,41 Kb.
    #112552
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Matematik modellashtirish kurs

    Ishning qo’llanilganlik darajasi. O’rta maktablarda fizika kursini o’qitishga yo’naltirilgan ushbu elektron dasturiy vosita pedagogik amaliyot davomida sinovdan o’tkazildi, bunda maktab o’qituvchilari tomonidan berilgan ayrim tavsiyalardan dasturni boyitishda foydalanildi.
    Ishning tarkibi.
    Kurs ishi kurish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyolar ro’yxati va ilovalardan iborat. Kirish qismida qo’yilgan mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, tadqiqot ob’ekti, tadqiqot yangiligi, ishning amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilib berilgan.

    1-BOB. FIZIK JARAYONLARNI O’RGANISHDA MATEMATIK VA KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISH.




    1.1. Fizika o’qitishning ahamiyati va uning tuzilishi. Unda kompyuterdan foydalanish.
    Ta’lim jarayonida fizika kursining umumiy ta’lim predmetlari orasidagi o’rni va uni boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko’ra aniqlanadi. Fizika kursi nazariy fan bo’lib, uning asosini fundamental na’zariyalar, qonunlar va Ilmiy tushunchalar tashkil etadi. Fizika tez sur’atlar bilan rivojlandi, jumladan Nyuton mexanikasi, relyativestik mexanika, kvand mexanikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi. Bu esa birinchidan hozirgi fizika o’rganadigan hodisalarni sonini ko’paytirib yubordi. Ikkinchidan fanning rolini ko’tardi. Fizik nazariyalar boshqa, tabiiy fanlarning, masalan kimyo, elektro texnika, radiotexnika, gazlar dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo’lib qoldi. Ularning ko’pchiligi alohida fan bo’lib ajralib chiqdi. Fizikada ochilgan qonunlar universal bo’lib uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchi darajaga ko’tardi.
    Yuqorida aytilganlardan ko’ramizki, fizikani bilmasdan to’la qiymatli ta’lim ma’lumotini tasavvur qilib bo’lmaydi. Boshqa predmetlar kabi fizika o’qitish ham didaktik maqsadlarni ya’ni ta’lim-tarbiya va o’quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradi. Ko’rinib turibdiki, ta’limda fizika o’qitish katta ahamiyatga ega. Fizika o’qitish jarayonida o’quvchi va talabalar fizikani sanoatda, qishloq xo’jaligida, transportda, tibbiyotda va boshqa sohalarda qo’llanishlari bilan tanishadilar, o’lchov asboblari bilan ishlash malakasiga ega bo’ladilar va foydali mehnatga tayorlanadilar.
    Fizikani o’rganish orqali o’quvchilar tabiatidagi qator hodisalar va ularning Ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularga dunyoning moddiyligi haqida ishonch shakllanadi, dunyoni o’rganishda insonning imkoniyatlari katta ekankigini bilib oladilar. Natijada ta’lim oluvchilarning mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
    Fizika va unga yaqin fanlarni o’qitish o’quvchilarda quyidagi ta’lim sifatlarini berishi bilan ajralib turadi:
    - ketma-ketligi mantiqiy to’g’ri va oddiydan murakkabga qarab boorish tamoyiliga rioya qilish;
    - fizik hodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish;
    -tajriba o’tkazish uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash ko’nikmalarini hosil qilish;
    -asosiy fizik qonunlar va hodisalarni to’g’ri talqin qilish , ularni masala yechishda tadbiq etish va tajribaga tekshirib ko’rish ko’nikmalarini hosil qilish ;
    -oily o’quv yurtida kirish uchun zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikma hosil qilish;
    -o’quvchilarning fizik tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish hamda hayotda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni to’g’ri talqin qilishga o’rgatish;
    -hozirgi zamon fizikasini fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekalogiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarni hal etish yo’lidagi roli bilan tanishtirish kerakligini ko’rsatishdan iboratdir.
    Ana shunday ulkan talablarni hisobga olishga o’qitishning diafilm, kinofilm, radio kabilar bilan bir qatorda kompyuterlarning ham o’rni beqiyosdir.
    XXI asr bo’sag’asida kompyuerlashtish yuqori cho’qqilarni egallagan bir vaqtda, fanlarni kompyuter dasturlari orqali o’qitishni davr talab qilmoqda. O’quv jarayonida kompyuterlashtirish katta jadallik bilan kirib kelmoqda. Kompyuter dasturlari orqali fizik tajribalarni, effektlarni va hodisalarni namoyish qilish mumkin. Kompyuterdan bilim berishda olgan bilimlarni nazorat qilishda, fizikadan masalalar yechishda va labaratoriyada keng foydalanish mumkin. An’anaviy labaratoriyalar, ularga dunyoning moddiyligi haqida ishonch shakllanadi, dunyoning o’rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini biliob oladilar. Natijada talim oluvchilarning mantiqiy jikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
    Turli xil fizik qonuniyatlarni o’rgatuvchi, parametrlar o’rtasidagi parametrlar o’rtasidagi bog’lanishni o’rgatuvchi grafiklarni chizuvchi fizik jarayonlarni tabiatga ro’y berishiga yaqin tarzda amalgam oshiruvchi kompyuter dasturlari keyingi vaqtda ko’plab tuzilmoqda. Bunday da sturlardan fizika fanini o’qitishda ham foydalanib kelinmoqda.
    Umumiy fizika kursi materiali hajmi jihatdan katta. Bu materiallarning bo’limlari bo’yicha o’qitishda kompyuterdan foydalanish afzalroq bo’lgan materialni tanlab olish lozim. Masalan fizikaning “atom va yadro fizikasi” bo’limining o’zidagina o’lchovi angstrom tartibida otom va elementar zarralar o’rtasidagi jarayonlarni tajribalarni an’anaviy labaratoriya sharoitida kuzatib bo’lmaydi. Chunki odamning ko’rish qobiliyati o’lchovidagi nozik majmuani ko’rishga qodir emas. Vaholanki, bu jarayonlarni kompyuterda mul’tiplikatsiya tarzida kuzatish mumkin.
    Keyingi vaqtda o’qitishni yanada takomillashtirish uchun “elektron darslik”lar yaratish to’lda qo’yilmoqda. Bundan o’qituvchilar yaxshi foydalanishlari mumkin. Bu “elektron darslik”larning eng qulay tomoni olisdan turib boshqarishga mavzuni o’rgatishga imkon beradi.
    Zamonaviy EHMlarning yaratilishi juda murakkab masalalarni masalan gidroaerodinamika va issiqlik almashinuvi masalalarini yechib hayotda kengroq tadbiq etish imkoniyatini ayrim murakkab tajribalarni modellashtirish imkoniyatini yaratdi. Bu sohadagi masalalarni EHM yaratilmasidan avval yillar davomida yechish mumkin edi. Ana shunday kuchli hisoblash mashinalari yaratilishi hech kimning xayoliga ham kelmagan edi. [7]
    Birinchi EHMlar yaratilganda quvvatli hisoblash mashinalari faqat labarotoriya yoki ilmiy institutlarda qo’llanilar edi. EHMlar hajmining kichrayishi narxining kamayishi esa ularning barcha sohalarda kengroq kirib kelishiga sabab bo’ldi.
    EHMlar rivoji amaliy masalalarni yechish va uni amalgam qo’llaydigan yangi bir nwcha fanlar qatori hisoblash gidromexanikasi fani va fizik jarayonlarni matematik modellashtirish imkoniyatini yaratilishiga olib keldi.
    Hisoblash usullarining qo’llanishi no’zi ham tubdan o’zgardi. Shu bilan birga EHMda murakkab masalalarni yechish usullarini yaratish juda ham avj oldi. Teskor xotirasi katta samarali EHMlar yaratish talabi ham shu masalalarni yechishda kelib chiqqan. Albatta shu sababli ham ular hisoblash mashinasi deb yuritilar edi. Hozirgi davrda bu nom juda tor ma’no bo’lib qoldi. Hisoblash gidroaerodinamikasi fanining asosiy maqsadlaridan biri jarayonlarning asosiy matematik model yordamida ifodalab ularning sonli usullar va EHM yordamida yechishni o’rganishdir. [6]
    Hisoblash deganda matematik model yordamida yechish tushuniladi. Bu sohada jarayonlar ko’pincha birinchi, ikkinchi va undan yuqori tartibli differensial tenglamalar (xususiy yoki xususiy bo’lmagan) tenglamalar sistemasi orqali ifodalanadi. Barcha asosiy qonunlar: uzluksiz (massaning saqlanish qonuni), harakatning saqlanish qonuni va boshqa qonunlar (differensial tenglamalar sistemasi) ko’rinishida ifodalanadi.
    Albatta ko’p hollarda fizik jarayonlar to’la aniqlikda matematik model yordamida ifodalana olmaydi. Bunday hollarda jarayon soddalashtirilib (ideallashtirilib) olinadi. Umuman jarayonlarni hozirgi davrda ikki usul bilan o’rganish mumkin:
    -Matematik modellashtirish;
    -tajriba o’tkazish.
    Matematik model yordamida o’rganishning hozirgi davrda q’llanilishini asosiy sabablaridan biri EHMni qo’lash bo’lsa boshqa tomondan u material jihozlar talab qilmaydi va tez har xil variantlarni sonli tajribalar o’tkazish imkonini berdi. Bundan tashqari shunday jarayonlar mavjudki ularni faqatgina matematik model yordamida o’rganish mumkin. Masalan, yuqori harorotli issiqlik masalalari kichik yoki hokazo shunga o’xshash ekalogik masalalar faqatgina matematik model yordamida o’rganishi mumkin bo’ladi.
    Ikkinchidan, yani tajriba usuli eng qadimiy usullardan bo’lib ko’p tabiat qonunlari kuzatish va biror qurilma model andoza yordamida ochilgan va o’rganilgan . Bu usul albatta material jihozlar talab qilinishidan tashqari tajriba qurilmasini yaratishni talab qiladi. Agar yaratilgan qurilma aytgan natijani bermasa qurilma qismlari almashtirilishi yoki butunlay boshqatdan yaratilishi kerak bo’ladi. Bu albatta juda ko’p vaqt va material talab qiladi. Shunga qaramasdan bu usul ham qo’llaniladi.
    Ko’p hollarda matematik usul bilan olingan natijalarning to’g’riligiga o’xshash tajriba natijalari bilan taqqoslanadi.Bu ikki usul ana shunday bir-birini to’ldirishi mumkin.
    Jarayonlar qanchalik matematik usul yordamida to’g’ri ifodalansa uni natijalari yetarli darajada aniqlikda bo’ladi. Bu sohada quyidagi muammolar bo’lishi mumkin. Bu holda eng yaxshi aniqlikdagi usullar ham yordam bermaydi. Aniq bo’lmagan hodisani aniq yechish kerak emas.
    Ikkala usul matematik model va tajriba usulining umumiy tomoni bor bu ham bo’lsa olingan natijalarni almashtirish ya’ni obyektga qo’llash usuli bo’lishi shart. Aks holda bu ishlarni bajarishning hojati yo’q. Qo’llash usuliga ayrim o’xshashlik koeffisentlari(sonlari) qo’llaniladi.
    Masalan Fiko Reynolds, Prandel, Arximed va hokazo sonlarni qo’llaniladi. Buning maqsadlaridan bir jarayon matematik modeli mavjud bo’lib, biz uni sonli va EHMni qo’llab yechishdan iboratdir. Bu natijalar qay darajada o’rganilayotgan jarayonni ifodalanishi shu olingan natijalar asosida tahlil qilishdan iboratdir.
    Bu sohadagi matematik modellar asosan xususiy differensial tenglamalardan iborat bo’lib ularni yechish uchun esa chekli ayirmalar usuli qo’llaniladi. Chekli ayirmalar usulining asl maqsadi quyidagilardan iboratdir.
    Xususiy differensial tenglamalar sistemasida o’tkazilib yechildi. O’rganilayotgan soha chekli diskret nuqtalarda bo’linadi va yechim shu nuqtalardagina topiladi. Demak, uzluksiz soha cheklangan to’p nuqtalardan iborat rang qilib o’rganiladi. Ko’rinib turibdiki, bu nuqtalar qancha ko’p bo’lsa yechim shuncha aniqlikda topiladi. Bu esa o’z navbatida xoyirasi katta va tez ishlaydigan zamonaviy EHMlar yaratilishini talab qiladi. Sonli usullarni qo’llash sohasidagi “portlash” 1960 yillardan boshlanadi. Chunki bu davrdan boshlab tezkor EHMlar paydo bo’la boshladi.
    Bu davrdan boshlab matematik-model hisoblash davri boshlandi. Keyingi yillarda EHM tezligijuda tez sur’atlar bilan o’syapti hisoblash ishlariga sarflanayotgan xarajat esa aqlbovar qilmas darajada arzonlashmoqda.
    1955-1985 yillarda har sakkiz yilda qiymati 10 marta arzonlashmoqda. Hammaga ma’lumki keyingi 25 yildagi ko’rsatgich bundan ham ko’p bo’lgani ayon. Arzon bo’lishining sabablari bu nafaqat tezligi katta EHMlar yaratishda bo’g’liq bo’lib qoldi. SHU bilan bir qatorda sonli hisoblash usullarining yaratilishi ham hisoblanadi. Bunda misol qilib 1979-yilda chop etilgan Shlixtingning kitobidagi solishtirishni misol qilib olish mumkin. Qanotidan sirpanib o’tgan jarayonni ifodalovchi Reynolds tenglamalar sistemasining zamonaviy EHMlar yordamida yechish uchun ko’pi bilan yarim soat vaqt kerak bo’lsa va mashina vaqti 1000$ tashkil qilgan. Agar kimdir bu masalani 20 yil oldingi EHMda (masalan IBM-70b tipdagi EHMlarda) o’sha davrda aniq bo’lgan algoritmlar asosida o’tkaziladigan bo’lsa 100 dollar talab qilar va 30 yilda shunday oqimlarni hisoblash imkoni bo’lar edi.
    Bundan so’ng sonli eksprimentlar o’tkazish tannarxi kamayib boorish tendensiyasi davom etsa kerak. Demak jarayonni sonli o’rganish ham arzon tejamli samarali hamda qulaydir, hatto ayrim hollarda yakkayu-yagona usul bo’lib qolmoqda.
    Fizika bu tajribalar fanidir. Shuning uchun labaratoriya sharoitida tajribalar o’tkazish fizika qonunlari va metodlarini o’rganishda asosiy usullardan biri bo’lib hisoblanadi. Labaratoriya ishlarini o’tkazish talabalarga fizik hodisalar asosiy asbob-uskunalar bilan tanishishga imkon beradi, o’lchashni har xil usullarini o’rganishda tajriba “texnikasini” egallashga imkon yaratadi. Juda ko’p hollarda esa ayrim asbob-uskunalar yetmaydigan paytlarda electron hisoblash mashinalarida virtual labaratoriyalar yaratish ham tajribaning asosiy usullaridan biri sifatida namoyon bo’ladi.
    Fizika ta'limi jarayonini takomillashtirishning eng mu’im jihatlari quyidagilardir:
    -o’qitish sifatini, mеhnat va axloq tarbiyasini kuchaytirish;
    -o’qituvchilar va ta'lim oluvchilar mеhnatini to’g’ri baholash;
    -o’qitishni kundalik hayot bilan bog’lashni amalda mustahkamlash;
    -ta'lim oluvchilarni ijtimoiy foydali mеhnatga tayyorlashni yaxshilash.
    Fizika o’qitishni takomillashtirish mеtodologiyasibu darsning tuzilishi, shakllari va tashkil etish usullari, shuningdеk, fizika o’qitish nazariyasining rivojlanish qonunlari hamda uning natijalarini amalga tadbig’ etish usullari haqidagi ta'limotdir.
    Fizika o’qitish mеtodikasining mеtodologiyasi boshqa fanlar singari o’zining maxsus tеkshirish usullariga ega. Bu sohadagi tеkshirish usullariga quyidagilar kiradi:
    -ta'lim masalalarining tahlili va ularni hal etishda fizikaning o’quv prеdmеti sifatidagi rolini aniqlash;
    -ilg’or pеdagogik tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va fizika ta'limiga joriy qo’llash;
    -fizik ta'lim va pеdagogik amaliyot masalalarini qiyosiy tahlili;
    -ta'lim oluvchilar psixologiyasining o’ziga xoshugini hisobga olgan holda fizika o’qitish jarayonining tahlili, darsliklarga, o’qitish vositalariga va mеtodik qo’llanmalarga didaktik talablarni ishlab chiqsh;
    -fizika o’qitish tarixini tahlil etish asosida fizika mеtodikasi rivojlanishining ob'еktiv tеndеntsiyalari va qonuniyatlarini aniqlash;
    -yuqoridagilar asosida gipotеzalar qo’ysh va ularni ekspеrimеntal tеkshirish.
    O’qitishning mazmuni ustida so’z borganda, diqqatni rеspublikamizda ta'limtarbiya sohasida ro’y bеrgan muhim o’zgarishlarga haratish lozim. Chunki, ta'lim tizimini tuzilish va mazmun jihatdan isloh qilish maqsadida “Ta'lim to’g’risida” va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» haqida qonunlar qabul qilindi. Bu hujjatlarda fizika o’qitish vazifalariga ham yangicha yondoshildi va fizika ta'limning ajralmas qismi dеb alohida ta'kidlandi. Bеlgilangan vazifalarni amalga oshirish esa ta'lim oluvchilarni yuksak salohiyatli, bilimli, o’z ahli tafakkuri bilan ongli mushohada yuritadigan ozod va hur fikrli insonlar bo’lib еtishshi uchun muhim hissa qo’shadi. Shuni esdan chiharmaslik kеrakki, hamdo’tslikdagi davlatlar orasida faqat bizning mamlakatimizda ta'lim-tarbiyaga shunday yondoshsh amalga oshirilmoqda.
    Fizika o’qitishning vazifalari sifatida fizika ta'lim oluvchilarda ilmiy tafakkurni shakllantirishda asosiy o’rin egallashi ta'kidlangan. Bunda ilmiy tabiiy bilish sikli: faktlarni kuzatishdan muammoni ta'riflashgacha va undan gipotеzani taklif etish (hodisa modеli, tushunchalar, qonunlar va usullar) gipotеzani mantiqiy rivojlantirish va nazariy bashorat qilish, nazariy xulosalarni ekspеrimеntal tеkshirish va ularni amalda qo’llash. Asos qilib olingan fizikani o’rganishda asos shuning uchun asosiy fanining mеtodologiyasi, o’qitish mеtodlarining manbai va tashkil etuvchi qismi bo’lib hisoblanadi. O’qitish mеtodlarini takomillashtirish ta'lim oluvchilarni fizikadan olgan bilimlarini sifatini oshirishgagina yordam bеrib holmasdan, ularning iqtidorli, itsе'dodli, zukko va ma'naviy еtuk kshilar bo’lib еtishshlari uchun ham xizmat qiladi. O’rta maktab ta'limi fizika kursida politеxnik ta'limni shakllantirish va ta'lim oluvchilarning mеhnatga tayyorlashning mu?im vositalari amaliy fizika masalalarini o’rganish hisoblanadi. Bularga fizika asboblarining ishlash jarayoni, mashina va mеxanizmlarning harakat qoidalari, ularni shlatishning fizik asoslari, xalq xo’jaligining turli sohalarida fizik hodisalarining qo’llanilishi kiradi. Bu matеriallarni tizimlashtirishda takomillashtirilgan dastur va darsliklarda fantеxnika taraqqiyotining turli yo’nalishlari bilan bog’liq bo’lgan darslarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Ta'lim tizimida o’quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini yanada oshirish uchun faqat ilg’or o’qitish mеtodlarini ishlab chiqish to’g’risida gapirmasdan, shu bilan birga ularning qo’llanilishiga ham ahamiyat bеrish kеrak. O’qitish mеtodlari darslikdan, masala еchish uchun qo’llanmalardan, dеmontsratsion tajribadan va laboratoriya ishlaridan ajralgan holda bo’lmaydi. O’qitish mеtodlari o’qitish jarayonida amalga oshiriladi, ammo darslik matni masalalar mazmuni, dеmontsratsion tajribalar va laboratoriya shlari o’quv mash?ulotlarini tashkil etish shakllari bilan chambarchas bog’langan bo’ladi. O’qituvchilarni o’qitish mеtodlari bilan qurollantirishning bosh yo’li bu o’quv ishlarining stratеgiyasini, ya'ni o’qitish tarbiyalash va o’stirishning vazifalari, fundamеntal fizik nazariyalar va o’quv prеdmеtining o’ziga xos o’qitish mеtodlarini amalga oshira borib, har bir darsni o’quv tarbiya jarayonining bir ?ismi dеb qarab, darsda asosiy ish shakllarini qo’llay olish mahoratini egallashdan iborat.
    Ko’pgina oddiy o’quv tajriba qurilmalariga bu qurilmalaredan olinadigan axborot hajmi ko’p emas va odatda o’ndan oshmaydi. O’tkaziladigan tajriba natijalarida asoslanib esa xulosalar chiqarish kerak. Buning uchun esa olingan natijalarni qayta ishlash kerak. Albatta har bir labaratoriya ishida tajribalarga olingan natijalar qaysidir matematik metod yoki usulda qayta ishlanadi. Ushbu labaratoriya ishini o’tkazishdan oldin talaba olingan labaratoriyadagi tajriba natijalarini qayta ishlash qobiliyatiga ega, ya’ni u matematikadagi amallar va funksiyalar metodlar bilan yaxshi tanish deb hisoblanadi va shunday bo’lishi kerak.
    Buning uchun esa talabalar birinchi kursdan boshlab oliy matematika, matematik tahlil informatika matematik modellar va dasturlash fanlarida o’zlashtira boshlashlari kerak. Talaba biror-bir labaratoriya ishini fizika darsida o’tkazishdan oldin yuqoridagi fanlarni o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Shuningdek bir-ikkita algoritmik tlda EHMda dastur tuza olish imkoniyatiga ham ega bo’lishi kerak.
    Hozirgi davrda kelib hisoblash mashinalariga dasturlash turlari bibliotekalari ko’plab oxirida yetkazilgan standdart qism dasturlarga ega va zamonaviy tajriba tadqiqotlarni avtomatlashtirish imkonini beradi. Biror-bir labaratoriya ishini o’tkazgandan keyin talaba dasturlash tilidagi dialog rejimiga kompyuterda ayrim boshlangich parametrlarni kirita olish dasturda hisoblangan natijalarni ekranga yokim bosmalash qutilmasiga chiqara olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Agar talaba biror-bir dasturlash tilidan foydalanishni bilmasa boshqa standart hisoblash sistemasidan masalan Microsoft Office tarkibidagi MS EXCEL dasturidan foydalanishi han mumkin.
    Yuqoridagi ko’rsatilgan usullar tajribaviy ishlarni boyitadi. Bitta tajriba guruhi uchun hozirgi zamonaviy IBM PC kompyuterlari va Windows operatsion sistemasi bilan jihozlangan dasturlash tillari va MS Offece paketi bilan qurollangan kompyuiter yetarli hisoblanadi. Bunda talaba olingan natijalarni kompyuter xotirasiga saqlashni ham bilishi ya’ni operatsion sistema bilan ishlash qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
    Talabaga berilgan vaqt moboynida kerakli natijalarni olish hisoblash ishlarini bajarish uchun dasturni kirita olishi yechim olishi yechimni bosmaga chiqara bilish yoki boshqa bir tuzimga masalan EXCELga natijalarni hisoblab olish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.
    Fanning rivojlanib borishi yangi tadqiqot metodlarini yaratilishiga bilimlar hajmini uzluksiz oshib borishiga olib kelmoqda. Bunday bilimlarni esa talabalar ketma-ket egallab borishlari darkor.
    Kasblarni o’zi ham insonning aktiv hayoti davomida har xil o’zgarishlarga uchramoqda. Rivojlangan davlatlarda inson o’z mehnat faoliyati davomida bilimini oshirib bormasa o’z ishi joyini bo’shatib qo’yishiga to’g’ri keladi. Shunday ekan unda bilimlarni boyitib borishni o’qitish effektivligini oshirishniyo’llarini qidirish birinchi o’rinda ko’tarilmoqda. Lekin pedagogika fanida ana shu muammolarni yechishda faqat oxirgi yilardaginae’tibor berila boshlandi. Bu muammolardan biri bu-o’qitish sistemasidir.
    Hozirgi davrdagi o’qitish sistemasida kamchiliklar deb quyidagilarni aytish mumkin:
    -Har bir olingan talaba tomonidan unga beriladigan bilimni qabul qilish imkoniyati har xilligiga, buni qanday hal qilish kerak;
    -o’quv materiallarini talaba tomonidan qanchalik qabul qilinayotganini tekshirish usullarining to’la shakllanganligi.
    Buni talaba uchun o’qituvchilar sonini ko’paytirish bilan yechish deb hisoblovchilar bor. Lekin bu iqtisod bilan bog’liq va muammoni to’la yechib bo’lmaydi. Ana shuning uchun ham bu muammolarni yechishda hisoblash mashinalaridan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblash mumkin.
    Oxirgi paytlarda hisoblash mashinalaririvoji ularning matematik va dastur taminotining o’sishi EHMlardan o’qitish va bilimlarni tekshirish vositasi sifatida foydalanish imkonini beradi.
    Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatoqdaki, axborot texnologiyalarining multimedia vositalari asosida o’quv-materiallarini obrazli ko’rinishda ifodalashdek muhim imkoniyat mavjud. Ma’lumotlarni matn sifatida emas, balki obrazlar vositasida taqdim etish axborot texnologiyalarining ta’lim tizimida o’ziga xos inqilobiy jarayon ekanligidan dalolat beradi. Obrazlar ko’rinishida ma’lumotlarni taqdim etish o’qitishga va fikrlashga keskin ravishda ta’sir etishi mumkin. Buning sababi, obrazlar ko’rinishida berilayotgan o’quv materiallari matn ko’rinishidagiga nisbatan inson tomonidan oson o’zlashtirilishi (chunki bilimlarning 65-70 foizi ko’rish orqali olinadi) va unga ijobiy ta’sir etishidir. Obrazlar ko’rinishida ma’lumotlarni taqdim etish matn ko’rinishidagiga nisbatan prinsipial jihatdan farq qilib, insonning fikrlashi uchun juda muhim vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Buning isboti sifatida o’tmishdagi mashhur donishmand allomalar Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va A.Eynshteynlarning obrazlar ko’rinishida fikr-mulohaza yuritganliklarini ko’rsatish mumkin. Dars jarayonini obrazlar asosida tashkil etish, bir tomondan, o’quvchilar diqqatini maksimal darajada jalb qilishga olib kelsa, ikkinchi tomondan, matn ko’rinishida berilayotgan o’quv materiallaridan tubdan farq qiladi. Bu esa axborot texnologiyalari asosida o’quv jarayonini yangi o’qitish metodikasi asosida tashkil qilish bugungi kunda dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
    Ta’lim tizimiga axborot texnologiyalarini tadbiq etish sohasida yaratilayotgan dasturiy vositalarni tahlil qilganda shu narsaning guvohi bo’lamizki, jarayonlarni harakatli animasiyalar va virtual laboratoriyalar orqali tasvirlash ancha keng tarqaldi[5]. Shuning bilan bir qatorda, bizning fikrimizcha, ayrim masalalarni qulay grafik interfeysni yaratgan holda komputerda bajartirilsa, o’quvchi uchun foydali bo’ladi. Birinchidan, masala natijasi kiritilgan zahoti o’quvchiga uning to’g’ri-noto’g’ri ekanligi ma’lum bo’ladi, ikkinchidan, agar noto’g’ri bo’lsa, yoki o’quvchida mavzuni o’rganish zarurati tug’ilsa, tezgina uni komputerda o’qib olish imkoniyatini yaratib qo’yish mumkin, uchinchidan, ayrim jarayonlar harakatli tarzda namoyish etilishi mumkin, to’rtinchidan, o’quvchi vazifani bajarar ekan, komputerda ishlash malakasi yanada oshadi.




      1. Download 429,41 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 429,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishning qo’llanilganlik darajasi

    Download 429,41 Kb.