|
Matematika-informatika fakulteti
|
bet | 10/16 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 1,96 Mb. | | #123617 |
Bog'liq mahmutaliyev Tayyor2.2 Masalani qo`yilishi.
Aksariyat hisoblash metodlari masalani qo`yilishida qatnashadigan funksiyalarni unga biror, muayyan ma’noda yaqin va tuzulishi soddaroq bo`lgan funksiyalarga almashtirish g`oyasiga asoslangan. Biz funksiyalarni yaqinlashtirish masalasini eng sodda va juda keng qo`llaniladigan qismi – funksiyalarni interpolyasiyalash masalasini ko`rib chiqamiz. Interpolyatsiyalashni amalda qo‘llaganda uning qoldiq hadini baholashning har doim ham uddasidan chiqmaslik mumkin, chunki qoldiq had ifodasida interpolyatsiyalanuvchi funksiyaning yuqori tartibli hosilasi qatnashishi masalani ancha murakkablashtiradi. Shuning uchun ham yetarlicha ko‘p tugunlar olinganda interpolyatsion ko‘phadning interpolyatsiyalanuvchi funksiyaga yetarlicha yaxshi yaqinlashishiga ishonch hosil qilish amaliy interpolyatsiyalashda katta ahamiyatga ega. Shu bois ham, interpolyatsiyalash jarayonining yaqinlashishi masalasi tug‘iladi. Bu yo‘nalishda ko‘p tadqiqotlar qilingan, ulami maxsus adabiyotlardan topish mumkin.Dastlab interpolyasiyalash deganda funksiyaning qiymatlarini argumentning jadvalda berilgan qiymatlari uchun topish tushunilar edi. Bu holda interpolyasiyalashni “satrlar orasidagilarni o`qiy bilish san’ati” deb ham ta’riflash mumkin. Hozirgi vaqtda interpolyasiyalash tushunchasi juda keng ma’noda tushuniladi. Interpolyasiya masalasini mohiyati quydagidan iborat. Faraz qilaylik, funksiya berilgan yoki hech bo`lmaganda uning qiymatlari ma’lum bo`lsin. Shu oraliqda aniqlangan va hisoblash uchun qulay bo`lgan qandaydir funksiyalar sinfini, masalan, ko`phadlar sinfini olamiz. Berilgan funksiyani [a, b] oraliqda interpolyasiyalash masalasi shufunksiyani berigan sinfning shunday funksiyasi bilan taqribiy ravishda
almashtirishdan iboratki, berilgan nuqtalarda bilan bir xil qiymatlarni qabul qilsin: nuqtalar interpolyasiya tugunlari yoki tugunlar deyiladi, esa interpolyasiyalovchi funksiya deyiladi. Agar sinfi sifatida darajali ko`phadlar sinfi olinsa, u holda intarpolyasiyalash apparati hisoblash matematikasining ko`p sinfi sohalarida qo`llaniladi. Masalan , davriy funksiya bo`lsa u holda sinfi sifatida trigonometrik funksiyalar sinfi olinadi; agar interpolyasiyalanadigan funksiya berilgan nuqtalarda cheksizga aylanadigan bo`lsa, u holda sinfi sifatida ratsional funksiyalar sinfini olish ma’quldir.
Bu bobda, asosan , algebraik interpolyasiyalashning har xil usullarini ko`rib chiqamiz va bunday yaqinlashtirishning aniqligini baholaymiz.
Amaliyotda ko‘pincha funksiyaning berilgan y qiymatiga mos x argument qiymatini topish masalasi tez-tez uchrab turadi. Bu masala teskari interpolyatsiyalash metodi bilan hal qilinadi. Agar funksiya jadvalining qaralayotgan oralig‘ida y = f(x) monoton bo‘lsa, u holda bir qiymatli teskari funksiya mavjud bo‘ladi. Bu holda teskari interpolyatsiya funksiya uchun odatdagi interpolyatsiyalashga keltiriladi. ni topish uchun Lagranj interpolyatsion formulasidan foydalaniladi:
|
| |