|
Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi
|
bet | 5/12 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 189,93 Kb. | | #241349 |
Bog'liq Windows Forms yordamida C# da grafik foydalanuvchi interfeysini (GUI) ishlabchiqish 1.2 ListBox elementi
ListBox elementi oddiy ro'yxat bo’lib, uning asosiy xossasi Items xossasidir, u barcha ro'yxat elementlari to'plamini saqlaydi.
Elementlar ro'yxatga dastur dizaynini yaratish vaqtida yoki dastur kodini yozish orqali qo'shilishi mumkin. 2
ListBoxdagi elementlarni dasturda nazorat qilish
Elementlarni qo'shish
Ro'yxatdagi barcha elementlari to'plami Items xossasiga kiritilgan. Ushbu to'plamga yangi element qo'shish uchun Add metodidan foydalanish kerak, masalan: listBox1.Items.Add("Yangi element");. Ushbu metoddan foydalanganda har bir qo'shilgan element ro'yxat oxiriga qo'shiladi.
Bir vaqtning o'zida bir nechta elementlarni qo'shish mumkin. Buning uchun AddRange metodidan foydalaniladi:
string[] Fanlar = { "Sonli usullar", "Algoritmlar ", "Fizika" };
listBox1.Items.AddRange(Fanlar);
Elementlarni kiritish
Oddiy qo'shishdan farqli o'laroq, kiritish Insert metodi yordamida ro'yxatning ma'lum bir indeksida amalga oshiriladi:
listBox1.Items.Insert(1, "Matematik analiz");
Bu yerda, elementni ro'yxatning ikkinchi pozitsiyasiga kiritamiz, chunki pozitsiyalar soni noldan boshlanadi.
Elementlarni o’chirish
Elementni o’chirish uchun Remove metodidan foydalaniladi:
listBox1.Items.Remove("Fizika");
Ro'yxatdan indeks bo'yicha elementni o’chirish uchun RemoveAt metodidan foydalaniladi:
listBox1.Items.RemoveAt(1);
Bundan tashqari, Clear metodi yordamida bir vaqtning o'zida butun ro'yxatni tozalash mumkin:
listBox1.Items.Clear();
Ro'yxat elementlariga kirish
Element indeksidan foydalanib, elementning o'zini ro'yxatdan olish mumkin. Masalan, ro'yxatning birinchi elementini olaylik:
string firstElement = listBox1.Items[0].ToString();
Count xossasi ro'yxatdagi elementlar sonini qaytaradi:
int number = listBox1.Items.Count;
Ro'yxat elementlarini tanlash
Ro'yxat elementlarini tanlashda ularni indeks orqali ham, tanlangan elementning o'zi orqali ham boshqarish mumkin. ListBox elementining quyidagi xossalari yordamida tanlangan elementlarni olishi mumkin:
SelectedIndex: Tanlangan ro'yxat elementining indeksini oladi yoki o'rnatadi. Agar tanlangan elementlar bo'lmasa, u holda -1 qiymatga ega bo'ladi.
SelectedIndices: Tanlangan elementlar to'plamini ularning indekslari to'plami sifatida qaytaradi yoki o'rnatadi.
SelectedItem: Tanlangan element matnini oladi yoki o‘rnatadi.
SelectedItems: Tanlangan elementlarni to‘plam sifatida oladi yoki o‘rnatadi.
Standart ro'yxat bitta elementni tanlashni qo'llab-quvvatlaydi. Bir nechta elementlarni tanlash imkoniyatini qo'shish uchun uning SelectionMode xossasini MultiSimple ga o'rnatish kerak.
Elementni dasturda tanlash uchun SetSelected(int index, bool value) metodidan foydalanish kerak, bunda “index” tanlangan elementning indeksidir. Agar ikkinchi parametr true bo'lsa, ko'rsatilgan indeksdagi element tanlanadi, agar false bo'lsa, tanlash yashirin bo'ladi:
listBox1.SetSelected(2, true);
Barcha tanlangan elementlarni bekor qilish uchun ClearSelected metodidan foydalaniladi.
|
| |