|
Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi
|
bet | 6/12 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 189,93 Kb. | | #241349 |
Bog'liq Windows Forms yordamida C# da grafik foydalanuvchi interfeysini (GUI) ishlabchiqishSelectedIndexChanged hodisasi
ListBox elementining barcha hodisalaridan birinchi navbatda tanlangan element o'zgarganda sodir bo'ladigan SelectedIndexChanged hodisasini qayd etish kerak:
private void button3_Click(object sender, EventArgs e)
{
listBox1.SelectedIndexChanged += listBox1_SelectedIndexChanged;
}
private void listBox1_SelectedIndexChanged(object sender, EventArgs e)
{
string selectedCountry = listBox1.SelectedItem.ToString();
MessageBox.Show(selectedCountry);
}
.
ListBox elementi
ListBox elementi oddiy ro'yxat bo’lib, uning asosiy xossasi Items xossasidir, u barcha ro'yxat elementlari to'plamini saqlaydi.
Elementlar ro'yxatga dastur dizaynini yaratish vaqtida yoki dastur kodini yozish orqali qo'shilishi mumkin.
ListBoxdagi elementlarni dasturda nazorat qilish
Elementlarni qo'shish
Ro'yxatdagi barcha elementlari to'plami Items xossasiga kiritilgan. Ushbu to'plamga yangi element qo'shish uchun Add metodidan foydalanish kerak, masalan: listBox1.Items.Add("Yangi element");. Ushbu metoddan foydalanganda har bir qo'shilgan element ro'yxat oxiriga qo'shiladi.
Bir vaqtning o'zida bir nechta elementlarni qo'shish mumkin. Buning uchun AddRange metodidan foydalaniladi:
string[] Fanlar = { "Sonli usullar", "Algoritmlar ", "Fizika" };
listBox1.Items.AddRange(Fanlar);
Elementlarni kiritish
Oddiy qo'shishdan farqli o'laroq, kiritish Insert metodi yordamida ro'yxatning ma'lum bir indeksida amalga oshiriladi:
listBox1.Items.Insert(1, "Matematik analiz");
Bu yerda, elementni ro'yxatning ikkinchi pozitsiyasiga kiritamiz, chunki pozitsiyalar soni noldan boshlanadi.
Elementlarni o’chirish
Elementni o’chirish uchun Remove metodidan foydalaniladi:
listBox1.Items.Remove("Fizika");
Ro'yxatdan indeks bo'yicha elementni o’chirish uchun RemoveAt metodidan foydalaniladi:
listBox1.Items.RemoveAt(1);
Bundan tashqari, Clear metodi yordamida bir vaqtning o'zida butun ro'yxatni tozalash mumkin:
listBox1.Items.Clear();
|
| |