53
Kuchlanishi 3-10 kV bo‘lgan o‘z ehtiyoj transformatorlarni chegarali quvvati 1000 KVA,
qisqa tutashuv kuchlanishi 8% ni tashkil etadi. Quvvat chegarasi asosan 0,4 kV li apparatlarida
kommutatsiya qobiliyati bilan chegarilanadi. Transformatorlarni quvvati kichik bo‘lganda qisqa
tutashuv kuchlanishi (4,5-5,5%) pasaytiriladi. Motor elektr zanjirlariga, hamda 0,4 kV li
ta’minlovchi liniyalarga avtomatlar o‘rnatiladi. Avtomatlishtirilgan asosiy texnologik jarayonlar
bilan bog‘liq bo‘lmagan ustaxonalar, labaratoriyalar v.x, yoritish tarmoqlari va motor tarmoqlariga
ulanadi.
Qisqa tutashuv toki qiymatini chegaralash maqsadida ayrim hollarda 0,4 kV li tarmoqlarda
reaktorlar ishlatiladi.