KUChLANISh TRANSFORMATORINING ULANISh SXEMALARI




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/115
Sana14.05.2024
Hajmi5,65 Mb.
#230787
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115
Bog'liq
Materiallari

KUChLANISh TRANSFORMATORINING ULANISh SXEMALARI
 
А.X. Eraliev, S. O.Saidov 
Farg‘ona politexnika instituti 
Rele himoyasi nazorat qilinayotgan kuchlanish to‘g‘risidagi barcha ma’lumotni kuchlanish 
transformatori (KT) orqali oladi. KTning asosiy kattaliklariga yuqorida aytib o‘tilganidek, birlamchi 
nominal kuchlanish (nazorat uchun tarmoqning belgilangan nominal kuchlanishi) 
𝑈
1𝑛𝑜𝑚
, nazorat 
uchun standart belgilanagan 100 yoki 100/√3 V ikkilamchi nominal kuchlanish
𝑈
2𝑛𝑜𝑚
va 
transformatsiyalash koeffitsienti
𝐾
𝑈𝑛𝑜𝑚
= 𝑈
1𝑛𝑜𝑚
/𝑈
2𝑛𝑜𝑚
kiradi. 
KTning birlamchi cho‘lg‘amining boshlanishi N (n) va oxiri K (k) xarfiy belgilanib, shuningdek 
kuch transformatorlari uchun tayyorlashda bu belgilanish birlamchi cho‘lg‘am 
A, X
tegishlicha 
ikkilamchi cho‘lg‘am esa 
a, x
xarflari bilan amalga oshiriladi. RH ni elektr energiyasi bilan ta’minlash
ko‘pincha elektr stansiya va podstansiyaning taqsimlash qurilmasi TQ ni yig‘ma shinasiga o‘rnatilgan 
KT ga ulanadi, shuningdek ikkilamchi cho‘lg‘amda esa RH barcha ulanishlar (1a-rasm) yoki RHni 
ta’minlovchi aloxida ulanishlar yordamida bajariladi. 
Birinchi usul
ancha iqtisodiy KT kam bo‘lsada, asosiy kamchiligi shinalar tizimini biridan 
boshqa biriga ulashda kuchlanish zanjiridagi RHni ham boshqa shinali tizimga ulash talab etiladi. 
Bunday qayta ulash QS ajratkich pichoqlariga 2-rasmdagidek o‘rnatilgan avtomatik tarzda yordamchi 
kontaktlar yoki boshqariluvchi rele-qayta ulagichlar asosida ta’minlanadi. Bunday boshqarish maxsus 
bo‘lgich orqali qo‘lda bajariladi. Avtomatik tarzda qayta ulashning nozik tomoni shundaki, ulashning 
rad etilishi RH ning noto‘g‘ri ishlashiga sabab bo‘ladi. 
Ikkinchi usul
ulanishni amalga oshirayotgan 
shaxsning xatoligi asosiy kamchilik emas, balki aosiy afzalligi zanjirning yuqori ishonchliligidadir. 


93 
KTni tegishli shinali tizimdan boshqa bir shinali tizimga qayta ulashda kuchlanish zanjirida har qanday 
operatsiya amalga oshirilmaydi [15]. 
Kuchlanish zanjirida avtomatik tarzda qayta ulash odatda elektr stansiyalarida va ko‘p 
ulanishlar qo‘llaniladigan yirik podstansiyalarda qo‘llaniladi. 
Kuchlanish transformatorining yulduzga ulanish sxemalari 
2.12a-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, 
yerga nisbatan va fazalararo (chiziqli-
lineynыy
) kuchlanish olish maqsadida amalga oshiriladi. TV1ning 
uchchala birlamchi cho‘lg‘ami yulduz shaklida ulanadi. Xar bir cho‘lg‘amning boshlanishi (A,V,S) 
EULning tegishli fazalariga, oxirgi chiqqichlari X,Y,Z umumiy nuqtaga ulanib “N1-
neytral
” va yerga 
tutashtiriladi. Bu ulanish TV1ning xar bir birlamchi cho‘lg‘amidagi kuchlanishni EULning fazalarini 
yerga nisbatan kuchlanishiga nisbatan mujassamlashtiradi [6].
Ikkilamchi cho‘lg‘amning oxirgi chiqqichlari 
x,y,z
(3a-rasm) ham yulduz ulanib umumiy 
nuqtasi N2 yuklamaning (1,2,3 qarshilik) N3 nolli nuqtasiga ulanadi. Keltirilgan ulanish sxemasida 
birlamchi cho‘lg‘amning neytrali (N1 nuqtasi) yerga qattiq bog‘lanib potensial nulga teng bo‘ladi, 
qolgan N2, yuklamaning N3 nuqtalari ham shunday potensialga ega bo‘ladi. Bunday ulanish 
sxemasidagi ikkilamchi tomondagi faza kuchlanishi tegishlicha birlamchi tomondagi yerga nisbatan
faza kuchlanishiga bog‘liq bo‘ladi. 
KTning birlamchi cho‘lg‘amining neytralini yerga tutashishi va 
nulli simning mavjudligi ikkilamchi cho‘lg‘amda yerga nisbatan faza kuchlanishi olish sharoitini 
yaratadi. 
1-rasm. Kuchlanish transformatorining RH ni ta’minlash sxemasi: 
a–shinadagi KTdan; b – liniyadagi KTdan. 
2-rasm. Kuchlanish transformatorining kuchlanishli himoya zanjirini biridan 
boshqasiga qayta ulashda shinali ajratkichlarning yordamchi kontaktlarini ulanish 
sxemasi 


94 
KTning cho‘lg‘amlarining
ulanish sxemasi 12 ulanish guruxiga mansubdir. Bu sxema 
uchta bir fazali KT yoki bir dona uch fazali besh sterjenli KTda bajariladi. Uch fazali uch sterjenli KT 
uchun tavsiya etilmaydi, chunki birlamchi cho‘lg‘amda tarmoqda yerga nisbatan qisqa tutashuvda 
magnit o‘zakda tutashishda hosil bo‘ladigan 
𝐼
𝑜
tokni oqimini kafolatlovchi NK nulli ketma-ketlik 
tashkil etuvchisining
𝐹
𝑜
oqa olmaydi. Bunda oqim 
𝐹
𝑜
xavo orqali katta qarshilikli sharoitda tutashadi. 
Bu esa transformatorning NKning qarshiligini birdaniga pasayishiga, o‘z navbatida 
𝐼
𝑚𝑎𝑔𝑛
ortishiga olib 
keladi. Ma’lumki,
𝐼
𝑚𝑎𝑔𝑛
ortishi transformatorni qizishiga olib keladi, shuning uchun uch sterjenli 
transformator qo‘llash yaroqsiz. Besh sterjenli transformatorda oqim tutashuviga to‘rtinchi va beshinchi 
sterjenlar xizmat qiladi (4- rasm).
Kuchlanish transformatorining ochiq uchburchakka ulanish sxemasi 
5- rasmda tasvirlangan. 
Bunda ikki dona bir fazali KTni ikkita fazalararo kuchlanishga masalan 
𝑈
𝐴𝐵

𝑈
𝐵𝐶
ulanadi. KTning 
ikkilamchi cho‘lg‘amining chiqqichlaridagi fazalararo kuchlanish birlamchi cho‘lg‘amdagiga nisbatan 
proporsional teng keltirilgan. Ikkilamchi zanjir simlari orasiga rele ulanadi. Sxema uchala fazalararo 
kuchlanishni
𝑈
𝐴𝐵

𝑈
𝐵𝐶
va 
𝑈
𝑆𝐴
olish imkonini beradi. 
Birlamchi cho‘lg‘amlar yulduz neytrali yerga tutashtirilgan, o‘z navbatida ikkilamchi 
cho‘lg‘amlari esa ketma-ket yopiq bo‘lmagan uchburchak shaklda bo‘ladi. Yopiq bo‘lmagan 
uchburchakning chiqqichlarini ustkisiga rele ulanadi. Yopiq bo‘lmagan uchburchakning 
chiqqichlaridagi kuchlanish 
𝑈
𝑟
ikkilamchi cho‘lg‘amdagi kuchlanishlarning geometrik yig‘indisiga 
teng: 
𝑈 
𝑟
= 𝑈 
𝑎
+ 𝑈 
𝑏
+ 𝑈 
𝑠
3–rasm. Kuchlanish transformatorining yulduzga ulanish sxemasi: 
a–birlamchi cho‘lg‘amning neytrali yerga tutashgan yulduz sxemasi;
b –shuningdek, neytrali tutashtirilgan; v- vektorli diagrammasi


95 
Uch faza kuchlanishi NKdagi yo‘qotilgan kuchlanishga teng bo‘lishidan kelib chiqib, 
ikkilamchi kuchlanishni birlamchiga nisbatan topadigan bo‘lsak, quyidagicha ko‘rinish oladi: 
𝑈 
𝑟
=
𝑈 
𝐴
+ 𝑈 
𝑉
+ 𝑈 
𝑆
𝐾
𝑈
=
3𝑈 
0
𝐾
𝑈
Normal sharoitda fazalardagi kuchlanish simmetrik, 
𝑈
𝑟
= 0
. Yerga tutashuvsiz qisqa 
tutashishda ham
𝑈
𝑟
= 3𝑈
0
= 0
. Yerga qisqa tutashuvda esa KTning ochiq uchburchakli 
cho‘lg‘amining chiqqichlarida kuchlanish 
𝑈
𝑟
= 3𝑈
0
/𝐾
𝑈
yuzaga keladi. To‘g‘ri va teskari ketma-ketlik 
kuchlanishlari yulduzda simmetrik bo‘lib, ochiq uchburchakli zanjirning chiqqichlarida kuchlanishni 
hisoblashda ularning yig‘indisi nulga tenglashadi. 
Yuqoridagi sxema NK filtrli ulanish hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan sxemada filtr sifatida 
KT birlamchi cho‘lg‘am neytralining tutashishi olish zarurdir. Bir fazali ikkilamchi cho‘lg‘ami ikkita 
bo‘lib biri yulduz, ikkinchisi esa ochiq uchburchak sxemali KT (2.16-rasm) qabul qilinadi. Ochiq 
uchburchakli cho‘lg‘amdagi ikkilamchi nominal kuchlanish neytrallari yerga tutashgan 100 Vli 
tarmoqlar va neytrallari izolyasiyalangan 100/√3 Vli tarmoqlar uchun mo‘ljallangan. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. N. V. Kolomines, N. R. Ponomarchuk, V. V. Shestakova, “Elektricheskaya chast 
elektrostansiy i podstansiy”, Tomsk, Tomskiy politexnicheskiy universitet,2007, 143s 
2. L. D. Rojkova, V. S. Kozulin, “Elektrooborudovanie stansiy i podstansiy”, Moskva, 
Energoatomizdat, 1987, 648s 
 
4–rasm. Uch fazali besh sterjenli kuchlanish transformatorining nulli ketma-
ketlikdagi magnit oqimni tutashish sxemasi. 
5–rasm. Bir fazali kuchlanish transformatorining ochiq uchburchakli ulanish 
sxemasi. 



Download 5,65 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KUChLANISh TRANSFORMATORINING ULANISh SXEMALARI

Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish