ELEKTR ENERGETIKASI TA’MINOTI TIZIMINI UZLUKSIZLIGINI




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/115
Sana14.05.2024
Hajmi5,65 Mb.
#230787
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115
Bog'liq
Materiallari

 
ELEKTR ENERGETIKASI TA’MINOTI TIZIMINI UZLUKSIZLIGINI 
TA’MINLASHDA KOMPLEKT TRANSFORMATOR PODSTANSIYALARI O’RNI VA 
AHAMIYATI 
S. Saidov M11-21 ET guruh magistranti 
Farg’ona politexnika instituti 
Ushbu tezisda elektr energetikasi ta’minoti tizimini uzluksizligini ta’minlashda komplekt 
transformator podstantsiyalarining ilmiy va iqtisodiy jihatlarini foydalarini ko’rib chiqilgan. 
Bugungi kunda butun dunyoda, shu jumladan, yurtimizda ham elektr energiyasiga bo’lgan 
talab ortib bormoqda. Shuning uchun ham elektr energetikasi ta’minoti tizimini uzluksizligini 
ta’minlash dolzarb muammolarini yechimlari birinchi o’ringa chiqib qolmoqda. Taqsimlash 
qurilmalari atrof-muhitga, ishlash prinsipiga ko’ra turlarga bo’linadi.
Komplekt transformator podstantsiyalari ham taqsimlash qurilmalaridan biridir. Komplekt 
transformator podstantsiyalari (KTP) zavodlarda tayyorlanib, montaj joylariga yirik blokli uzellar 
ko’rinishida keltiriladi. KTP ni keng joriy qilish natijasida podstantsiya montajini industrlash va 
tezlashtirish imkoniyati tug’ildi, xizmat qilishda maksimal xavfsizlik yaratildi, podstantsiya 
o’lchamlari kichraydi. Ichki va tashqi 6–10/0,4–0,23 kVli komplekt transformator podstantsiyalari 
sanoat korxonalari, qishloq xo’jalik va kommunal iste’molchilarini elektr bilan ta’minlash uchun 
keng qo’llaniladi. 1-rasmda komplekt transformator podstantsiyalari tashqi ko‘rinishi tasvirlangan. 


89 
1-rasm. Komplekt transformator podstantsiyalari 
Bunday taqsimlash qurilmalari energetikaning istiqbollidir. Nega deganda, uning boshqa 
taqsimlash qurilmalaridan farqli va qulay tomonlarining yetargichligidadir. Bizga avvalambor
ma’lum hududga “ nol “ dan boshlab yangi taqsimlash qurilmasi qurishdan ko’ra, zavodda ishlab 
chiqarilgan tayyor KTP lar olib kelingani ma’qul. Shunday ekan elektr energetikasi ta’minoti 
tizimini uzluksizligini ta’minlashda KTP ning ilmiy va iqtisodiy jihatlarini foydalarini ham ko’rib 
chiqaylik. 
KTP podstansiyalari hajmi shahar, sanoat, qishloq xo'jaligi, kommunal ob'ektlarni, 
shuningdek, iqlim sharoitida (-45 ° C dan + 40 ° C gacha) taqsimlash tarmoqlarining radial va 
halqa sxemalaridagi yozgi qishloqlarni elektr energiyasi bilan ta'minlashga mo'ljallangan. Hozirgi 
kunda eng katta talab - 2BKTP-630, 2BKTP-1000, 2BKTP-1250, 2BKTP-2500. Ular ikkita 
transformatorni o'z ichiga oladi. Shuning uchun ular ishonchliligini oshirdi. Ularning o'rtacha umr 
ko'rish muddati 25 yil. 1-jadvalda BKTP podstansiyasi asosiy texnik xususiyatlari to ‘g ‘risidagi 
ma’lumotlar keltirilgan.
 
BKTP podstansiyasi sanoat va uy-joy kommunal tarmoqlarini elektr energiyasi bilan 
ta'minlash uchun ishlatiladigan beton qoplamali blokli to'liq transformator. Blokda bitta 
transformator BKTP va ikkita transformator - 2BKTP bo’ladi. BKTP ishlab chiqarishi ktp beton 
binosini, shuningdek KSO kameralari va SC panellari asosida jihozlarni tayyorlashni o'z ichiga 
oladi. 
1-jadval 
BKTP podstansiyasi asosiy texnik xususiyatlari 

Download 5,65 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ELEKTR ENERGETIKASI TA’MINOTI TIZIMINI UZLUKSIZLIGINI

Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish