|
foydalanilgan adabiyotlarBog'liq Materiallarifoydalanilgan adabiyotlar
1.
Lixachev F.A. Zamыkaniya na zemlyu v setyax s izolirovannoy neytralyu i s kompensatsiey
yemkostnыx tokov. –M.: Energiya, 1971. – 152 s.
2.
Razevig D.V. Texnika vыsokix napryajeniy. –M.: Energiya, 1976. – 488 s.
3.
Fedorov A.A., Ristxeyn E.M. Elektrosnabjenie promыshlennыx predpriyatiy. –M.:
Energoizdat, 1994. –472 s.
4.
Sirota I.M., Kislenko S.N., Mixaylov A.M. Rejimы neytrali elektricheskix setey. –Kiev:
Naukova dumka, 1995. –264 s.
YOY SO‘NDIRUVCHI REAKTORLARI BOSHQARISHDA
MIKROPROTSESSORLARNI QO‘LLASHNI TADQIQ QILISH
dots. T.K.Jabborov, D.Sh.Appaqov, B.T.Jobborov, M11–21 ET guruhi magistrantlari:
Farg’ona politexnika instituti
Sanoat kopxonalarining elektr ta’minot sistemalaridagi barcha buzilishlarning 75 % ni,
ayrim hollarda esa 90 % ni bir fazali yerga ulanish tashkil etadi. Bunda uzilish nuqtasida paydo
bo‘lgan sig‘imli toklar ko‘proq kabelli liniyalarda bir fazasining yerga ulanib qolishi oqibatida
paydo bo‘ladi. So‘ngra, u yer orqali oqib, boshqa zarar ko‘rmagan fazalarga neytral orqali o‘tib, u
yerda o‘ta kuchlanishni paydo qiladi. Bu o‘ta kuchlanishni mikdori hozirgi kungacha muammo
bo‘lib, ko‘p hollarda nominal kuchlanishga nisbatan 3–4 marta ko‘p deb olinadi. Shuning uchun
sanoat korxonalarining 6–35 kV li tarmoqlarida neytralga yoy o‘chiruvchi reaktorlar o‘rnatish va
uni induktiv toklarini avtomatik boshqarish yo‘li bilan sig‘imli toklarning qiymatini neytral orqali
o‘tayotganda kamaytirish mumkin.
Reaktorlarning ZROM (zazemlyayuщiy reaktor odnofaznыy maslyannыy) turi eng ko‘p
tarqalgandir. Chunki, uning induktiv tokini reaktor o‘chiq turgan paytida kerakli pog‘onaga
o‘zgartirish yo‘li bilan boshqarish mumkin. Ma’lumki, induktiv va sig‘im toklar bir–biriga
nisbatan 180° yo‘nalishga ega. Shuning uchun ularni bir nuqtadan teng miqdorlarda o‘tkazilsa,
bir–birini kompensatsiya qiladi. Bu holatni e’tiborga olib, Ukraina
va Rossiya davlatlarida YoSR
larning ko‘pgina turlari yaratilgan. Bu borada Ukraina davlatida ancha oldinga ketish bo‘lib, ular
yaratgan ZROM
|
| |