81
mahsulotlarimizni jahon bozorlariga olib chiqish, bundan tashqari suv nasoslari bilan
sug‘oriladigan yerlarda o‘z vaqtida sug‘orish ishlarini olib borish va ularni uzluksizligini
ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasining Sharqiy qismidagi umumiy iste’mol qilinayotgan elektr
energiyaning 85 foizi havo tarmoqlari orqali olib kelinadi. Qolgan 15 foiz elektr energiya
o‘zimizda, ya’ni “Sharqiy qismida” ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham Sharqiy magistral
elektr tarmoqlaridagi iste’molchilarga uzluksiz elektr energiya yetkazib berish, elektr energiya
yetishmasligida rejim ko‘rsatkichlarini saqlab qolishning chora tadbirlarini ishlab chiqish
maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda yirik quvvatli ishlab chiqarish korxonalari chet elda ishlab chiqarilgan
zamonaviy uskunalar va jihozlar bilan ta’minlangan. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot
sifatini va unumdorligini oshirib o‘z mahsulotlarini jahon bozorigacha olib chiqish orqali xalq
xo‘jaligi va Respublikamizning rivojlanishi uchun katta hissa qo‘shmoqda. Shu o‘rinda zamonaviy
uskunalar va jihozlarning talab darajasida ishlashi uchun uzluksiz va sifatli elektr energiya
ta’minoti talab qilinadi.
Tahlil bo‘yicha quyidagi xulosalarni ta’kidlash mumkin:
1.
Farg‘ona vodiysidagi iste’molchilarning toifalarga bo‘linishini aniq belgilab olish;
2.
Ulardagi elektr energiya yetkazib berishdagi jihozlarini to‘g‘ri tanlash va qoidalar asosida
boshqarish;
3.
Iste’molchilarni elektr energiyasidan oqilona foydalanishlarida doimiy ravishda nazorat olib
borish;
4.
Elektr energiya yetishmasligi sharoitlarida avariyalarni oldini olish, hamda uzluksiz va
sifatli elektr energiya yetkazib berish;
Yuqoridagi xulosalarda keltirilgan holatlarni hal etish uchun quyidagi masalalarni bajarish
maqsadga muvofiq deb hisoblash joiz bo‘ladi:
1.
Farg‘ona vodiysidagi mavjud 500, 220, 110, 35, 10 kVli havo liniyalarini o‘rganib chiqish;
2.
Toifalarga ajratilgan iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyani yetkazib berish
yo‘nalishlarini belgilab berish;
3.
Yetkazib berilgan elektr energiyasini sifat ko‘rsatkichlarni doimiy nazorat qiluvchi jihozlar
bilan ta’minlash;
4.
Energetika tizimida quvvat yetishmagan vaqtida ishga tushuvchi avtomatik qurilmalar
tarkibiga kiritilgan havo liniyalarini qayta iste’molchilarni toifalarini hisobga olgan holda
o‘rganib chiqish;
5.
Ma’lumotlarni uzatuvchi va qabul qiluvchi, ma’lumotlar bazasini xosil qiluvchi ma’nan
eskirgan qurilmalarni yangisiga almashtirish orqali elektr energiya ishlab chiqarish va
iste’molchilarga uzatish jarayonidagi ishonchlilikni oshirish, avariyalarni va baxtsiz
xodisalarni oldini olish.