• Foydalanilgan adabiyotlar
  • ELEKTR TA’MINOTIDAGI AVARIYa REJIMLARINI TAHLIL QILIShDA RELE HIMOYaSI VA AVTOMATIKANI TADQIQOT QILISh I.A.Umarov M12–20 ET guruhi magistranti
  • Kompressor elektr balansini tashkil etuvchi qismlarini aniqlash




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/115
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,65 Mb.
    #230787
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115
    Bog'liq
    Materiallari

     
    Kompressor elektr balansini tashkil etuvchi qismlarini aniqlash. 
    Hisoblagich bo‘yicha 
    yuritma dvigatellaridagi elektr energiyasining sarfi 
    E
    p.d
    =19700 kVt*s ni tashkil etadi. Ushbu 
    kompressor uchun belgilangan yordamchi qurilmalari umumsex bo‘yicha yordamchi qurilmalarga 
    sarflanadigan elektr energiyasini taxminai 15–20% ni sarflaydi va hisoblagich bo‘yicha 21550 
    kVt*s elektr energiyasini sarflaydi. 
    Elektr balansi hisoblanayotgan sutkalar uchun ushbu kompressorga energiyaning 18,5% 
    to‘g‘ri keladi. 
    Э
    в
    =0,185

    21550=4000 кВт

    с 
    Elektr balansining barcha tarkibiy qismlari kompressordagi elektr energiyasining umumiy 
    sarfiga nisbatan foizlarda ifodalanadi 
    Э
    об 
    =19700+4000 = 23700 кВт.с
     Э
    в 
    =
    23700
    4000
    100%=16,9% 
    Yuritma dvigatellarining manbalovchi liniyadagi elektrik isroflar quyidagilardan tashrif 
    topadi: 
    1) Сутка бo‘йича исрофлар 

    Э
    л
    =3
    К
    р
    э
    ср
    ф
    Т
    R
    I
    2
    2

    I
    ср 
    =
    А
    св
    p
    Ut
    а
    Э
    320
    81
    ,
    0
    22
    2
    3
    19700
    cos
    3






    Kompressor bosh yuritmasining quvvat koeffitsientining quvvat koeffitsienti cos

    uchun 
    sexdagi barcha kompressorlarning o‘rta miqdoriy quvvat koeffitsientini qabul qilishi mumkin.
    U sex kompressorlarining bosh yuritmalaridagi aktiv va reaktiv elektr energiyasining 
    sutkalik sarfi bilan aniqlanadi. 
    tg


    =
    735
    ,
    0
    71000
    52000


    а
    р
    Э
    Э
    bu yerda:cos

    sv
    =0,81 mos keladi. 
    Yuritma dvigatellarini iste’molini ta’minlovchi liniyalar uchun 
    R
    э
    =
    rol
    =0,0615·0,206 = 0,0127 Ом 
    К
    ф
    =1,05 ва 

    Э
    л
    =3

    1,05
    2

    320


    0,0127 

    22 

    10
    –3
    =94,5 кВт

    с (0,4%) 
    2) Kompressordagi salt yurish vaqtidagi isroflar. 

    Э
    л
    х
    =3(
    I
    х,1
    +
    I
    х,2
    )=3(94,5+83)


    0,0127=4,8 кВт

    с (0,02%) 
    Bu yerda:
    I
    x.1
    =94,5 A; 
    I
    x.2
    =83 A–kompressorning salt yurishidagi dvigatellarning toki. 
    O‘lchov asboblari orqali belgilangan. 
    3) Kompressiya vaqtidagi isroflar 

    Э
    7
    ,
    89
    8
    ,
    4
    5
    ,
    94







    л
    х
    л
    л
    раб
    Э
    Э
    кВт

    с (0,38%) 
    Yuritma dvigatellari cho‘lg‘ami metallaridagi isroflar quyidagilar–dan tashkil topadi: 
    1) Sutkadagi isroflar

    Э
    м
    =3
    К
    2
    ф
    I
    р
    ср
    Т
    r
    r
    )
    (
    2
    1
    2




    74 
    Sutkadagi o‘rtacha tok 
    I
    o‘r
    =330 A hisoblagichlar yordamida aniqlanadi. Uni 
    dvigatellarning nominal quvvatlariga mos xolda taqsimlash mumkin, chunki ushbu dvigatellar bir 
    xil bo‘lgan nominal sirpanishga ega
    I
    ср,1
    =320
    A
    201
    1430
    900


    I
    ср,2
    =320
    A
    119
    1430
    530



    Э
    207
    22
    )
    0474
    ,
    0
    285
    ,
    0
    (
    201
    02
    ,
    1
    3
    2
    1






    м
    кВт*с; 

    Э
    128
    22
    )
    0524
    ,
    0
    82
    ,
    0
    (
    119
    02
    ,
    1
    3
    2
    1






    м
    кВт*с; 

    Э
    335
    128
    207
    2
    1







    м
    м
    м
    Э
    Э
    кВт*с (1,41%); 
    2) Kompressorni salt yurish vaqtidagi isroflar: 

    Э
    2
    х
    м
    х
    I
    3
    1
    ,

    ф
    Т
    r
    r
    )
    (
    2
    1




    Э
    12
    ,
    8
    4
    )
    0474
    ,
    0
    0285
    ,
    0
    (
    5
    ,
    94
    3
    2
    1
    ,





    м
    х
    кВт*с; 

    Э
    1
    ,
    11
    4
    )
    0524
    ,
    0
    82
    ,
    0
    (
    83
    3
    2
    2
    ,





    м
    х
    кВт*с; 

    Э
    22
    ,
    19
    2
    1





    м
    х
    м
    х
    м
    х
    Э
    Э
    кВт*с (0,08%); 
    3) Kompressiya vaqtidagi sarflar: 






    м
    х
    м
    м
    раб
    Э
    Э
    Э
    335–19,22=316 кВт

    с (1,33%); 
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1.
    Steven W.Blume. Electric Power System Basics. USA.: Wiley – Intersciense A John 
    Wiley&Sous, INC Publication, 2007, 260 p. 
    2.
    Saidxodjaev A.G. Energetika tekshiruvi (auditi) usullari va jihozlari. – T.: Noshirlik 
    yog‘dusi, 2015. 
    3.
    Saidxodjaev A.G. Energiya tejamkorlik asoslari. Darslik. – T.: Lesson press, 2015. 
    4.
    Xoshimov F.A., Taslimov A.D. Energiya tejamkorligi asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.: 
    Voris, 2014. 
    5.
    “Pravila provedeniya energeticheskix obsledovaniy i ekspertiz potrebiteley toplivno-
    energeticheskix resursov» Postanovlenie KM RUz ot 7 avgusta 2006 goda №164. 
    ELEKTR TA’MINOTIDAGI AVARIYa REJIMLARINI TAHLIL QILIShDA RELE 
    HIMOYaSI VA AVTOMATIKANI TADQIQOT QILISh 
     
    I.A.Umarov M12–20 ET guruhi magistranti 
    Farg‘ona politexnika instituti
    O‘zbekiston Respublikasi Sharqiy qismidagi yuqori kuchlanishli tarmoqlarning avariyali 
    o‘chishlarini tahlili va uni monitoringni tadqiqot qilishda rele himoyasi energosistemaning 
    ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlovchi avtomatikaning bir qismi bo‘lib, elektr sistemasida 
    yuzaga keluvchi shikastlanish va normal bo‘lmagan rejimlarni avtomatik ravishda bartaraf qilish 
    uchun xizmat qiladi. Rele himoyasi himoyalanayotgan energosistema elementining holati va 
    ishlash rejimlarini uzluksiz nazorat qiladi va ularda shikastlanish yoki normal bo‘lmagan rejim 
    yuzaga kelganda ishga tushadi. 
    Energosistemada shikastlanish hosil bo‘lganda rele himoyasi shikastlangan elementni 
    aniqlaydi va uni sistemaning shikastlanmagan qismidan shikastlanish toklarini uzishga 
    mo‘ljallangan maxsus o‘chirgichlarga ta’sir qilish yo‘li bilan ajratib qo‘yadi. Normal bo‘lmagan 


    75 
    rejim hosil bo‘lganda rele himoyasi normal rejimni tiklash uchun zarur bo‘lgan amallarni bajaradi 
    yoki nazoratchi personalga signal beradi.
    Avtomatika qurilmalari sistemaning normal rejimini tezlik bilan avtomatik ravishda tiklash 
    uchun xizmat qiladi. Asosiy avtomatika qurilmalariga avtomatik qayta ulash (AQU) rezervni 
    avtomatik ulash (RAU) va avtomatik chastotaviy yengillashtirish (AChE) kiradi. 
    Elektr ta’minoti sistemasining o‘ziga xos xarakterli belgilari, ularda bo‘ladigan 
    jarayonlarning katta tezlikda kechishi va avariya xarakteriga ega bo‘lgan shikastlanishlarning 
    yuzaga kelishi mumkin–ligidir. Shu sababli elektr ta’minoti sistemasining ishonchli va tejamli 
    ishlashiga avtomatik boshqarish yo‘li bilangina erishish mumkin. Buning uchun har xil avtomatik 
    boshqarish qurilmalari ishlatiladi. Ular orasida asosiy o‘rinlardan birini avtomatik rele himoyasi 
    qurilmalari egallaydi.
    Rele himoyasi qurilmalari elektr qurilmalarda shikastlanish yoki anormal rejim yuzaga 
    kelganda ishlaydi. Eng xavfli va ko‘p sodir bo‘ladigan shikastlanish qisqa tutashuvdir. Qisqa 
    tutashuvlar elektr qurilmalarining fazalari orasida yoki neytrali yerga ulangan elektr tarmoqlarida 
    faza bilan yer orasida bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari qisqa tutashuvlar va faza uzilishi bilan 
    bog‘liq bo‘lgan murakkab shikastlanishlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Elektr mashinalari va 
    transformatorlarda yuqorida ko‘rsatilgan shikastlanishlardan tashqari bitta faza o‘ramlari orasida 
    ham tutashuv yuzaga kelishi mumkin.
    Qisqa tutashuv natijasida elektr ta’minoti tizimining normal ishlashi buziladi. Jumladan, 
    sinxron generatorlar, kompensatorlar va elektr dvigatellarning sinxronizatsiyadan chiqishi va 
    iste’molchilarning ishlash rejimlari buzilishi mumkin. Bundan tashqari qisqa tutashuv tokining 
    issiqlik va dinamik ta’sirlari ham xavfli bo‘lib hisoblanadi.
    Avariyaning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va shikastlanish oqibatlarini kamaytirish uchun 
    qisqa tutashuvni tezlik bilan aniqlash va shikastlangan elementni uzish zarur. Ayrim hollarda 
    shikastlanish soniyaning ulushlariga teng bo‘lgan vaqt ichida bartaraf qilinishi zarur bo‘ladi. 
    Bunday vazifani inson bajara olmasligi o‘z–o‘zidan ma’lum. Shikastlangan elementni aniqlash va 
    uzilishi zarur bo‘lgan o‘chirgichga ta’sir qilish uchun uzishga ishlovchi rele himoyasi xizmat 
    qiladi.
    Rele himoyasining asosiy elementi bo‘lib maxsus apparat rele hisoblanadi. Ayrim hollarda 
    uzgich va himoya bitta himoya hamda kommutatsiya qurilmasida birlashtirilgan bo‘ladi, masalan 
    eruvchan saqlagich ko‘rinishida. 
    Neytrali yerdan izolyasiyalangan yoki yoy so‘ndiruvchi reaktor orqali yerga ulangan elektr 
    tarmoqlarida bir fazali yerga tutashuv qisqa tutashuv bo‘lib hisoblanmaydi, ya’ni katta toklarning 
    hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Fazalar orasidagi kuchlanish o‘zgarmaydi va elektr 
    ta’minoti tizimining ishi buzilmaydi. Lekin bunday rejimni normal deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki 
    shikastlanmagan fazalarning yerga nisbatan kuchlanishi ortadi va bir fazali yerga tutashuvning 
    ko‘p fazali qisqa tutashuvga o‘tish xavfi yuzaga keladi. Shu sababli bir fazali yerga tutashuv 
    ma’lum vaqt davomida bartaraf qilinishi zarur. Yerga tutashuvdan rele himoyasi asosan signalga 
    ishlaydi. Faqat ayrim hollarda, masalan, katta quvvatli generatorlarda yoki tog‘–kon sanoati elektr 
    ta’minoti tizimlarida signalga emas balki uzishga ishlaydigan qilib bajariladi.
    Ayrim hollarda elektr qurilmalarining o‘ta yuklanishi yoki tashqi qisqa tutashuvlar ta’sirida 
    normal bo‘lmagan rejimlar yuzaga kelishi mumkin. Bu holda shikastlanmagan elementdan katta 
    toklar o‘tib izolyasiyaning vaqtidan ilgari eskirishiga va ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. 
    Tashqi qisqa tutashuvlar ta’sirida hosil bo‘ladigan katta toklar shikastlangan elementning rele 
    himoyasi ishlagandan keyin uzilishi natijasida bartaraf qilinadi. 
    Elektr qurilmalarda o‘ta yuklanishlardan signalga ishlovchi maxsus himoya o‘rnatiladi. 
    Bunday himoya ishlab signal bergandan keyin operativ personal o‘ta yuklanishni bartaraf qilish 


    76 
    choralarini ko‘radi. Operativ personal bo‘lmagan nimstansiyalarda o‘ta yuklanishlardan rele 
    himoya iste’molchilarning ma’lum qismini uzishga yoki elektr qurilmani manbadan ajratishga 
    ishlaydigan qilib bajariladi. 
    Parallel ishlaydigan sinxron elektr mashinalarning tebranish rejimi ham normal bo‘lmagan 
    rejim bo‘lib hisoblanadi. Bunday rejim qisqa tutashuvlar natijasida yuzaga keladi va ayrim sinxron 
    mashinalarning tormozlanishiga hamda boshqalarining tezlanishigaga olib keladi. Natijada tok 
    ortib kuchlanish kamayadi. Tok va kuchlanish ta’sir etuvchi qiymatlarining o‘zgarishi tebranuvchi 
    xarakteriga ega bo‘ladi. Bunday hollarda rele himoyasi uzishga ishlamasligi kerak. Normal rejimni 
    tiklash uchun ayrim hollarda maxsus avariyaga qarshi avtomatika (AQA) qo‘llaniladi. AQA 
    tebranishlar yuzaga kelganda va turg‘unlik buzilganda sistemani sinxron ishlamaydigan qismlarga 
    bo‘lib tashlaydi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan 
    ishonchli va uzilishlarsiz ta’minlash uchun faqatgina rele himoyasining o‘zi yetarli emas. Buni 
    quyidagi elektr ta’minotining sxemasi misolida ham ko‘rish mumkin (1–rasm). Tarqatish 
    punktining (TP) shinalari odatda ikkita seksiya ko‘rinishda bajariladi. Seksiya orasidagi QZ 
    o‘chirgich normal rejimda uzilgan bo‘ladi. Ta’minlash manbalari (TM) dan keladigan liniyalar 
    faqat o‘z seksiyalariga ulanadi. TP ni ta’minlovchi liniyalardan biri shikastlanganda va o‘z rele 
    himoyasi ishlab uzilganda, u ulangan seksiyaning elektr ta’minoti to‘xtaydi. Elektr ta’minotini 
    rezervni avtomatik ulash (RAU) qurilmasi yordamida seksiya o‘chirgichi QZ ni ulash yo‘li bilan 
    tiklash mumkin.
    1–rasm. Tarqatish punktining bir chiziqli sxemasi 
    Elektr ta’minoti tizimlarini avtomatlashtirish elektr energiyasini uzatish va taqsimlash 
    jarayonlarini ishonchligini orttiradi, shikastlanish yuz berganda operativ oldini olish imkonini 
    beradi. Elektr ta’minoti tizimlarida qo‘llanilgan avtomatik boshqarish tizimlarining vazifasi 
    quyidagilardan iborat:

    shikastlangan element yoki qismni tez uzish yoki boshqa shikastlanmagan qismidan 
    ajratish;

    normal bo‘lmagan ish rejimining oldini olish;

    iste’molchilar elektr ta’minotini tez tiklash, avariya yuz bergan manbani tarmoqdan 
    ajratish; iste’molchilarni belgilangan kuchlanishini ta’minlash;

    sinxron mashinalarni ishga tushirish va to‘xtatish;

    energetik tizimda aktiv quvvat yetishmaganda iste’molchilarni bir qismini o‘chirish va 
    shu kabilar. 
    Havo elektr uzatish liniyalaridan foydalanish tajribasi ularda sodir bo‘ladigan 
    shikastlanishlarning ko‘pchiligi turg‘un bo‘lmasligi, ya’ni liniya uzilganda barham topishi va 
    qayta ulanganda liniya normal ishlashda davom etishi mumkinligini ko‘rsatadi. Qayta ulash 
    avtomatik qayta ulash (AQU) qurilmasi yordamida bajariladi.
    Umumiy holda elektr ta’minoti tizimi elementining shikastlanish va uzilishi, elektr 
    tizimining ishiga ta’sir qiladi. Masalan, iste’molchilarning bir qismining uzilishi ishlab 


    77 
    chiqarilayotgan elektr energiyaning keragidan ortiqcha bo‘lishiga va natijada chastotaning ruxsat 
    etilmaydigan qiymatlarigacha ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, quvvati katta 
    generatorning uzilishi elektr energiyaning yetarli bo‘lmasligiga va natijada energosistema 
    turg‘unligining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunday jaryonlar tez amalga oshishi sababli 
    operativ personal ularni bartaraf qilish va tezlikda normal rejimni tiklash imkoniyatiga ega emas. 
    Bunday vazifalarni avtomatik qurilmalar bajarishi mumkin. Masalan, chastotani tiklash vazifasini 
    avtomatik chastotaviy yengillashtirish (AChE) qurilmasi bajaradi [13]. 

    Download 5,65 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompressor elektr balansini tashkil etuvchi qismlarini aniqlash

    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish