70
kimyoviy tarkibiga va sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Ma’lumki, suv yaxshi eruvchi modda
bo‘lganligi sababli tarkibida turli xil erigan va erimagan moddalar har xil miqdorda bo‘ladi.
IESlarida ishlatilayotgan suv tarkibida xar xil kimyoviy moddalar qanchalik ko‘p miqdorda bo‘lsa,
qurilmalarning uzluksiz ishlashida bug‘ hosil qiluvchi va issiqlik almashtiruvchi quvurlarida ko‘p
miqdorda zang va turli xil tarkibli tuzlarning quyqum (nakip) lari hosil bo‘lishi shunchalik
ko‘payadi.
Quvur devorlarida hosil bo‘lgan qatlamlarning issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyati
metallarnikiga nisbatan birmuncha kichik bo‘lganligi sababli zang va qatlamlar hosil bo‘lishi
natijasida birinchidan, quvurlar yuzasi torayib issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyati va chidamliligi
pasayadi, ikkinchidan, bug‘ generatorining bug‘ ishlab chiqarish quvvati kamayib, yoqilg‘i
ortiqcha miqdorda sarflanadi hamda ishlash muddati kamayadi.
Agar qozon suvi tarkibida xar xil kremniy birikmalari hamda metall oksidlarining
konsentratsiyasi belgilab qo‘yilgan me’yordan oshib ketsa, bug‘ gsneratorida bug‘ olish jarayonida
u moddalarning bug‘ fazasiga o‘tishi ko‘payib, turbina kuraklari devorlarida zang va qatlamlar
hosil qiladi. Bu holat turbina quvvatining keskin kamayishiga hamda turbina parraklarining tez
ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Mamlakatimizda yuqori quvvatli IESlarini uzoq yillar ishlatish tajribalari ko‘rsatishicha,
ularni suv va bug‘ bilan muloqatda bo‘lgan uskunalarining ishonchli va samaradorli ishlashi suv
tayyorlashning zamonaviy ratsional usullari asosida tayyorlangan qo‘shimcha suvning va turbina
kondensatining sifatiga hamda ularni ishlatishda ekspluatatsiya me’yorlariga qat’iy rioya qilishiga
bog‘liq.
IESlarini sifatli suv bilan ta’minlanishining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Byg‘ hosil kiluvchi va qizdiruvchi quvurlarda kalsiy, magniy birikmalari, temir oksidlari,
turbina kuraklarida mis, temir oksidlari va natriy kabi birikmalarning qatlamlari hosil
bo‘lishini keskin kamaytirish;
2.
bug‘ va suv bilan doimo muloqatda bo‘lgan asosiy va qo‘shimcha uskunalarning hamda
issiqlik tarmoqlarining zanglashiga yo‘l qo‘ymaslik;
3.
ularning uzoq muddat ishonchli va samarali ishlashini taminlash;
4.
yuqori quvvatli IESlari turbina kuraklarida qatlamlar hosil bo‘lishga yo‘l qo‘ymay,
turbinaning 5000–6000 soat uzluksiz ishlashini ta’minlashdan iborat.
IES va IEMlarida suv tayyorlash jarayonida quyidagi talablar bajarilishi zarur:
1.
Kam iqtisodiy harajat sarflab, suv va kondensatni texnik ekspluatatsiya me’yorlari talabida
tozalash;
2.
suv tayyorlash jarayonida oqova suvlarning toza suv havzalariga qo‘shilishiga yo‘l
qo‘ymaslik;
3.
zamonaviy va arzon uskunalardan foydalanib, suv tayyorlash qurilmalarining uzluksiz va
samarali ishlashini taminlash.
IESlarida suv asosan quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
1.
Bug‘ generatori va bug‘ hosil qiluvchi boshqa uskunalarda bug‘ olish uchun asosiy
texnologik xom ashyo sifatida;
2.
ishlatilgan bug‘ni turbina kondensatorida va boshqa sovutgich qurilmalarda sovutuvchi suv
sifatida;
3.
issiqlik tarmoqlarida issiqlik tashuvchi manba sifatida;
4.
IESlarining yig‘uvchi va ta’mirlovchi sexlarini va yig‘ilgan, jihozlangan hamda
ishlayotgan qurilmalarini kislota eritmasi bilan yuvish jarayonida bajariladigan barcha
operatsiyalarni suv bilan ta’minlash sohasida;