64
6/0,4 kV transformator punktlari yangisiga almashtirilyapti, uta yuklama bilan ishlayotgan
transformator punktlarini yuksizlantirish maksadida yangi transformator punktlari kurilyapti,
qishloq hududlari infratuzilmasini yaxshilash maqsadida “Obod qishloq” “Obod maxalla” dasturi
doirasida elektr uzatish tarmoqlari va transformator punkti yangidan qurilmokda.
Keyingi yillarda elektr energiya iste’molinig keskin oshishi sistema xosil kiluvchi
podstansiyalar avtotransformatorlari uta yuklama bilan ishlashiga sabab buldi. Bu esa ishlab turgan
ikkita avtotransformatorlardan bittasini ta’mirga chikarishga xech kanday imkon koldirmadi,
natijada ayrim podstansiyalarda yangi uchinchi avtotransformatorlarni ishga kiritish va eskilarini
yangi kattarok kuvvatlisiga almashtirish zarurati paydo buldi. Uzbekiston Milliy Elektr Tarmoklari
AJ filiallarida modernizatsiya dasturiga asosan ushbu ishlar boskichma boskich amalga
oshirilmokda.
Kuch transformatorlari kattarok kuvvatlisiga almashtirib borilarkan, elektr energiya
iste’moli kutarilib borarkan, endi liniyalarni ta’mirga chikarish muammolari paydo bulyapti. Katta
kuvvat okib utayotgan xavo tarmoklarining bittasini ta’mirga chikarish boshka liniyani uta
yuklanishiga, kuchlanish mikdorining me’yoridan tushib ketishiga, bu esa iste’molchilarga
yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifat kursatkichlari buzilishiga va energotizim
turgunligining buzilishiga sabab bulmokda. Rejali ta’mirlash ishlarining uz vaktida bajarilmay
kolishi esa ushbu liniyalarning avariyali uchishlariga olib keladi. Deyarli barcha xavo
tarmoklarining simlari ishlash muddatini utab bulganini e’tiborga olsak, yechim sifatida yangi
liniyalarni kurish, yangi oralik podstansiyalar kurish, mavjud podstansiyalarning ma’lum
yuklamasini shularga olib utishni taklif etamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Лыкин А.В. Электрические системы и сети / Новосибирск Изд-во НГТУ 2017
2.
Т.Г. Красильникова. Физико-технические основы дальних электропередач
переменного тока / Новосибирск Изд-во НГТУ 2019