Foydalanilgan adabiyotlar




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/115
Sana14.05.2024
Hajmi5,65 Mb.
#230787
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115
Bog'liq
Materiallari

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
 
L.D.Rojkova, V.S.Kozulin “Stansiya va podstansiyalarning elektr asbob–uskunalari” 
Toshkent “O‘qituvchi”–1986
 
2.
 
T. Dadajonov “Rele himoyasi va avtomatika” fanidan o‘quv qo‘llanma Farg‘ona–2004. – 
B. 3–8
 
3.
 
M.M.Ortiqov, J.I.Fayzullaev, A.Abdullaev “Elektr ta’minotida uzluksiz elektr energiyani 
sifatli yetkazib berishdagi elementlarning ishonchliligini aniqlash rejasi” / Noan’anaviy 
kimyoviy texnalogiyalar va ekalogik muammolar respublika ilmiy–amaliy anjumani – 
Farg‘ona, 2015–B–244–245
 
4.
 
M.M.Ortiqov, Sh.K.Karimov, A.Abdullaev, “Loyihalash ishlarining mukammalligi – 
elektr 
ta’minoti 
ishonchliligini 
oshiruvchi 
vositadir”/Noan’anaviy 
kimyoviy 
texnalogiyalar va ekalogik muammolar respublika ilmiy–amaliy anjumani–Farg‘ona, 
2015–B–260
 
 
BIR FAZALI YERGA ULASH TOKLARINI KOMPENSATSIYALASHDAGI 
AVTOMATLASHTIRISH DASTURLARINI TUZISH MUAMMOLARINI AYRIM 
YECHIMLARI HAQIDA 
 
Dots. Jabborov T.K, ilmiy raxbar 
U.B.Botirov, S.V .Mamajonova, A.A.Karimov, D.A.Madraximov
M12–20 ET guruhidan magistrantlari 
Farg’ona politexnika instituti 
Xalq xo‘jaligining barcha sohalarida elektr energiyasidan keng miqyosda foydalanilmokda, unga 
bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Xalq xo‘jaligida ishlatiladigan mashina va mexanizmlarning 
65–80% elektr energiyasi vositasida harakatga keltiriladi.
 
E
lektr energiyasi asosan issiqlik, gidroelektr va atom elektr stansiyalarida ishlab 
chiqariladi. Hozir mamlakatimiz bo‘ylab yirik issiqlik elektr stansiyalari yoqilg‘i serob joylarda 
va sanoat markazlarida, gidroelektr stansiyalari esa gidroenergetika resurslari mavjud joylarda 
quriladi. 
Ishlab chiqarilgan energiya uzatish liniyalari va transformatorlar orqali iste’molchilarga 
yuboriladi. Elektr energiyasini iste’molchilarga uzatishda ilojini boricha isroflarni kamaytirish 


85 
mustaqil davlatimizga juda katta foyda keltiradi. Isroflarni kamaytirishni bir necha usullari mavjud 
bo‘lib, bu usullar jumlasiga bir fazali yerga ulanish toklarini kompensatsiyalash usuli kiradi. 
Bir fazali yerga ulanish toklarini kompensatsiyalashda mikroprotsessor–lardan foydalanish 
natijasida o‘ta kuchlanishning miqdorini kamaytirishga erishildi. 
Fan va texnikaning rivojlanishi natijasida kichik hajmli protsessor–lar, ya’ni 
mikroprotsessorlar yaratildi. 
Mikroprotsessorlarning yaratilishi nafaqat bir fazali yerga ulanish toklarini 
kompensatsiyalashda balki, aviatsiya, temir yo‘l bekatlarini sotuvchi avtomatlarda ham keng 
qo‘llanilib kelinmoqda, bu esa qo‘lda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirishga olib keldi. 
Sanoat korxonalarining elektr ta’minot sistemalarida (ETS) ishonchlilikni oshirish muhim 
ahamiyatga ega. Ko‘p o‘tkazilgan tajribalarning natijalari va mavjud adabiyotlarning bergan 
ma’lumotlariga asosan korxonalarda ro‘y berayotgan ishonchlilikning buzilishiga yerga ulanib 
qolishda paydo bo‘ladigan sig‘imli toklarning ta’siri juda kattadir. Chunki, bunday nonormal holat 
korxonalardagi barcha buzilishlarning 75% ni, ayrim hollarda esa 90% ni tashkil etadi. Bu sig‘imli 
toklar ko‘proq kabelli liniyalarda bir fazasining yerga ulanib qolishi oqibatida paydo bo‘ladi. 
So‘ngra, u yer orqali bo‘lgan zanjir bo‘ylab oqib, boshqa zarar ko‘rmagan fazalarga neytral orqali 
o‘tib, u yerda o‘ta kuchlanishni paydo qiladi. Bu o‘ta kuchlanishni miqdori xozirgi kungacha 
muammo bo‘lib, ko‘p hollarda nominal kuchlanishga nisbatan 3–4 marta ko‘p deb olinadi. 
Shuning uchun sanoat korxonalarining 6–35 kVli tarmoqlarida neytralga yoy so‘ndiruvchi 
reaktorlar o‘rnatish va uni induktiv toklarini avtomatik boshqarish yo‘li bilan sig‘imli toklarning 
qiymatini neytral orqali o‘tayotganda kamaytirish mumkin. 
Hozirgi paytda ko‘p ishlatilayotgan yoy so‘ndiruvchi reaktorlarning (YoSR) ZROM 
(zazemlyayuщiy reaktor odnofaznыy maslyannыy) turi eng ko‘p tarqalgandir. Chunki, uning 
induktiv toki (
I
L
) ni reaktor o‘chiq turgan paytida kerakli pog‘onaga o‘zgartirish yo‘li bilan 
boshqarish mumkin. Ma’lumki, induktiv (
I
L
) va sig‘im (
I
s
) toklar bir–biriga nisbatan 180° 
yo‘nalishga ega. Shuning uchun ularni bir nuqtadan teng miqdorlarda o‘tkazilsa, bir – birini 
kompensatsiya qiladi. Bu holatni e’tiborga olib, Ukraina va Rossiya davlatlarida YoSRlarning 
ko‘pgina turlari yaratilgan. Bu borada Ukraina davlatida ancha oldinga ketish mavjud bo‘lib, ular 
yaratgan ZROM markadagi reaktorning zamonaviy RZDSOM (reaktor zazemlyayuщiy 
dugogasyaщiy stupenchatыy odnofaznыy maslyannыy) turi seriyali ishlab chiqarishga quyilgan. 
Bu reaktorning afzalligi shundan iboratki, uning induktiv tokini boshqarish rejimi, ventilli 
o‘zgartiruvchi yordamida avtomatik boshqariladi. Bu esa shu reaktorni boshqarishda zamonaviy 
mikroprotsessorlardan (MP) foydalanish imkoniyatini yaratadi. 
ASSEMBLER degan elektron hisoblash mashinasi (EHM) tilida tuzilgan dastur yordamida 
ETS tarmog‘idagi nonormal yerga ulanib qolish natijasida paydo bo‘lgan sig‘imli tokni qiymatini 
aniqlab, unga teng ravishda induktiv tokni qiymatini aniqlash va reaktorni PUE talabi bo‘yicha 
ruxsat etilgan miqdor hisobidagi natijani olish darajasida avtomatik boshqarish imkoniyatini 
beradi. 

CONST–Masshtablovchi koeffitsientlarni OZUga yozuvi. 

INRUT–OZU xotirasi bo‘limiga kirish va yozish o‘lchovli kattaligini kiritadi. 

SWITCH–Reaktorni tarmoqdan uzish uchun DGRni yoqish uchun zarur bo‘lgan tarmoqni 
yoqish. 

KOEF–Masshtablovchi koeffitsientlar kiritilgan o‘zgaruvchilarni ko‘paytirish.

ARCCOS–R

, R

, R

aktiv quvvat kattaliklari bo‘yicha burchak kattaliklari 





larni 
hisoblash. 

SALS–Tuzilgan algoritm bo‘yicha kattaliklarni hisobini bajaradi, boshida G

aktiv 
o‘tkazuvchanlik yig‘indisini aniqlaydi, keyin 

S

sig‘im o‘tkazuvchanlik yig‘indisini, 


86 
bundan keyin esa o‘lchangan va hisoblangan DGRni pog‘onali rostlash bilan o‘zgarish 
kattaligi 

aniqlanadi. 

RECOD–Hisoblangan ko‘rsatkichlarni o‘n oltilikdan ikkilikka TRANS o‘zgartiruvchi, 
ikkilikdan esa o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazuvchi yordamchi dastur. 

Download 5,65 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish