• NASOS STANSIYALARIDA ELEKTR TA’MINOTI IShONChLIGINI OShIRIShNI ISh JARAYoNI MUSTAHKAMLIGI UChUN ChUQUR TAHLIL QILISh
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/115
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,65 Mb.
    #230787
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115
    Bog'liq
    Materiallari

    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1.
    Shlyaxin P. N. Parovыe i gazovыe turbinы.–M.: “Gosenergoizdat”, 2006. 


    71 
    2.
    Sanev S. V., Burov V. D. i dr. “Gazoturbinnыe i parogazovыe ustanovki elektrostansiy”.–
    M.: MEI, 2012. 
    3.
    Sheglyaev A. V. “Parovыe turbinы”.–M., “Gosenergoizdat”, 1995. 
    4.
    Manushin E. A. “Gazovыe turbinы: problemы i perspektivы”. M., “Energoatomizdat”, 
    1996. 
    5.
    Shlyaxin P. N. “Osobыe rejimы rabotы parovoy turbinы”.–M.: “Gosenergoizdat”, 1991. 
    NASOS STANSIYALARIDA ELEKTR TA’MINOTI IShONChLIGINI OShIRIShNI ISh 
    JARAYoNI MUSTAHKAMLIGI UChUN ChUQUR TAHLIL QILISh 
     
    U.B.Botirov M12–20 gurux magistranti
    Farg‘ona politexnika instituti
    Farg‘ona viloyat nasos stansiyalaridagi elektr qurilmalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, xar yili 
    yangi elektr qurilmalar sotib olib o‘rnatilishiga qaramay, eskirgan, energetik ko‘rsatgichlari past 
    bo‘lgan qurilmalar ko‘pchiligini tashkil qiladi. Lekin, elektr tarmoqlaridagi elektr energiyasining 
    sifat ko‘rsatkichlari me’yorlaridagidek emas va nasos stansiyasining avariyaviy holatda bo‘lgan, 
    iktisodiy zarar keltiruvchi elektr ta’minot tizimlarini yangilash, elektr energiyasining 
    uzluksizligini va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, yangi zamonaviy elektr qurilmalarini qo‘llash, 
    asosiy energetik ko‘rsatkich bo‘lgan aktiv quvvat koeffitsientiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni 
    yo‘qotish zarur. 
    Hozirda ishlab chiqarilgan, yangi texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi elektr uskunalar 
    yuqori aniqlikda, uzluksiz ish rejimlarida ishlashi uchun uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan 
    ta’minlanib turishi zarur. Ma’lumki, elektr energiyasining sifat ko‘rsatgichlari tarmoqdagi 
    kuchlanish miqdorini barqaror, sinusoidalligi, simmetrikligi, o‘zgarish shakli, tarmoqning turli 
    qismlaridagi kuchlanish miqdori va tok chastotasining barqarorligi bilan aniqlanadi. 
    Nasos stansiyasidagi elektr ta’minot tizimidagi tok chastotasining oz miqdordagi 
    o‘zgarishlari ham elektr motorlarning ish rajimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tok 
    chastotasining o‘zgarishlari me’yoriy chegaralardan 
    (
    %
    2


    f
    ) ortiq bo‘lsa, elektr motorlardan 
    tashqari yoritish qurilmalarining yorug‘lik ko‘rsatkichlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
    Yoritkichlardagi yorug‘lik oqimi pasayadi uning pulsatsiyasi ortadi, yoritilganlik sifatiga 
    yomon ta’sir etadi. 
    Nasos stansiyalari elektr tarmoqlarida optimal rejim sharoitlarida ishlab turgan elektr 
    yuklamalarda, qisqa muddatlarga bo‘lsada, quvvat o‘zgarishlari bo‘lsa (etishmasa yoki ortsa), 
    tarmoqda chastota pasayishi mumkin. Bunda aks ta’sir yuzaga kelib, elektr motorlarning ishchi 
    ko‘rsatgichlari o‘zgarishi mumkin. Agar elektr stansiyasi generatorlaridagi yuklama va hosil 
    bo‘ladigan tormozlanish momentlari birlamchi motorning yurgizish momentidan kam bo‘lsa, 
    uning aylanish chastotasi kamayadi va oxir oqibat generator ishlab chiqarayotgan tok chastotasi 
    ham kamayadi. Yuklama miqdori kamayib, generator momenti yetarli miqdorga kelsagina 
    chastota yana barqarorlashadi. 
    Zamonaviy energetika tizimlarida birlamchi motorlar tezlikni avtomat ravishda rostlovchi 
    vositalar bilan ta’minlanganligi uchun o‘zgaruvchan tok chastotasining ortishi ruy bermaydi, 
    ammo quvvat yetishmovchiligi oqibatida elektr tarmog‘idagi chastota pasayishi kuzatilishi 
    mumkin. O‘zgaruvchan tok chastotasining ortishi, ayniqsa pasayishi kuzatilishi mumkin. 
    Chastotaning pasayishi elektr motorning statoridagi elektr yurituvchi kuchning pasayishiga olib 
    keladi. Aylanish tezligi va tok chastotasi proporsional ta’sir ko‘rsatadi. Aylanish chastotasining 
    pasayishi belgilangan yuklamada ishlab turgan elektr motorning zarur miqdordagi suvini chiqarish 
    uchun uni belgilangan muddatdan ko‘proq ishlashi va tarmoqdan rejalangan miqdordan ortiqcha 
    qo‘shimcha quvvat iste’mol qilishi talab qilinadi. Aktiv quvvat o‘zgarishlaridan tashqari 
    chastotaning o‘zgarishi reaktiv quvvat iste’molini ortishiga olib keladi. 
    Elektr tarmog‘ida tok chastotasining o‘zgarishi aktiv quvvat o‘zgarishidan tashqari reaktiv 


    72 
    quvvat iste’moli ortishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga elektr mashinalaridagi chastota o‘zgarishi 
    ularning ishlash rejimlarini ham o‘zgartirib, ular yordamida ishlab turgan texnologik 
    mashinalarning ishchi ko‘rsatgichlariga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga salbiy ta’sir 
    ko‘rsatadi. Demak, sifat koeffitsientlari va elektr energiyasining sifatini aniqlovchi asosiy 
    ko‘rsagichlardan biri elektr tarmoqdagi tok (kuchlanish) chastotasi bo‘ladi. Elektr uskunalar 
    ekspluatatsiyasi qoidalariga binoan standart tok chastotasi qilib 50 Gs olingan. Chastotaning ruhsat 
    etilgan 0g‘ishi yagona energetika tizimlari uchun ±0,1 Gs (±0,2%), avtonom elektr ta’minoti 
    tizimlarida ishlab turgan elektr iste’molchilar tarmog‘i uchun ±1 (0,5%) qilib belgilangan. Quvvati 
    250 kVt gacha bo‘lgan avtonom elektr stansiyalarida esa 4% gacha chastota o‘zgarishi yo‘l 
    qo‘yiladi. 
    Farg‘ona viloyat Toshloq tumanidagi “Qo‘chqorchi” nasos stansiyasidagi elektr energiya 
    uzilishlari natijasida nasos agregatlarini qayta ishga tushirish uchun dvigatellarni sovutish kerak 
    bo‘ladi, buning esa uchun 2–3 soat vaqt kerak bo‘ladi. Suvning oldingi borgan joyiga yetib borishi 
    uchun esa 4–5 soat ortiqcha vaqt sarf bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, shuncha vaqt elektr dvigatel sarf 
    qilgan elektr energiya behuda sarf bo‘ladi. 
    Olingan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, uzilishlar asosan tarmoqda va nasos 
    stansiyasida avariya oqibatida avariya avtomatidan uzilgan yoki tarmoqda kuchlanish me’yoridan 
    pasayib ketganligidan tarmoq ajratilgan. Tarmoqdagi uzilishlarning davomiyligi 10–20 minutdan 
    3–4 soatgacha bo‘lgan. Kuzatilgan 3 ta nasos stansiyasida jami 2017–2021 yillar davomida yiliga 
    54 ta uzilishlar bo‘lgan bo‘lsa, ulardan 21 tasida uzilishlar davomiyligi 1 soatdan ortiq bo‘lgan. 
    Nasos stansiyalar elektr iste’molchilar xarakteriga ko‘ra II–kategoriyaga kiritiladi va 2 
    soatgacha uzilishlar ruxsat etiladi. Demak, kuzatuvlardan olingan natijalar me’yoriy chegaralardan 
    ortmagan. 

    Download 5,65 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish