133
Absolyut nolga yaqin xaroratda (T
o‘
dan past qiymatda) o‘ta o‘tkazgich zanjiriga kiritilgan
elektr toki uzoq vaqt (yillar davomida) o‘z kuchini yuqotmay, zanjirda aylanib yuradi, deb faraz
qilinadi. Bunday o‘ta o‘tkazuvchan zanjir uni o‘rab turgan muxitda magnit maydoni hosil qiladi,
o‘ta o‘tkazuvchanlik holatining buzilishi faqat xarorat (T
o‘
dan yuqori) ko‘tarilishidagina emas,
balki o‘ta o‘tkazgich sirtida magnit induksiyasi hosil bo‘lganda ham kuzatiladi.
Cheksiz o‘tkazuvchanlikdan konturda hosil bo‘lgan tok bu konturda yillar davomida o‘z
kuchini kamaytirmay va tashqaridan energiya berilmaydigan xolga aylanadi.
Energiya faqat past haroratni saqlash uchun sarflanadi. Bunday cheksiz o‘tkazuvchan
kontur o‘z atrofida magnit–maydoni hosil qiladi. Lekin, harorat yoki induksiya ma’lum cheksiz
o‘tkazuvchanlik holatiga o‘tish qiymatidan oshib ketsa cheksiz o‘tkazuvchanlik buziladi.
Cheksiz o‘tkazuvchanlik juda past haroratni talab etib, bunday harorat suyuq geliy
yordamida hosil bo‘ladi. Bu esa juda qimmatga tushadi. Bu sohada ilmiy ishlar davom etmoqda.
Cheksiz o‘tkazuvchanlikdan tashqari xozirgi elektr texnikada o‘tkazuvchanlik hodisasi
qo‘llanilmoqda. Bu hodisa esa metallarni kichik qiymatiga pasayishdan iboratdir.
Bugungi kun elektrotexnikasida krioo‘tkazgichlar ko‘p qo‘llanmoqda, ya’ni bu xususiyat
metallrning juda past solishtirma qarshiligi kriogen xaroratda sodir bo‘ladi. Bu xossaga ega
metallar krioo‘tkazgichlar deyiladi. Krioo‘tkazgichlarda qiymati o‘tkazgichlarnikidan ancha
kichik, ammo krioo‘tkazgichlar o‘zidan oqib o‘tadigan tok oqimi zichligini cheklaydi.
Krioo‘tkazgichlar elektr mashina, apparat va elektr uskunalarida qo‘llanishi o‘ta
o‘tkazgichlarga nisbatan ba’zi ustunlikka ega. Sovituvchi modda sifatida suyuq vodorod yoki
suyuq azot qo‘llash (kimmatbaxo suyuq geliy o‘rniga) elektr uskunalari issiqlik izolyasisini
soddalashtiradi va sovutishga sarf bo‘ladigan kuvvatni pasaytiradi hamda energiyani tejaydi.
Krioo‘tkazuvchida xarorat ko‘tarilishi natijasida qarshilik asta-sekin ko‘tarilib boradi. Barcha
hollarda ham yuqori sifatli krioo‘tkazgichlar uchun juda ham toza metallar ishlatiladi.
O‘ta o‘tkazuvchanliklardan hajmi va massasi kichik, foydali ish koeffitsienti yuqori
bo‘lgan elektr mashinasi, transformator va shu kabi qurilmalar, uzoq masofaga mo‘ljallangan katta
quvvatga ega elektr o‘tkazgichlar yaratishda, shuningdek energiya yig‘uvchi moslamalar sifatida
foydalaniladi.