• SAMARADORLIKKA EGA BO‘LGAN TERMOELEKTRIK MATERIALNI OLISH VA UNI ELEKTR HAMDA FIZIKAVIY PARAMETRLARINI TADQIQ QILISH A.M.Kasimaxunova, M.Norbo‘taev
  • Materiallari




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/115
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,65 Mb.
    #230787
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
    Bog'liq
    Materiallari

     
     


    128 
     
    II–SHO’BA 
    ELEKTR ENERGETIKASI TA’MINOTI TIZIMI UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASHDA 
    NOAN’ANAVIY ENERGIYA MANBAALARIDAN FOYDALANISH 
     
    SAMARADORLIKKA EGA BO‘LGAN TERMOELEKTRIK MATERIALNI OLISH VA 
    UNI ELEKTR HAMDA FIZIKAVIY PARAMETRLARINI TADQIQ QILISH 
     
    A.M.Kasimaxunova, M.Norbo‘taev 
    Farg‘ona politexnika instituti, e-mail: 
    a.kasimakhunova@ferpi.uz 
    Termoelektrik energiya o‘zgartirgichlar (TEO‘) o‘zlarining sodda konstruktiv tuzilishlari 
    va ishonchli ishlay olishliklari bilan ishlab chiqarish sanoatida keng qo‘llanila boshlagan. 
    Asbobsozlikda TEO‘ lardan, masofadan turib, issiqlik oqimini o‘lchash uchun datchiklar sifatida 
    foydalaniladi. Ularni issiqlikka bog‘liq fizik parametrlarini yaxshilash uchun hajm va geometrik 
    o‘lchamlari, vazni bilan tavsiflanuvchi parametrlarini o‘zgartirish ham zarur masalalardan biridir. 
    Oxirgi paytlarda bu muammo, pardasimon konstruktiv tuzilishga ega bo‘lgan, termoelektrik 
    o‘zgartirgichlar orqali amalga oshirilmoqda. Ularning afzalliklaridan biri – ulardan issiqlik 
    energetik qurilmalarida, kichik yuzada katta miqdordagi issiqlik konsentratsiyasiga ega bo‘lgan 
    yuza mavjud bo‘lganligi tufayli, kamroq aniqlilikka ega bo‘lgan termogeneratorlar sifatida ham 
    qo‘llanilishi mumkin [1,2]. 
    Lekin, shu bilan bir qatorda, pardasimon termoelektrik energiya o‘zgartirgichlari 
    o‘zlarining xususiyatlari bilan hajmiy TEO‘lardan ustun turib, issiqlik fizikasida qo‘llanilishi 
    mumkin bo‘lgan asbobsozlikda ishlatila olinmaydi. Buning sabablari olinayotgan TEO‘lar uchun 
    har doimo ham materiallarni to‘g‘ri tanlay bilmaslik, ularni o‘lchamlari optimallashtirila 
    olinmasligi, fizik parametrlar qiymatlarini ham to‘g‘ri aniqlanmasligi (ayniqsa ikki va uch jinsli 
    qorishma materiallari asosida tayyorlanganida!) kabilardir. Bu talabalarni to‘liq va to‘g‘ri 
    bajarilishi ko‘p jihatdan pardasimon tuzilmalar tarkibida kutiladigan issiqlik jarayonlarini nazariy 
    va amaliy jihatdan tahlil qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. 
    Madomiki hozirgi bosqichda, pardasimon TEO‘lardan geliotexnikada foydalanish 
    masalasi izlanish va tadqiqotlar pog‘onasida turgan ekan, ular ustida ilmiy tekshiruvlarni asosan, 
    issiqlik fizikasi bazasidagi bo‘lib o‘tadigan xodisalarni o‘rganish orqali yaxshi samaradorlikka ega 
    bo‘lgan termoelektrik generatorlar materiallarini topishga yo‘naltirilishi maqsadga muvofiqdir.
    Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, ushbu ma’ruzada, yorug‘lik nurini elektr 
    energiyasiga aylantirishga mo‘ljallangan termoelektrik energiya o‘zgartirgichlarini asosiy 
    parametrlarini, issiqlikdagi hisoblash ishlarini matematik modelini va metodini ishlab chiqish 
    orqali olingan natijalarini, pardasimon TEO‘larni optimal geometrik o‘lchamlarini hisoblash 
    metodini, yorug‘likka nisbatan yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan materiallarni aniqlash bo‘yicha 
    tavsiyalarni, hamda, tezkor faoliyat ko‘rsatuvchi pardasimon TEO‘lar yaratish yo‘llari xaqidagi 
    ma’lumotlar keltiriladi.
    Dastlabki bosqichda TEO‘ tarkibida ro‘y beradigan issiqlik jarayonlari tahlil qilindi. Qator 
    termoelektrik energiya o‘zgartirgichlarni ish jarayonlarini va ularni hisoblash usullarini taqqoslash 
    natijasida, TEO‘lardan nurlar orqali olinadigan issiqlik oqimini o‘lchash asbobi sifatida 
    foydalanish, unday asboblarning tavsiflarini, hajmiy konstruksiyadan iborat TEO‘lar tavsiflariga 
    qaraganda yaxshiroq bo‘lishiga olib kelinishi aniqlandi. Lekin bu ham, tadqiqot yakuniga 
    yetganligi xaqida, xulosa qilmaslik kerak ekanligini ko‘rsatib, shu yuz beradigan issiqlik 
    jarayonlarini hali atroflicha o‘rganilmaganligini aniqlandi. 


    129 
    Nazariy tadqiqot pardasimon termoelementning 
    issiqlik 
    oqimini 
    o‘lchashga 
    mo‘ljallangan 
    konstruksiyasi 
    uchun 
    issiqlik 
    muvozanatini 
    ko‘rsatuvchi tenglamani tuzishdan boshlandi. Unga 
    quyidagi hisoblash sxemasi qabul qilindi (1-rasm). 

    Download 5,65 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish