125
v) tovushli qayta tekshirish sxemasida qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazish;
g) TAning ikkilamchi cho‘lg‘ami va uning zanjirinining izolyasiyasining elektr mustahkamligi
va izolyasiyasining qarshiligini tekshirish;
d) TAning birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarining chiqqichlarini bir qutbliligini aniqlash;
ye) VAX tavsifini olish;
j) o‘rnatilgan transformatsiya koeffitsientini (n
t
) tekshirish;
z) ikkilamchi yuklamaning qarshiligini aniqlash;
i) TAning ikkilamchi zanjiri va RHni to‘la ulanish sxemasini tekshirish;
k) belgilangan sharoitda TAning yaroqliligini hisobiy tekshirish;
l) tekshiruv natijalarini bayon etish (o‘rnatilgan ko‘rinishdagi pasport-bayonnnoma tuziladi).
Rejali tekshirish sharoitida a, b, g, ye, l bandlari bajariladi (texnik xizmat ko‘rsatish sharoitiga
qarab).
TAning ikkilamchi cho‘lg‘amini tarqatishda yig‘ish tartibini to‘g‘riligini ta’minlash maqsadida
qo‘shimcha i bandi amalda ko‘zda tutiladi.
TAni
almashtirish b, g, d, ye, j, i, k, l bandlariga asosan bajariladi. Ikkilamchi yuklamasini
o‘zgartirishda z, k, l bandlariga amal qilinadi.
Xujjatlarni saralash (a bandi).TAni tekshirishdan avval
himoya qilinayotgan elektr
tuzilmasining prinsipial va montaj sxemalari tayyorlanib, shuningdek
pasport-bayonnomasi va
tekshirish natijalarini qayd etuvchi ishchi daftar taxt etiladi. Qo‘shimcha qilib tekshirish sharoitiga mos
holda TAning xatoligi hisoblash tavsiya etiladi.
Tashqi ko‘rik (b bandi). Bu ko‘rikda TAning ikkilamchi zanjirining chiqqichlari diqqat bilan
nazorat qilinib, ularga moy va namlikning ilashishidan, shuningdek mexanik ta’sirdan himoyalanishi
ko‘zda tutiladi. G‘ildirab chiqadigan o‘chirgichli KTQni tekshirishda shtepselli qo‘shgich va qayta
ulagichlarning ikkilamchi zanjirlarining ishonchli ishlashi (SB) sinash bloki deb nomlanuvchi ishonchli
ishlash bloki tuzilmasida amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ulanish zanjiri
va izolyasiyani holatini
tekshirish (v, g bandlari).
Releli chiqqichlarni bir qutbliligini
aniqlash (d bandi).
TAning birlamchi va
ikkilamchi cho‘lg‘amlarining chiqqichlarini
bir qutbliligini aniqlash 1.28-rasm
asosida
aniqlanadi.
Sxemada 4,5 yoki 6 Vli qutblari
aniqlashtirilgan
(B)
akkumulyatorli
batareyadan foydalaniladi. Kalit (K) ixtiyoriy
tipda bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha qarshilik
(
𝑅
𝑞𝑜‘𝑠ℎ
) shunday qiymatda bo‘lsinki, tokning
cheklanishida Bning xavfsizligi ta’minlansin.
O‘lchovchi asbob (G) – qutblari aniqlashtirilgan yoki ko‘rsatish shkalasining o‘rtasi nulni ko‘rsatuvchi
magnitoelektrik milliampermetr (5-10mA) yoki voltmetr (1,5-3,0 V)
asbob G shunday ulansinki,
birlamchi zanjirdagi Kning yo‘nalish ko‘rsatkichi
o‘ng
ga og‘sin. Bunda birlamchi va ikkilamchi
cho‘lg‘amlarning chiqqichlari bir qutbli, B batareya va K kalit plyusga ulangan bo‘ladi (1.28-rasmda
bir qutbliligi qisqichlarda “yulduzcha” belgisi bilan belgilangan).
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. L. D. Rojkova, L. K. Karneeva, T. V. Chirkova, “Elektrooborudovanie elektricheskix
stansiy i podstansiy”, Moskva, Akademiya, 2007, 448 s
1.28–rasm. TAning, birlamchi va
ikkilamchi cho‘lg‘amlarining bir qutbligini
aniqlash sxemasi.