|
-rasm. Difraktometr ustuni
|
bet | 123/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd14.2-rasm. Difraktometr ustuni:
1-yechiladigan kojux; 2-goniometr GUR-5; 3-himoya oynasi; 4-stoyka plitasi;
5-goniometr plitasi; 6-vint; 7-plonka; 8-upor (to‘siq) 9-kronshteyn; 10-shponka; 11-plonka; 12-vint.
14.3-rasm. Yustirovka mexanizmi:
1-vint; 2-xomut; 3-kronshteyn; 4-skoba; 5-vint; 6-klin; 7-sektor; 8-vint;
9-kronshteyn; 10-vint; 11-vint; 12-vint; 13-vint; 14-ekstsentrik vint.
Indikatsiya vizual blokining ikkita kanali bo‘ladi: Birinchisi - yig’ilgan impulslar sonini hisoblaydi; Ikkinchisi - kvarts geniraturi signali 0,001 intervali orqali o‘tadi. Hisoblash tezligi ro‘yxatlash rejimiga fikserlangan vaqt hisobida (T0) yoki yiqilib fikserlangan impulslar sonining (N0 ) rejimiga bog‘liq bo‘ladi.
Intensimetr blokidan signal diagramma lentasiga yozish uchun KSP-4 potentsiometriga beriladi. Diagramma lentasiga yozish bilan bir vaqtda diskretli 0,1 yoki 1 bilan detektor almashuvining burchak belgisi yozib beriladi.
Ma'lumot beruvchi tizimi UVI-3M-1 – hisoblash tizimi haqidagi ma’lumotni ro‘yxat va perfirator yoki hisoblagich mashina lentasi detektorining burchak ahvolini aniqlash uchun belgilangan. Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi ikkala moslamani ham bir vaqtning o‘zida yoki alohida o‘tkazish mumkin.
Ma’lumki rentgen nurlarining olish uchun rentgen trubkalari ishlatiladi. Bu trubkada elektronlar oqimi anod yuzasiga uriladi rentgen nurlari hosil bo‘ladi. Rentgen nurlarini olish uchun erkin elektronlar manbasi zarur bo‘ladi. Elektronlar katta tezlikda harakatga kelib, keskin to‘xtalishi oqibatida ham rentgen nurlari paydo bo‘ladi.
Elektron trubkalarda erkin elektronlarining paydo bo‘lishi termoelektron emissiya hodisasiga asoslanadi. Trubkada elektron manbasi bo‘lib, qizdirilgan volfram spirali (katod) ishlatiladi. Spiralni- katodni qizdirish uchun cho‘qlantirish transformatori orqali yuqori elektr toki o‘tkaziladi. Trubkaga berilgan yuqori kuchlanish ta’sirida, katoddan elektronlar katta tezlikda chiqib, anodga tomon harakat qiladi. Elektronlar anodga kelib to‘xtaganda rentgen nurlari paydo bo‘ladi elektron trubkalar vakumli-(10mm) payvandlangan trubka sifatida ishlab chiqariladi. Rentgen trubkalar anodi misdan yasaladi va uning ustiga zarur bo‘ladi metall plastinkasi qoplanadi. Bu plastinkalar rentgen nurlari manbai hisoblanadi.
Metall va qotishmalarning strukturasi tekshirilganda ularning xarakterli ma’lum to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan rentgen nurlari ishlatiladi. Har bir tekshirilayotgan namuna uchun o‘ziga xos xarakterli nurlar talab etiladi. Shu sababli trubka anodi turli metall plastinkalaridan yasaladi. Metallarning struktura tahlili uchun mo‘ljallangan trubkalarda anodlar- xrom, temir, kobolt, nikel, mis va molibden metallaridan tayyorlanadi. Quyidagi 14.4–rasmda rentgen trubkasi (a) va himoya kojuxi (b) keltirilgan.
|
| |