|
-rasm. Elektron mikroskopning kolonnasi
|
bet | 120/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd2.3-rasm. Elektron mikroskopning kolonnasi:
1-maxovik; 2-yustirovka mexanizmi; 3-obmatka; 4-ob’yektiv stoli;
5-ifloslanishdan himoya ob’yekti; 6-kondensor bloki; 7-anod; 8-fokusli elektrod;
9-yuqori voltli izolyator; 10-yustirovka vinti; 11-elektron pushki; 12-yuqori voltli kuchlanish; 13-vint; 14-mexanizm; 15-elektromagnit yustirovka sistemasi;
16-ob’yekt; 17-shlyuz ob’yekti; 18-mexanizm; 19-linza ko‘rpusi; 20-selektor
diafragmasi mexanizmi; 21-proektsiya bloki; 22-binokulyar mikroskop;
23-uch qarovchi oyna; 24-tubus va kasseta qismi.
Elektron mikroskopning oddiy yorug‘lik mikroskoplaridan farqi shundaki, agarda yorug’lik mikroskopida fokusga kirish uchun ob'yekt (na’muna) suriladigan bo‘lsa, elektron mikroskopda esa ob’yekt (na’muna) joyidan qo‘zg‘atilmaydi. Fokuslash va kerakli kattalashtirish elektromagnit linzalardan o‘tadigan tokning o‘zgarishi bilan bajariladi. Har bir linza bu magnitli materialdan yasalgan korpusga o‘rnatilgan solenoiddir. Solenoid o‘ramidan o‘zgarmas tok o‘tsa uning ichida magnit maydoni hosil bo‘ladi. Bu maydon elektronlar oqimidagi linzaning magnit maydoni bo‘ladi (2.4-rasm).
2.4- rasm. Elektronlarning tarqalish sxemasi.
Elektron mikroskopda ob’yektning pastki qismi tagida apertura diafragmasi o‘rnatilgan bo‘ladi. Apertura diafragmasining teshikchasidan faqat kam burchakga burilgan nurlar o‘tadi. Shunda ekrandagi rasmning tiniqligi (kontrastligi) oshadi. Tasvirning yorug‘ligi elektronlar manbai va kondensorli linza bilan sozlanadi va mikroskopning ekrani tagida rasm oluvchi kamera joylashadi. Elektron mikroskop yordamida metall va qotishmalarning juda mayda va katta donali ichki strukturasi, yupqasimon pardasi, namuna yuzidan olingan replika-pardalar va alohida faza zarrachalari, masalan, mayda donali karbidlarning zarrachalari tekshirilib o‘rganiladi.
Elektron mikroskoplar metall va boshqa qattiq qotishmalarning ichki strukturalarini juda sinchiklab o‘rganishda mos keladigan pribordir. Aytaylik optik mikroskoplarda ko‘rib bo‘lmaydigan juda mayda dispersli zarrachalarni, elektron mikroskoplarda kattalashtirib aniq ko‘rish imkonini beradi. Quyidagi 2.5-rasmda mayda dispersli plastinkasimon perlit strukturasi ko‘rsatilgan.
a) b)
|
| |