|
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
|
bet | 122/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd2.5. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar:
Elektron mikroskopning asosiy vazifasi nimadan iborat?
Qanday elektron mikroskoplarni bilasiz?
Replika deganda nimani tushunasiz?
Optik sxemaning vazifasi nimadan iborat?
Kollona nima vazifani bajaradi?
Kattalashtirish qobiliyati deganda nimani tushunasiz?
Elektron mikroskopning optik mikroskoplardan farqi nimada.
DIFRAKTOMETR DRON-2,0 RENTGEN APPARATI TUZILISHINI VA ISHLASH SHAROITINI O‘RGANISH
14.1 Ishning maqsadi: Talabalar (DRON-2,0, DRON-3,0, DRON-3M) rentgen apparatlarining tuzilishini va ishlash sharoitini o‘rganadilar hamda rentgen trubkasi va boshqa ishchi qismlari bilan yaqindan tanishadilar.
14.2. Ishning nazariy qismi: DRON-2,0 statsionar rentgen apparati har xil materiallarning keng qamrovli rentgenostruktura izlanishlarini olib borish uchun belgilangan. Apparatning ishlash sharoiti quyidagicha: atrof havo harorati 10 dan 35S gacha; taxminiy namlik 25S da 80% gacha; atmosfera bosimi 84-107 kPa (630-800 mm).
DRON-2,0 rentgen apparati quyidagi asosiy uzellardan iborat (14.1–rasm, a, b, v):
a)
14.1-rasm. DRON-2,0 rentgen apparatining umumiy ko‘rinishi (a):
1-elektron - hisoblash tizimi EVU-1-4; 2-avtomatik ravishda boshqaruvchi bloki BAU; 3-rentgen - trubkasi va goniometr GUR-5 bilan difraktomatr usuli; 4-yuqori voltli tok manbai VIP-2-50-60M; 5-perforator va sonlar yozuvchi mashinka bilan ma’lumot chiqaruvchi moslama UVI-3M-1.
b)
14.1-rasm. DRON-2,0 rentgen apparatining joylashish sxemasi (b):
1-perforator va sonlar yozuvchi mashinka bilan UVI 3M-1 ma'lumot chiqaruvchi moslamasi; 2-VIP-2-50-60M yuqori voltli tok manbai; 3-difraktometr ustuni;
4-EVU-1-4 elektron-hisoblash moslamasi; 5-BAU avtomatik boshqaruvchi bloki.
v)
14.1-rasm. DRON-2,0 rentgen apparatining rentgenooptik sxemasi (v):
1-rentgen trubka fakusi; 2,7-rentgen nurini chegaralovchi shellar; 3,6-soller
shellari; 4,8-rentgen nuri puchogi balandligini chegaralovchi shellar; 5-namuna.
Yuqori voltli tok manbai VIP-2-50-60M rentgen trubkasini tok bilan ta'minlaydi;
difraktometrning ustuni GUR-5 (14.2-rasm) va rentgen trubkasi kronshteyni bilan birga umumiy qattiq mustahkam plitkaga birlashtiriladi. Apparatning geometrik sxemasining asosiyligi shundaki, rentgen optik sxemasining aniq yustirovkasi rentgen trubka kojuxi uchun to‘rt unvonli yustirovka mexanizmi (14.3–rasm) yordamida amalga oshiriladi;
avtomatik blok boshqarmasi BAU goniometr GUR-5, elektron hisoblash EVU-1-4 va xulosali ma'lumot beruvchi UVI-3M-1 qismlarni ishga tushurishni boshqarishini ta'minlaydi;
elektron hisoblash moslamasi EVU-1-4 detektordan beriladigan signal hisoblagich va diskriminatsiya amplitudasini oshiradi. Kvantlar hisoblash tezligi to‘g‘ri ko‘rsatuvchi pribor intensimetr shkalasi bo‘yicha yoki vizual indikatsiyasi bo‘yicha oldindan hisoblash moslamasida hisoblanadi.
|
| |