|
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
|
bet | 130/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slaydToblash. Bu usuldan konstruktsion po’latlardan tayyorlanadigan tishli g’ildiraklar, vallar, kulachoklar va boshqalarning puxtaligini, asbobsozlik po’latlardan tayyorlanayogggan keskichlarning keskirligini ko’tarib kam yeyiladigan etish maqsadida foydalaniladi. Buning uchun evtektoidgacha bo’lgan po’lat zagotovkalar As3 kritik haroratdan evtektoid va evtektoiddan keyingi po’latlar AS1 kritik haroratdan 30 - 50° S yuqoriroq temperaturda qizdirilib, shu temperaturada ma’lum vaqt saqlanadi, keyin kritik tezlik (Vkr dan yuqori tezlikda) sovitiladi. Bunda austenit ferrit bilan tsementitga parchalanishga ulgurmaydi va martensit deb ataluvchi uglerodni Feadagi o’ta to’yingan qattiq eritmaga [Fea(S)] o’tadi hamda uning qattiqligi HRC ~ 62 ga ko’tariladi.
Agar austenit holatidagi po’lat zagotovkani, masalan, moyda (sekundiga 80-100°S tezlikda) sovitilsa, austenit ferrit bilan tsementitning juda mayda bo’lgan mexanik aralashmalariga parchalanib, troostit deb ataluvchi tuzilishga o’tadi va uning qattiqligi HRC 40-45 ga ko’tariladi. Agar austenit holatidagi po’lat zagotovkalarni, masalan, qizdirilgan moyda (sekundiga 50-70°S tezlikda) sovitsak, u troostit tuzilishli donalariga nisbatan yirikroq bo’lgan ferrit bilan tsementitning mexanik aralashmasiga parchalanib, sorbit deb ataluvchi tuzilishga o’tadi va uning qattiqligi HRC 30-35 ko’tariladi.
SHuni qayd etish zarurki, amalda kam uglerodli (S<0,3%) po’lat zagotovkalar toblanmaydi, chunki, bu po’latlar toblaganda uning martensitga o’tish temperaturasi o’rtacha va ko’p uglerodli po’latlarga qaraganda ancha yuqoriroqligi sababli sovutishda austenit ferrit bilan tsementit fazalarga parchalanib, kutilgan martensit tuzilmaga aylanmaydi. Ma’lumki, po’lat zagotovkalarni toblashda sirt qatlami o’zak qismiga Qaraganda tezroq sovishi natijasida fazalar o’zgarishi oqibatida unda zo’riqish kuchlari hosil bo’ladi. Agar bu kuchlanishlar katta bo’lsa, zagotovka tob tashlashi va yorilishi mumkpn. SHuning uchun toblanadigan zagotovkalarni markasiga, shakliga va o’lchamlariga ko’ra toblash muhitga va unga kam tarzda tushuntirishga ahamiyat berish ham kerak.
Bo’shatish, Bu usuldan toblangan po’lat zagotovkalarni ichki zo’riqish kuchlanishlaridan holi etish bilan qattiqligi saqlangan holda, qovushqoqligini ko’tarish maqsadida foydalaniladi. Toblangan po’lat zagotovkalarni bo’shatishdan kutilgan maksadlarga ko’ra bo’shatishni tubandagi tartiblarda olib boriladi.
Past temperaturali bo’shatish. Bu bo’shatishdan mafad toblangan, masalan, keskichlar yoki o’lchov asboblarini ichki zo’riqish kuchlanishlaridan holi etib, qattiqligi saqlangan holda, qovushoqligini ko’tarishdir. Buning uchun toblangan po’lat zagotovkalar 150—250°S haroratgacha qizdirilib, shu haroratda ma’lum vakt saqlanadi, keyin sekin sovitiladi. Bunda bo’shatilgan martensit tuzilma olinadi.
O’rtacha temperaturali bo’shatish. Bu bo’shatishdan maksad toblangan, masalan, prujina, shtamplarni ichki zo’rikish kuchlanishlaridan holi etib, qovushokligini ko’tarish va troostit tuzilma olishdir. Buning uchun toblangan po’lat zagotovkalar 350—500°S haroratgacha qizdirilib, shu haroratda ma’lum vaqt saqlanadida, keyin sekin sovitiladi.
Yuqori temperaturali bo’shatish. Bunday bo’shatish toblangan konstruktsion po’latlardan tayyorlayotgan detallar qovushqoqligini va plastikligini ko’tarib, sorbit tuzilma olish maqsadida o’tkaziladi. Buning uchun toblangan po’lat zagotovka 500—650°S haroratgacha qizdirilib, shu haroratda ma’lum vaqt saqlanadi va sekin sovitiladi:
|
| |