• Q ayta kristallanuvchi yumshatish.
  • Ichki zo’ri q ish kuchlanishlarni kamaytirish uchun yumshatish.
  • Tula yumshatish.
  • Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi




    Download 24,24 Mb.
    bet128/157
    Sana16.12.2023
    Hajmi24,24 Mb.
    #120531
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   157
    Bog'liq
    6,20 mavzulr slayd

    Diffuzion yumshatishdan quyma po’lat zagotovkalar kimyoviy tarkibining notekisligini tekislash maqsadida foydalaniladi. Buning uchun evtektoidgacha bo’lgan po’lat zagotovkalarni As3 kritik haroratdan 200-300°S yuqoriroq haroratgacha qizdirib, shu haroratda 10-15 soat saqlanadi, keyin 600°S haroratgacha pechь bilan birga, so’ngra havoda sovitiladi. Zagotovkalarni yuqori haroratda qizdirishda austenit donalaridagi uglerod va boshqa elementlar diffuziyalanib, tarkibi deyarli tekislanadi va bunda austenit donalari yiriklashadi. SHu boisdan diffuzion yumshatishdan keyin donalarni maydalash maqsadida zagotovkalar to’la yumshatilmog’i kerak.
    Qayta kristallanuvchi yumshatish. Sovuqlayin bosim bilan ishlangan po’lat zagotovkalarning fizik puxtaligini pasaytirib, plastikligini ko’tarish yo’li bilan ichki zo’riqish kuchlanishlardan holi etish maqsadida bu ishlovdan foydalaniladi. Buning uchun po’lat zagotovkalarni 680-700°S haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma’lum vaqt saqlab, keyin pechь bilan birga sekin sovitiladi.
    Ichki zo’riqish kuchlanishlarni kamaytirish uchun yumshatish. SHtamplash, payvandlash kabi texnologik usullarda olingan buyumlardagi ichki zo’riqish kuchlarni kamaytirish uchun ularni 350-600°S haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma’lum vaqt saqlab, keyin pechь bilan birga sekin sovitiladi.
    Tula yumshatish. Yumshatishning bu usulidan yirik donali po’lat zagotovkalar donalarini maydalash yo’li bilan tekislab, ichki zo’riqish kuchlanishlaridan holi etish maqsadida foydalaniladi. Buning uchun evtektoidgacha bo’lgan po’lat zagotovkalarni As3 kritik haroratdan, evtektoid va evtektoiddan keyingi po’latlarni Ac1 kritik haroratdan 30-50°S yuqoriroq haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma’lum vaqt saqlab, keyin pechь bilan birga sovitiladi. SHuni qayd etish ham lozimki, agar evtektoiddan keyingi po’lat zagotovkalar Ast kritik haroratli chiziqdan yuqoriroq haroratgacha qizdirilib,shu haroratda ma’lum vaqt saqlab, keyin pechь bilan birga sovitilganda ajratilayotgan ikkilamchi tsementit perlit donalarini o’rab mo’rtlashtirib boradi, shu sababli bu po’latlar austenit tuzilishli holgacha qizdirilmaydi.

    Download 24,24 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   157




    Download 24,24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi

    Download 24,24 Mb.