|
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
|
bet | 131/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd15.1-Rasm. Fe—Fe3S holat diagrammasining uglerod miqdori va haroratga bog’liqlik sxemasi
Ma’lumki, ko’pgina mashina detallari va asboblar (tishli g’ildiraklar, porshenь barmoqlari, podshipnik, roliklar, shtamplar, kalibrlar) kam uglerodli va kam legirlangan po’latlardan tayyorlanib, ularning ish muddatini uzaytirish maqsadida kimyoviy termik ishlovlarga beriladi. Bunda zagotovkalarning sirt yuza qatlami uglerodga to’yintirilsa tsementitlash, azotga to’yintirilsa — azotlash, azot va uglerodga to’yintirilsa — nitrotsementitlash deyiladi. Bu ishlovlarning ichida tsementlash ko’proq. tarqalgan bo’lib, uni uglerodga boy bo’lgan qattiq, suyuq. va gaz muhitlarda olib boriladi. Ayni laboratoriya ishida zagotovkalarni
Qattiq muhitda tsementitlab, toblab bo’shatilib, natijalar kuzatiladi. Buning uchun zagotovkalarni namuna bilan po’lat yashikka avvaliga ma’lum qatlam karbyurizator deb ataluvchi 75—80% i pista ko’mir va qolgani bariy yoki natriy karbonatlar aralashmasi kiritilib, uning ustiga zagotovkalar ma’lum tartibda joylanadi va bu ketma-ketlik yashik to’lguncha takrorlanadi, keyin esa yashik qopqoqlanib, tirqishlari o’tga chidamli gil bilan suvaladi. So’ngra yashik pechga kiritilib, tsementitlash qalinligiga ko’ra 900—950°S haroratda bir necha soat saqlanadi. Bu sharoitda yashikdagi pista ko’mir havo kislorodi bilan reaktsiyaga kirib, uglerod (II) oksid gazi (SO) hosil qiladi va uning parchalanishida ajralayotgan atomlar uglerod zagotovka sirtiga utib, temirda eriydi:
2S+O2=2CO,
2CO=CO2+Catm,
Feγ+ Catm= Feγ(C)
SHu bilan birga karbonat tuzlari (VaSO3 yokiNaCO3) ham parchalanadi. Bunda ajralayotgan karbonatangidrid gazi pistako’mir (S) bilan reaktsiyaga kirib, yashikda uglerod (II) oksid gaznii ko’paytiradi. Yuqorida kaydetilgandek, bu gaz parchalanib, yashikdagi atomlar uglerod mikdori ortadi. Bu esa navbatida tsementitlash jarayonining tezlashishiga ko’maklashadi.
|
|
15.2-rasm. Termik ishlashda pechlar termojuftli potensiometr bilan jixozlangan bo’lib, pechni zarur xaroratda saqlaydi. (SHu bilan birga ba’zan amalda metallarni qizdirishda ularning cho’g’lanish ranglaridan ham foydalanish mumkin).
|
Masala 1. Evtektoid po’latni qanday termik ishlash usullariga duch kelish mumkin va ularning harorati nimaga teng.
Masala 2. Po’lat toblangan so’ngra bo’shatilgan. Bu texnologik jarayon qaysi asosiy o’zgarishlardan tashkil topgan?
Masala 3. Po’latni qizdirishda austenitni mayda zarrachalarini olish uchun qanday choralarni ko’rish kerak?
Masala 4. Toblangan holdagi po’lat qanday xossalarda ega?
Masala 5. Zavod tsexi kichkina partiyada mayda asboblarini-keskichlarni ishlab chiqaryapti; bo’lar uchun uglerodni kuyishiga (kamayishi) yo’l qo’yilmaydi. Bu holda toblash uchun qizdirishni qaysi usuli optimal (yaxshi) hisoblanadi:1-nazoratli atmosferada; 2-vaqti-vaqti bilan qaytaruvchi tuz vannasida.
Masala 6. Po’lat list sovuq cho’zilgan va yumshatilgan (qayta kristallangan). Natijada yirik zarrachali-donali struktura olingan. Bu nuqsonni qanday tug’rilash mumkin: 1-to’la yumshatib; 2-chala yumshatib; 3-normallashtirib.
Masala 7. Evtektoiddan keyingi po’latlarni to’la toblanganda po’lat tarkibidagi uglerod ko’payishi bilan uning qattiqligi nisbatan pasayadi. Sababi nimada?
Masala 8. Evtektoiddan keyingi po’latlarni to’la emas toblash maqsadga muvofiqligini nima bilan tushuntirsa bo’ladi?
Masala 9. Toblash jarayonida sovutish muhiti sifatida yog’ ishlatilganda toblashda darz ketish ehtimoli kam bo’ladi.Nega?
Masala 10. Po’latning toblanishligi nimaga bog’liq?
Masala 11.Tobdanishlik chuqurlitini oshirish va butun ko’ndalang kesim buyicha yuqori xossalarni olish uchun nima qilish kerak? 1-Toblash uchun qizdirishni yuqori haroratda olib borish kerak: austenitni bir xilligi ko’tariladi; 2-uglerodli po’latni legirlangan po’latga almashtirish lozim.
Masala 12. Po’lat 40 optimal konstruktiv mustahkamlikka erishish uchun qanday termik ishlash kerak? 1-toblash va yuqori bo’shatish; 2-toblash (840⁰ S da) va o’rta bo’shatish (650⁰ S)
Masala 13.Detal po’lat 15X dan yasalgan. Yuqori konstruktiv mustahkam qilish uchun qanday termik ishlov berishi rejimi lozim? 1-toblash va yuqori bo’shatish; 2-toblash va past bo’shatish.
Masala 14.Po’lat detallarni yuqori chastotali tok (T.V.CH.) biln qizdirishda qizdirilgan katlam chuqurligini qanday o’zgartirish mumkin?
Masola 15.TSementitlash bilan detalni ishqalanib yeyilishga qarshiligini oshirib bo’ladimi? TSementatsiya nima uchun qo’llaniladi?
Masola 16.Mahsulotdan-detaldan yuzasini juda yuqori qattiqligi ≥1000 HV talab qilinmokda.Bunga qanday erishish mumkin?
Masala 17.Juda murakkab formali detal yuzasiga qattiqlik ≥67 HRC berish kerak. Qaysi usulni qo’llamaslik maqsadga muvofiq? 1-yuzani toblash; 2-azotlash.
Masala 18.Kam uglerodli va o’rta uglerodli po’latdan yasalgan detallarni eng optimal xossalar beruvchi termik ishlash usulini aniqlang.Bunda qanday struktura hosil bo’ladi?22
Masala 19.Uglerodli 0,9 %S bo’lgan po’latdan keskich yasalgan. Moyda toblangandan so’ng (770⁰S) qattiqligi past. Sababi?
Masala 20.Diskli freza suvda toblangach, toblash boshlagandan keyin qiyshaygan. Sabab?
|
| |