|
-rasm Oddiy avtomobilь klapan prujinasining rasmi
|
bet | 134/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd1.2-rasm Oddiy avtomobilь klapan prujinasining rasmi.
|
2-Keys: Yuk avtomobilining orqa o’qida sinish kuzatildi. Texnik karta o’rganilganda avtomobilь o’qi yasalgan po’lat 0.3%S miqdoriga ega va uning qattiqligi 56 HRC ga tengligi, lekin uning markazga (singan zonaga) yaqin joyidagi qattiqligi 20HRC ni tashkil etishi aniqlandi. Sizningcha, orqa o’qning bunday mo’rtlashuviga nima sabab bo’lgan. Tasvirlarga qarab xolatni aniqlang va aniqliklar kiriting.
a) singan o’qning bir qismini ko’rinishi. b) aylanada qotirilgan flanetsni o’qdagi singan holati
Skanerlovchi elektron mikroskop yordamida olingan avtomobilь o’qining yuza qismini markazga yaqin joyda singan fraktografiyasi. 120X(kattalashtirilgan).
Skanerlovchi elektron mikroskop yordamida olingan avtomobilь o’qining yuza qismini markazga yaqin joyda singan fraktografiyasi (570X kattalashtirilgan).
Topshiriq:
1. Po’lat qotishmasini skanerlovchi rastrli mikroskopda olingan rasmlarni yuza tasniflarini ajratib bering. a) qovushqoq singan b) mo’rt singan.
2. Po’lat qotishmasi namunasini cho’zilishga sinalgandagi mustahkamligi qovushqoq va mo’rt singanda qanday ta’sir qilishini tushuntirib bering.
3. Xulosalarni jamlab yuqoridagi holatga aniqlik kiriting.
16-AMALIY MASHG’ULOTLAR
Materiallarni tadqiq qilish usullari
Sifat analizi asoslari
Ishdan maqsad: Metallarning umumiy olinish usullari, pirometallurgik usul, Metallarni oksidlanishi, galogenlar va xalkogenlar, Metallar bilan kislota eritmalari orasidagi ta’sirlashuvini o’rganish va tahlil qishish.
Masalani qo’yilishi: Metallarning kimyoviy xossalari va ular asosida misollar bajarish.
Kerakli jihozlar: Kompьyuter, proektor, kompьyuterning dasturiy ta’minotlari.
Ishni bajarish uchun namuna:
Metallarning umumiy olinish usullari
Xalq xo’jaligida metallarni ko’p miqdorda olish sohasini metallurgiya deb ataladi. Bu soha texnalogiyasi ikkita katta qismdan iborat, ulardan biri temir, og’ir rangli metallar va tarqoq elementlar texnalogiyasi bo’lsa, ikkinchi soha texnologiyasini yengil, tarqoq elementlarga bo’lish mumkin.
Birinchi sohada metall ruxlaridan to’g’ridan-to’g’ri pirometallurgik va gidrometallurgik usullarda ajratib olinadi.
Pirometallurgik usulda cho’yan, po’lat, mis, qo’rg’oshin, nikel, titan va boshqa muhim metallar olinadi. Ba’zan metallarni olishda pirometallurgiya usuli gidro va elektrometallurgiya usullari bilan birgalikda qo’llanilishi mumkin. 25
Metallarning kimyoviy xossalaridan eng muhimi ularning oksidlanishga bo’lgan munosabati juda keng chegarada o’zgaradi. Ko’pchilik metallar havo kislorodli ta’sirida odatdagi uy temperaturasida oksidlanadi, lekin bu jarayon tezligi va reaksiya mahsulotlari ham turlicha bo’lishi mumkin. Ishqoriy metallardan faqat litiy oddiy oksid Li2O ni hosil qilsa, natriy oksidlanganda subperoksidlar – Me2O4 hosil bo’ladi.
Metallarni oksidlanishdan saqlaydigan oksid pardalarining xossasi – oksidning molyar hajmi metalning molyar hajmiga nisbati V(oksid)/V(metall) 1 dan katta bo’lsa, uning zichligi tufayli oksid parda mustahkam bo’ladi, metalning bunday pardasi yaxlit, g’ovaksiz bo’lishi hisobiga uning ichki qatlamlarida kislorodning diffuziyasi yuz bermaydi. Bunday xossa Al, Ti va xrom metallarining aktivligi yaxshi bo’lishiga qaramay ular havoda barqarorligi hammaga ma’lum. Metall oksidning metall yuzasi bilan bog’lanib turishi yaxshi bo’lmasligi yuqoridagi nisbat birdan kichik bo’lganda metallarni oksidlanishdan saqlash qiyin bo’ladi. Havo tarkibidagi azot bilan litiy oson reaksiyaga kirishib nitrid Li3N ni hosil qiladi. Magniy, sirkoniy, gafniy, titanlar azot bilan qizdirilganda reaksiyaga kirisha oladi.
Ko’pchilik metallar vodorod, galogenlar va xalkogenlar (oltingugurt, selen va tellurlar) bilan reaksiyada qatnasha oladilar.
Metallarning standart elektrod potensiallari qiymati – 0,413 V dan manfiyroq bo’lsa, ular suv bilan ta’sirlashib vodorod ajratib chiqadi. Ishqoriy va ishqoriy-er metallari suv bilan juda oson reaksiyaga kirishadi, lekin rux va temir kabi metallar suv bug’ bilan yuqori temperaturalardagina sezilarli darajada reaksiyaga kirishadi.
Ishqorlar eritmalari bilan gidroksokomplekslar [Me(NO)n](m-n)- hosil qiladigan, oksidlari amfoter xususiyatga ega bo’lgan metallar (Be, Zn, Al, Ga, Sn) ta’sirlashadi va reaksiyada vodorod ajralib chiqadi. Kremniy ham shunday xususiyatga ega.
Si+2NaOH+H2O=Na2SiO3+2H2
Metallar bilan kislota eritmalari orasidagi ta’sirlashuv standart elektrod potensiallari manfiy bo’lgan, ya’ni elektrkimyoviy, kuchlanish qatorida vodoroddan oldin joylashgan metallar uchun xosdir. SHu sababli bunday jarayon oksidlovchi xossaga ega bo’lmagan (xlorid va sulfat) kislotalar ta’sirida oson amalga oshadi. Oksidlanish darajalari past bo’ladigan metallar bunday reaksiyalarda kation holiga o’tadi (masalan, rux), agar metal ionlari uchun yuqori oksidlanish holati tug’un bo’lsa, unda metall oksidlovchi kislotada eriganda anion tarkibiga o’tadi.
3Re + 7HNO3 = 3HReO4 + 7NO + 2H2O
Suyultirilgan nitrat kislota oson oksidlay oladi, lekin konsentrl-angan kislota ba’zi metallarni passivlashtiradi.
Standart elektrod potensiali yuqori musbat qiymatga ega bo’lgan metallar – Pt va Au eritmaga o’tkazish uchun oksidlovchi xossaga ega bo’lgan kislotadan tashqari shu metallar ionlari bilan turg’un anion koordinatsion birikma hosil qilishda qatnashadigan ligand manbai tutgan moddalar aralashmasi – “shox arog’i” (yoki “zar suvi”) konsentrlangan HNO3 va HCl (mol nisbatlari 1:3) yoki HNO3 va HF aralashmasi ishlatiladi.26
|
| |