|
-rasm. MIM-8 gorizontal metallografik mikroskopning umumiy ko‘rinishi
|
bet | 117/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd14.5-rasm. MIM-8 gorizontal metallografik mikroskopning umumiy ko‘rinishi:
1-stoli; 2-optik bo‘limi; 3-surat kamerasi; 4-mikroskopning markaziy qismi;
5-yorug’lik tizimi; 6-transformatori.
Mikroskopning asosiy qismi uzunligi 1,8-4m bo‘lgan staninaning optik tizimiga o‘rnatilgan. Mikroskopni vibratsiyada (tebranish) saqlash uchun, staninani belgilangan 4 ta mustahkam dempferga o‘rnatiladi. Dempferlar stoliga mahkamlanadi va tumbaning oldi tomonida suriladigan yashikchalar mikroskopning asosiy to‘liq komplektlarini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Yorug‘lik sistemasi MIM-7 mikroskopining yorug‘ligi sistemasiga qaraganda ancha yaxshi.
Mikroskopning markaziy qismiga quyidagilar kiradi: optika sistemasi, yirik makrometrik va mayda mikrometrik uzatmalar mexanizmi, predmet namuna stoli.
MIM-8 metallografik mikroskopining optik sxemasi 14.6-rasmda ko‘rsatilgan.
Mikroskopning surat kamerasi alohida uzel hisoblanadi va optik tizimga o‘rnatilgan bo‘lib, 13x18 sm formatidagi rasmlarni olish uchun mo‘ljallangan.
14.6-rasm. MIM-8 metallografik mikroskopning optik sistemasining nurlar
yo‘nalish sxemasi:
1-nur manbai; 2-kollektor; 3-issiqlik yutuvchi; 4-o‘tuvchi linza; 5-diafragma halqasi; 6-rangli filtr; 7-polyarizator; 8-okulyar yoki gomal; 9-apertura
diafragmasi; 10,11-tubusni yorituvchi linzalar; 12-diafragma maydoni; 13-tubusni
yorituvchi linza; 14-prizma; 15-nur qaytaruvchi plastinka; 16-halqasimon oyna;
17-ob'yektiv; 18-tahlil qiluvchi halqa; 19-vizual tubusning axromatik linzasi;
20-vizual tubusning prizmasi; 21-surat tubusining prizmasi; 22-surat tubusining axromatik linzasi; 23-vizual tubusning surilmaydigan prizmasi; 24-qora maydon kondensatori.
MIM-8 gorizantal metallografik mikroskopining ob'yektiv va okulyar komplektiga kiruvchi kattalashtirish xarakteristikasi 14.2-jadvalda keltirilgan.
14.2 jadval
MIM-8 mikroskopining ob’yektiv va okulyar kattalashtirishi
№
|
Ob’yektivlar
|
Kompensatsiya okulyarlari
|
5*
|
7*
|
10*
|
15*
|
20*
|
1.
|
F=15,7: A=0,30
|
-
|
-
|
150
|
225
|
300
|
2.
|
F=8,4: A=0,65
|
-
|
-
|
300
|
450
|
600
|
3.
|
F=4,3: A=0,95
|
-
|
420
|
600
|
900
|
-
|
4.
|
F=2,8: A=1,30
|
-
|
630
|
900
|
1350
|
-
|
5.
|
F=2,8: A=1,0
|
450
|
630
|
900
|
1350
|
-
|
Metallar ichki mikrostrukturasini yuqori kattalashtirishda (100 000 martagacha) o‘rganish elektron mikroskoplar yordamida olib boriladi.
Diqqat: Esda tutish kerakki, metallografik mikroskoplar - aniq, murrakab va qimmatbaho priborlardir. Shuning uchun quyidagilar taqiqlanadi: barcha mavjud vintlarni tezlik bilan burash yoki aylantirish, ob'yektiv va okulyar qismiga tegish, makro va mikrometrik vintlarni tezlik bilan burash va boshqa detallariga ham juda ehtiyotlik bilan yondashish kerak (har bir qiyinchilik haqida darrov professor-o‘qituvchilarga yoki laboratoriya mudiriga tezda xabar berish kerak). Mikroskopga bilib yoki bilmagan holda qo‘l tegqizish, joyidan qimirlatish qattiq silkitish, ayniqsa optik sxemalariga tegish qat'iyan man etiladi.
|
| |