|
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
|
bet | 115/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slaydO’z-o’zini tekshirish uchun savollar:
1. Metall va uning qotishmalarini qattiqligiga ta’rif bering.
2. Qattiqlikni o’lchash usullarini sanab chiqing. Ularning farqi nimada?
3. Qattiqlik Brinell va Rokvell usullarida qanday aniqlanadi?
4. Metal va uning qotishmalarini mexanikaviy xossalariga ko’ra markalarini va ishlatish joylarini qanday aniqlash mumkin?
14-AMALIY MASHG’ULOT
TURLI XIL METALLOGRAFIK MIKROSKOPLARNING UMUMIY TUZILISHINI VA ISHLASH PRINTSIPINI O‘RGANISH
1.1. Ishning maqsadi: Tinglovchlarga vertikal MIM-7 va gorizontal MIM-8 metallografik mikroskoplarning umumiy tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rgatish. Ularga mikroskoplarning bir-biridan farqini, okulyar va ob’yektivlarning kattalashtirish qobiliyatini, rasmga olish va boshqa ishlash qulayliklari bilan tanishtirish.
1.2. Ishning nazariy qismi: Ma’lumki mashinasozlik va metallurgiya sohasida oxirgi yillarda juda ko‘p samarali ishlar amalga oshirilyapdi. Shu jumladan, materialshunoslik yo‘nalishidagi ishlar ham rivojlanyapdi. Ilmiy-tadqiqot, nazariy va amaliy, sinov va bir qancha tajriba ishlari yirik mashinasozlik zavodlarida olib borilyapti. Bu tajribalar ichida eng asosiysi metall va qattiq qotishmalarning ichki struktura tuzilishini o‘rganishdir. Bu usulni o‘rganish uchun albatta yangi zamonaviy metallografik mikroskoplar kerak bo‘ladi. Shu metallografik mikroskoplardan biri vertikal MIM-7 metallografik mikroskopidir.
MIM-7 vertikal metallografik mikroskopi - asosan metall va qotishmalarning ichki struktura tuzilishini 60 dan 1440 martagacha kattalashtirib o‘rganish uchun ishlatiladi. Bunaqa kattalashtirishda detallar ichki strukturasini minimal razmeri 0,2 mk gacha o‘rganish imkonini beradi. Shunaqa tipli mikroskoplarda rasmga olishda ham shunday kattalashtirish beriladi. Bu mikroskopda metallar ichki struktura tuzilishi - qaytgan nurlar asosida o‘rganiladi. Mikroskopning umumiy ko‘rinishi 1.1-rasmda ko‘rsatilgan. Bu mikroskop to‘rtta asosiy qismdan iborat:
1 - asosli yo‘nalishga o‘rnatilgan yorug‘lik qismi;
2 - diafragma apertura uzeli va pribor korpusi surat kamerasi bilan;
3 - priborning tepa qismi illyuminator bilan, vizual tubusi va predmet stoliga beriladigan qo‘pol mexanizmi va ob’ektivga beriladigan mikrometr;
4 - predmet asosiy stoli.
|
| |