|
– Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
|
bet | 4/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo’nalishining umumiy tasnifi
60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning o’quv reja va fan dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg’ulotlarini to’liq o’zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o’tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot to’g’risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi.
O’quv reja va fan dasturining me’yoriy muddati va mos malaka(daraja)si 2.1-jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval
O’quv reja va fan dasturining muddati va bitiruvchilarning malaka(daraja)si
O’quv reja va fan dasturining nomi
|
Malaka
(daraja)
|
O’quv reja va fan dasturini o’zlashtirishning me’yoriy muddati
|
Bakalavriatning o’quv reja va fan dasturi
|
Bakalavr
|
4 yil
|
1.1. Qo’llanish sohasi
1.1.1. Oliy ta’limning ushbu malaka talabi 60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi ta’lim yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlash o’quv reja va fan dasturlarining o’zlashtirilishini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
1.1.2. Oliy ta’lim muassasasi mazkur bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo’lganda malaka talab asosida o’quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.
1.1.3. Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari:
mazkur ta’lim yo’nalishi bo’yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o’quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari;
ta’lim yo’nalishining o’quv reja va fan dasturlarini o’zlashtirish bo’yicha o’quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari;
o’z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o’quv bo’limi boshlig’i, dekanlar va kafedra mudirlari);
bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya va imtihon komissiyalari;
oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
ta’lim yo’nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo’lgan abiturientlar va boshqa manfaatdorlar.
|
| |