|
– Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
|
bet | 5/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd1.2. 60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining tasnifi
1.2.1. 60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi – fan va texnika sohasidagi ta’lim yo’nalishi bo’lib, mavjud va yangi materiallar yaratish, qo’llash hamda ularni olish texnologiyasi va fizik-kimyoviy xossalarini o’zgartirishga yo’naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
1.2.2. 60720600 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
– ishlab chiqarishda: zamonaviy konstruktsion va funktsional turdagi noorganik (metall asosli va nometall asosli) hamda organik (polimer asosli va uglerod asosli) materiallar; kompozitsion va gibrid bo’lgan materiallar; qattiq va juda qattiq materiallar; intellektli va nanomateriallar, plenka va qoplama materiallar; materiallardan olingan detallarni, yarim mahsulotlarni, xom ashyolarni, buyum va plenka, qoplamalarni sinash uskunalari va uslubiyatlar, analitik tekshirish qurilmalari, materiallarni sinov natijalarini xulosalovchi, bashoratlovchi, modellovchi va ekspluatatsion xossalarini aniqlovchi kompьyutr dasturlash ta’minot dasturlari; materiallarni hamda materiallardan olingan detallarni, xom ashyolarlarni, buyumlarni va plenka, qoplamalarni ishlab chiqarish texnologiyasi va texnologik jarayonlari; materiallarni ishlab chiqarishdagi texnologik jihozlar, qurilmalar, moslamalar hamda texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari; materiallarning normativ va texnik hujjatlari, material va buyumlarni sertifikatlash va sertifikatlash jarayonlari, texnika va texnologik jarayonlarni sertifikatlash texnik xavfsizlik va inson xavfsizligini taьminlash va ularninig hujjatlarini yuritilishi.
|
| |