|
2-rasm. Oddiy matematik ifodalarni hisoblashBog'liq mathcad-dasturi-interfeysi-matematik-ifodalarni-qurish-va-hisoblash-sonlarni-formatlash44
2-rasm. Oddiy matematik ifodalarni hisoblash.
Mathcad 200 dan ortiq o’zida qurilgan funksiyalariga ega bo’lib, ularni
matematik ifodalarda ishlatish uchun standart panel vositasidagi Insert Function
(Funksiyani qo’yish) tugmasiga bog’langan muloqot oynasidan foydalaniladi.
Mathcad hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Insert→Text Region
(Qo’yish→Matn maydoni) buyrug’ini berish yoki yaхshisi klaviaturadan ikkitali
kavichka (“) belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma’lumotini kiritish uchun ekranda
matn kiritish maydoni paydo bo’ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani
yozish uchun matematik maydonni ham qo’yish mumkin. Buning uchun shu matn
maydonida turib Insert→Math Region (Qo’yish→Matematik maydoni) buyrug’ini
berish kifoya. Bu maydondagi kiritilgan matematik ifodalar ham oddiy kiritilgan
matematik maydon kabi hisoblashni bajaradi.
Mathcadda foydalanuvchi funksiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va
uning effektivligini oshiradi. Funksiya chap tomonda ko’rsatilib, undan keyin
yuborish operatori (:=) va hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan
o’zgaruvchi kattaliklari funksiya parametri qilib funksiya nomidan keyin qavs ichida
yoziladi (3-rasm).
Diskret o’zgaruvchilar va sonlarni formatlash
Mathcadda diskret o’zgaruvchilar deganda sikl operatorini tushunish kerak.
Bunday o’zgaruvchilar ma’lum qadam bilan o’suvchi yoki kamayuvchi sonlarni
ketma-ket qabul qiladi. Masalan:
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-6-41-47
E-mail: carjisor@gmail.com
|
| |