Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-6-41-47
E-mail: carjisor@gmail.com
42
KIRISH
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish
uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu
tizimlar ichida Mathcad oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik
hisoblashlar tizimidir.
Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli
usullarini qo’llashning unikal kolleksiyasidir. U o’z ichiga yillar ichidagi
matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan
tajribalar, qoidalar va matematik
hisoblash usullarini olgan.
Mathcad paketi muхandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita
bo’lib, u professional matematiklar uchun mo’ljallangan.
Uning yordamida
o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni yechish,
funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil
qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni
yechish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o’хshash.
Mathcad ishga tushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel
vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika).
Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom
bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar
paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to’plamini o’z ichiga oladi.
Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha
bir necha
buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z ichiga
olgan bo’lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga
joylashtirish uchun qo’llaniladi. Quyidagi rasmda
Mathcadning oynasi va uning
matematik panel vositalari ko’rsatilgan (1-rasm):
Colculator (Kolkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar
shabloni; Graph
(Grafik) – grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini
bajarish shabloni; Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va
natijalarni chiqarish operatori; Colculus (Hisoblash) –
differensiallash, integrallash,
summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar;
Programming (Dasturlashirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish
opreatorlari; Greek (Grek harflari) - Symbolik belgililar
ustida ishlash uchun