|
MathLab amaliy dasturi va uning imkoniyatlari, MathLab dasturini umumiy ko‘rinishi
|
Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 324,81 Kb. | | #160552 |
Bog'liq MathLab amaliy dasturi va uning imkoniyatlari
MathLab amaliy dasturi va uning imkoniyatlari, MathLab dasturini umumiy ko‘rinishi.
1.1. MatLab dasturining interfeysi
MATLAB dasturining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal- interfaol rejimda ishlaydi va unda mexanika, matematika, fizika, muxandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil energetik, mexanik va dinamik sistemalarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish imkoniyatlari mavjud. Bir tomondan, MATLAB dasturidan dasturlash tili sifatida foydalanib, mavjud (yoki foydalanuvchi o’zi tuzgan) funksiyalar, hisoblash algoritmlari asosida turli xil energetik, mexanik va dinamik sistemalar ustida har xil hisob- kitoblar ishlari va ularning tavsiflarini o’ta tez va yuqori aniqlikda olish mumkin bo’lsa, ikkinchi tomondan, virtual laboratoriya sifatida yuqoridagi tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari, MATLAB dasturiy dasturi bilan Microsoft Office, Maple sistemasi va boshqa bir qancha dasturlarga bevosita bog’lash orqali shu dasturlarda ishchi varag’ida MATLABda mavjud buyruqlardan “jonli” ravishda foydalanish mimkin. Masalan Microsoft Office Excelda MATLAB buyruqlaridan foydalanish undagi ishlarni sifatini va tezligini oshirsa, Microsoft Office Wordda(Word+Notebook) esa “jonli” elektron darsliklar, qo’llanmalar, prezentatsiyalar va turli ko’rinishdagi “jonli” elektron hujjatlar yaratish imkoniyatlari mavjud.
MATLAB dasturining interfeysi
MATLAB dasturining asosiy oynasi quyidagicha ko’rinishda bo’lib, quyidagi bo’limlardan iborat:
Sarlavha satri 5. Komandalar ishchi varag`i
Asosiy menyular satri 6. Oxirgi yozilgan komandalar ro`yxati
Uskunalar paneli 7. Holat satri
Ishchi soha
MATLAB dasturining asosiy oynasi Asosiy mеnyular satri quyidagi mеnyulardan iborat.
Menyu buyruqlari:
Fayllar bilan ishlaydigan standart buyruqlarni o’z ichiga olgan File menyusining 1bandi New buyrug’i bo’lib, unda M-file, Figure, Model, GUI bandlari mavjud.
New+M-file –yangi M-file yaratish
New+Figure –yangi figura(grafik oyna) yaratish
New+Model – yangi model yaratish
New+GUI – yangi FGI( Foydalanuvchining Grafikli Interfeysi)ni yaratish
…
Izoh: Qolgan menyu va menyu bandlaridagi buyruqlarini mustaqil o’rganish, Windows sistemasida ishlay oladigan foydalanuvchilar ixtiyoriga havola qilamiz.
MATLAB ning ishchi varag’i tom ma’noda uch qismga bo’linadi:
Buyruqlarni kiritish maydoni – buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq satri >> simvoli (bu simvol avtomatik tarzda buyruqlar satrining boshida bo’ladi va uni yozish shart emas) bilan boshlanadi;
Natijani chiqarish maydoni – kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so’ng hosil bo’lgan ma'lumotlar (analitik ifodalar, natijalar va xabarlar) ni o’z ichiga oladi;
Matnli izohlar maydoni - ro’y bеrgan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga izohlar, turli xaraktеrdagi xabarlar.
Buyruqlar Enter tugmasini bosish (bir marta) orqali amalga oshiriladi.
|
| |