|
Matnli masalalarni yechish usullari
|
bet | 3/3 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 54,5 Kb. | | #147949 |
Bog'liq Matnli masalalarni yechish usullari (1) (Автосохраненный)Geometrik usul. Masalani geometrik usulda yechishda masala yechimini geometrik yasashlardan yoki geometrik figuralarning xossalaridan foydalanib yechish tushiniladi. Mantiqiy usul. Masalani mantiqiy usulda yechishda masala yechimini hisoblashlarni bajarmay mantiqiy mulohazalar yordamida yechish tushiniladi.
Amaliy usul. ob'ektlar yoki ularning nusxalari (modellar, maketlar) bilan amaliy harakatlarni bajarish orqali masala talablariga javob topishni anglatadi.
Jadval usuli.masalani tegishli tartibda jadvalga kiritish orqali butun masalaning yechimini ko'rishga imkon beradi.
Kombinatsiyalashgan usul.Masala yechimini sodda tarzda javob olishga imkon beradi. Sinov va xatolar usuli (eng sodda), unda muammoning savoliga taxmin asosida javob topiladi. [3.B.7]
Ko’rinib turibdiki, ushbu usullarda,masala turiga qarab masalalarga yondshish mumkin. Masaladagi har bir jumlani sintez qilish, o’quvchida mantiqiy, taxliliy ko’nikmalarni hosil qiladi.
Matematikada analiz deyilganda asosan isbotlanayotgan da'vodan rostligi ilgari isbotlangan yoki isbotsiz qabul qilingan da'volarga olib keladigan fikrlashni tushuniladi. Analiz isbotning tuzilishiga emas, balki faqat uning g'oyasiga olib keladi.Sintez, bu topilgan isbotlash g'oyasi asosida rost da'volar shartida berilgan ma'lumotlardan qanday qilib isbotlanayotgan da'vo hosil bo'lishini ko'rsatuvchi fikrlashdir. [4.B.77]
Adabiyotlar ro’xati:
1. O‘zbekiston Republikasi Prezidenti "Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorliginitubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori. Toshkent shahri,2019 yil 30 sentyabr
2.O’zbekiston respublikasining ‘‘Ta’lim to’g’risidagi’’ qonuni. Toshkent sh.,2020-yil 23-sentabr,O’RQ-637-son.
3. Merajova Sh.B. Merajov N.I. Xoliqova M.Q. MATNLI MASALALARNI YECHISH. ‘‘Durdona nashiryoti’’ Buxoro-2022.
4. M. E. Jumayev. ‘‘MATEMATIKA O'QITISH METODIKASIDAN PRAKTIKUM’’.TOSHKENT "O'QITUVCHI" 2004
|
| |