• Talab omillari (bozorda oxshash tovarlar mavjudligi va ularga bolgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yonaltirilgan narx)
  • Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan oxshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bolgan narxni bilish.
  • Narxlarning to'rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo'jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir




    Download 23.67 Kb.
    bet2/4
    Sana02.10.2022
    Hajmi23.67 Kb.
    #26660
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Doc11
    2222, 2 5384348246975978259 7777, yakuniy nazorat, Taqdimot, 2-kurs ish rejalari, 2 sinflar uchuntasviriy sanat fanidan (2), A.Nasibaning san\'at tarixidan slaydi, ASQAR SAN\'AT TARIXI, 2v, 6, 4, TEKISLASH SHAKL BERISH VA SHIBBALASH ISHLARI, 4 Суд ҳокимиятининг мустақиллигини мустаҳкамлаш масалалари, Akkumulator
    Narxlarning to'rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo'jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
    Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari Narx bilan iste'molchilar o'rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste'molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko'proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to'g'ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko'proq tovar aylanmasi hajmini ta'minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo'ljallangan - bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo'yna va boshqalar.
    Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo'lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog'liq bo'lgan to'rt bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya.
    Asosan narxni o'zgartirish yo'li bilan talabga ta'sir ko'rsatish raqobatning narx bilan bog'liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog'liq bo'lmagan raqobat usullarida firmalar o'z mahsulotining o'ziga xos xislatlariga zo'r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e'tibor beradi. Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:

    1. Talab omillari (bozorda o'xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo'lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo'naltirilgan narx)

    2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).

    3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o'xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo'lgan narxni bilish.

    Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
    narxlashtirish masalasi qo'yiladi, talabi aniqlanadi, xarajatlari baholanadi, raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi, narxni shakllantirish uslubi tanlanadi, oxirgi natijaviy narx o'rnatiladi.
    «O'rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo'yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo'yishdan iborat bo'lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada iste'molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo'yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
    «Ko'zlangan foyda normasi» olishni ta'minlaydigan narx belgilash usulini qo'llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul o'rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
    Narxni chegaraviy xarajatlar bo'yicha belgilash usulini qo'llash bilan firma mahsulotning qo'shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to'xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
    Savdoda do'konlarga xaridorlarning kelishini ko'paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to'liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar. Xaridorlar ko'payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo'shimcha ravishda narxi me'yorda bo'lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.

    Download 23.67 Kb.
    1   2   3   4




    Download 23.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Narxlarning to'rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo'jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir

    Download 23.67 Kb.