• Seanslar sathi (Sesions layer)
  • Amaliy sath (Application layer)
  • Transport sathi (Transport layer) –




    Download 35,09 Kb.
    bet5/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi35,09 Kb.
    #245933
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Hamdamov Zohid

    Transport sathi (Transport layer) – bu sath ilovalarga yoki stekning yuqori sathlariga ma’lumotlarni kerakli darajada ishonchlilik bilan uzatishni ta’minlab beradi. Transport sathi tomonidan xizmat ko‘rsatishning besh xil sinfi mavjud:
    1.Tezkorlik.
    2.Uzilgan aloqani tiklash imkoniyati.
    3.Bir-nechta har-xil amaliy protokollarni umumiy transport protokoli orqali bog‘lab, ularni ishlashini ta’minlab berish vositalari. Bu xuddi temir yo‘l transportida har-xil yuklar ortilgan vagonlprni bir poyezdga birlashtirib manzilga yetkazib berishga o‘xshaydi.
    4.Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.
    5.Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xolatlar – ma’lumotlarni yo‘l davomida o‘chib ketishi, yo‘qolib qolishi va bir xil paketlarni bir necha marta uzatilishi kabi xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.
    Transport sathi va undan yuqorida joylashgan sathlar protokollari kompyuterlarning (stansiyalar, serverlar va uzellarning) programma vositalari, ya’ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi programmalar tomonidan amalga oshiriladi. Trasport satxi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining TCP va UDP, hamda Novell stekining SPX protokolini keltirish mumkin.
    Seanslar sathi (Sesions layer) – bu sath dialogni boshqarishni ta’minlaydi, tomonlardan qaysi biri hozirda faol ekanligini aniqlab borish vazifasini bajaradi va ishlash jarayonini bir-biriga moslashtirish vositalarini (sinxronlash) vositalarini taqdim etadi.
    Taqdimlash sathi (Presentation layer) – tarmoq orqali uzatilayotgan aborotni mazmunini saqlagan holda, shaklini o‘zgartirish vazifasini bajaradi. Bu sathda ma’lumotlarni almashinish davomida maxfiylikni ta’minlash uchun shifrlash va deshifrlash amalga oshiriladi. Bunday protokolga misol qilib Amaliy sath protokollari uchun maxfiylikni ta’minlab beradigan TCP/IP stekining SSL (Secure Socket Layer) protokolini keltirish mumkin.
    Amaliy sath (Application layer) – bu shunday protokollar to‘plamiki, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilvrini tarmoq resurslariga murojaat qilish imkoniyatlari ta’minlanadi, bular – fayllar, printerlar yoki gipermatnli Web-sahifilar, hamda elektron pochta xizmati. Bu sathda juda ko‘p xildagi xizmat ko‘rsatish turlari mavjud. Fayl xizmatining amalga oshirilgan keng tarqalgan xillari quyidagilardir: Novell NetWare operatsion tizimining NCP xizmati, Microsoft Windows NT dagi SMB xizmati va TCP/IP stekiga kiruvchi NFS, FTP va TFTP xizmatlar.
    Xulosa
    Xulosa qilib shuni aytish kerakki Protokol amallar to‘plami bo‘lib, aloqa olib borish tartibini boshqaradi. Tabiyki, axborot almashinuvida qatnashayotgan xamma kompyuterlar bir xil protokol bilan ishlashi kerak, chunki axborot uzatib bo‘lgandan so‘ng xamma qabul qilib olingan axborotlarni avvalgi ko‘rinishga yana qaytarish kerak.Seansli sath bu dialogni boshqarishni ta’minlaydi, tomonlardan qaysi biri hozirda faol ekanligini aniqlab borish vazifasini bajaradi .Men bu mustaqil ishimda tarmoq va seans sathlari haqida oz bo’lsayam ozgincga ma’limot oldim.Mustaqil ish yozish menga qiyinchilik tug’dirmadi.

    Adabiyotlar.


    1. Olifer V.G., Olifer N.A. Kompyuternыe seti. Prinsipы, texnologii, protokolы. Uchebnik. –3-e izdaniye. SPb. Piter. 2006g.
    2. Broydo V.L. Vыchislitelnыe sistemы, seti i telekommunikatsii. SPb.: Piter. 2003.
    3. Broydo V.L. Arxitektura EVM i vыchislitelnыx sistem. Uchebnik. 2.e izdaniye. M.: Forum. 2008.
    4. Vatamanyuk A. Sozdaniye, obslujivaniye i administrirovaniye setey. SPb.: Piter. 2010. 
    1. www.intuit.ru
    2.www.kgtu.runnet.ru/wd/tutor/net/net0/html
    3. www.piter.com
    4. http://tuitfiles


    Download 35,09 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 35,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transport sathi (Transport layer) –

    Download 35,09 Kb.