• Tarmoq sathi (Network layer)
  • Mavzu: : Kаnаl sаthi protokollаri: mac vа llc, AppleTalk Address Resolution Protocol




    Download 35,09 Kb.
    bet4/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi35,09 Kb.
    #245933
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Hamdamov Zohid

    Kanal sathi (Data Link layer) – bu sathda uzatish muhitiga ulanish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirish, hamda uzatilayotgan ma’lumotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularni to‘g‘irlash mexanizmini amalga oshirish kabi vazifalar bajariladi.
    Buning uchun kanal sathida bitlar ketma-ketligi kadrlar (frames) deb ataladigan to‘plamlarga guruhlanadi, Kanal sathi har bir kadrni to‘g‘ri uzatilishini ta’minlab beradi. Buning uchun hamda kadrni kadrdan ajratib turish uchun kanal sathi har bir kadrni boshlanishidan avval va ohirida maxsus bitlar ketma-ketligini joylashtiradi. Har bir kadrning baytlari ma’lum bir yo‘l Bilan ishlanib nazorat qilish summasi hisoblanadi va u ham kadr tarkibiga qo‘shilgan bo‘ladi. Kadr tarmoq orqali o‘z manziliga yetib kelganida, uni qabul qilib olgan stansiya ham nazorat qilish summasini qayta hisoblaydi va kadrda birga yuborilgan nazorat qilish summasi bilan solishtiriladi. Agar ular bir xil bo‘lsa kadr to‘g‘ri yetib kelgan hisoblanadi va qabul qilinadi.
    Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan kompyuterlar, ko‘priklar kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi protokollariga misol qilib - Ethernet, Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’minlash vazifalari kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari vazifalariga ham kiradi.
    Tarmoq sathi (Network layer) – bir nechta tarmoqlarni birlashtiruvchi yagona transport sistemasini hosil qilish uchun hizmat qiladi. Bu tarmoqlar har ko‘rinishdagi topologiyalarga ega bo‘lishlari va kompyuterlar o‘rtasida xabarlar uzatishning har-xil tamoillaridan foydalanib ishlashlari mumkin. Tarmoqlarni o‘zaro birlashtirish uchun marshrutizatorlar ishlatiladi. Tarmoqlar ichida, ya’ni tarmoq osti tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish o‘sha tormoqning kanal sathi yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ma’lumotlarni uzatish esa – tarmoq sathi ta’minlaydi. Bu ma’lumotlar uzatish marshrutlarini to‘g‘ri tanlash vazifasini bajarish Bilan amalga oshiriladi. 
    Tarmoq sathi har-xil texnologiyali tarmoqlarni bir-biri bilan kelishib ishlashini ta’minlaydi. Tarmoq sathi xabarlari paketlar deb ataladi. Tarmoq sathiga tegishli ikki xil protokol mavjud:
    1.Tarmoq protokollari (routed protocols) – paketlarni tarmoq orqali harakatlanishini ta’minlab beradigan protokollar.
    2.Marshrutlash protokollari (routing protocols) – bu protokollar yordamida marshrutizatorlar tarmoqlar aro bog‘lanishlar haqida axborot yig‘ishni amalga oshiradilar.
    Tarmoq sathi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining IP-tarmoqlararo birgalikda ishlash protokolini va Novell stekining IPX-tarmoqlararo peketlar almashinish protokolini keltirish mumkin.

    Download 35,09 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 35,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: : Kаnаl sаthi protokollаri: mac vа llc, AppleTalk Address Resolution Protocol

    Download 35,09 Kb.