• OSI modelining sathlari. Fizik sath (Physical layer)
  • Mavzu: : Kаnаl sаthi protokollаri: mac vа llc, AppleTalk Address Resolution Protocol




    Download 35,09 Kb.
    bet3/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi35,09 Kb.
    #245933
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Hamdamov Zohid

    Kanal daraja
    Transport daraja
    Seans daraja
    Seans daraja
    Taqdim etish daraja
    Foydalanuvchi, ya’ni biror-bir kompyuter so‘rov bilan murojaat qilganda, amaliy (ettinchi) sathning programma ta’minoti standart shakldagi (formatdagi) xabarni (message) hosil qiladi. Odatda bu xabar – sarlavha, ma’lumotlar qismi va tugatuvchi qismlardan iborat bo‘ladi. Xabar sarlavxasi, xabar yuborilgan mashinaning amaliy sathiga, uzatilayotgan ma’lumotlar ustida nima vazifani bajarish kerakligi haqida axborotdan iborat bo‘ladi. 
    Tarmoq orqali yuborilgan xabar, kompyuterning fizik sathi tomonidan qabul qilib olinadi va ketma-ket ravishda sathma-sath yuqoriga, birinchi sathdan yettinchi sathga uzatiladi. Xaar bir sath o‘ziga tegishli bo‘lgan sarlavhani taxlil qiladi va ishlab chiqadi, so‘ngra esa bu sarlavhani olib tashlab, xabarning qolgan qismini yuqorida turgan sathga uzatadi.
    Axborot almashinish jarayonida ma’lumotlar birligini ifodalash uchun xabar termini bilan birga boshqa iboralar ham qo‘llaniladi. ISO standartlarida har-xil sathlar protokollari uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar birligini ifodalash uchun protokolga tegishli ma’lumotlar bloki - Protocol Data Unit (PDU) degan umumiy nom qo‘llaniladi. Ma’lum bir sathga tegishli ma’lumotlar blokini ifodalash uchun ko‘pincha maxsus nomlar qo‘llaniladi, bular quyidagilardir: kadr (frame), paket (packet), deytagramma (datagram) va segment (segment).
    OSI modelida ikki xil tipdagi protokollar bor:
    1. Avval aloqa chizig‘ini hosil qilib ishlaydigan protokollar. Telefon orqali aloqa qilib gaplashishga o‘xshab ishlaydigan protokollar..
    2. Aloqa chizig‘ini avvaldan hosil qilmay turib ishlaydigan protokollar yoki deytagrammali protokollar. Bu esa pochta orqali xabar yuborishga o‘xshab ishlaydigan protokollar.
    · OSI modelining sathlari.
    Fizik sath (Physical layer) – bu sathda fizik aloqa kanallari orqali bitlarni uzatish amalga oshiriladi. Fizik aloqa kanallaridan biri bo‘lib – koaksial kabel, o‘ralma juftlik kabeli, optik tolali kabel yoki raqamli territorial kanal kabi axborot uzatish muhitlaridan biri xizmat qilishi mumkin. Bu sathda axborot uzatish muhitining va diskret axborotni uzatuvchi elektr signallarining ko‘rsatgichlari aniqlab olinadi. Masalan axborot uzatayotgan signalning kuchlanishi yoki tok sathi, impulslarning frontlarini qiyalik darajalariuzatilayotgan axborotning kodlash tipi va signallarni uzatish tezligi kabi ko‘rsatgichlar. 
    Fizik sathning funksiyalari (vazifalari) tarmoqqa ulangan hamma qurilmalarda amalga oshiriladi. Kompyuterlarda esa bu sath vazifalari tarmoq adapteri yoki ketma-ket port tomonidan amalga oshiriladi. Shu sathda ulagichlarning xillari va ulardagi ulanish nuqtalarining (kontaktlarning) qaysi biri nima uchun ishlatilishi kelishib olinadi.
    Misol tariqasida fizik sath protokoli sifatida Ethernet texnologiyasining 10Base-T standartini keltiramiz. Bu standartda 100 Om to‘lqin qarshilikka ega bo‘lgan 3 kategoriyali ekranlanmagan o‘ralma juftlik kabeli, RG-45 uzgich-ulagichi ishlatiladi, fizik segmentning maksimal uzunligi 100 m, kabelda ma’lumotlarni ifodalash uchun manchester kodi ishlatiladi, hamda elektr signallarning va muhitning ba’zi bir boshqa ko‘rsatgichlari keltiriladi.

    Download 35,09 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 35,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: : Kаnаl sаthi protokollаri: mac vа llc, AppleTalk Address Resolution Protocol

    Download 35,09 Kb.