• 1. Oila va jamiyat. 2. Oila davlat himoyasida. 3. Nikohdan o‘tish shartlari. 4. Bola huquqlari. 1. OILA VA JAMIYAT
  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 63-moddadan . Oilaviy munosabatlar sohasidagi konstitutsiyaviy prinsiplar jumlasiga quyidagilar kiradi
  • Mavzu : Oila jamiyatning buguni va kelajagi negizidir. Darsning maqsadi




    Download 1.93 Mb.
    bet2/4
    Sana30.03.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #47702
    1   2   3   4
    Bog'liq
    @LIDER PEDAGOG huquq 9-sinf ochiq dars
    Multimedia injiniringi
    Mavzu ustida ishlash natijasida:
    – oilaning jamiyat va jamiyatning oilaga nisbatan asosiy huquqlari va
    majburiyatlari haqida;
    – nikoh shartlari haqida;
    – er-xotinlarning huquq va majburiyatlari haqida;
    – farzandlarning huquqlari haqida bilib olasiz.
    1. Oila va jamiyat.
    2. Oila davlat himoyasida.
    3. Nikohdan o‘tish shartlari.
    4. Bola huquqlari.
    1. OILA VA JAMIYAT
    Jamiyatda oilaning roli shunchalik ahamiyatliki, u adolatli tarzda har
    qanday jami yatning negizi sifatida ko‘rib chiqiladi. Chunki oila ijtimoiy
    hayotning alohida sohasini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, unda kelajakda
    jamiyatda yashashi va davlatning fuqarosiga aylanishi kerak bo‘lgan shaxsning
    dunyoga kelishi, oyoqqa turishi va shakllanishi jarayonlari kechadi.
    Jamiyatning ahvoli ham, o‘z navbatida, inson oilada qanday tarbiya
    olganligiga, bu dargohdan qanday ma’naviy e’tiqodni qalbiga singdira
    bilganligiga, shaxs oilada kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar qanchalik
    maqbul ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan oilani muhofaza qilishga
    istalgan jamiyatda, har qanday davlatda alohida e’tibor beriladi.
    Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida
    bo‘lish huquqiga ega.
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 63-moddadan.
    Oilaviy munosabatlar sohasidagi konstitutsiyaviy prinsiplar jumlasiga
    quyidagilar kiradi:
    – ayollar va erkaklar huquqlarining tengligi;
    – nikoh erkinligi, turmush o‘rtog‘ini tanlash erkinligi;
    – nikohlangan shaxslarning teng huquqligi;
    – ota-onalarining kelib chiqishi va fuqarolik mavqeyidan qat’i nazar
    qonun oldida farzandlar huquqlarining tengligi;
    – yetim bolalar va ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalar parvarishi,
    tarbiyala nishi va ta’lim olishining kafolatlanganligi;
    – onalik va bolalik muhofazasi.
    Davlatimizda oila, onalik va bolalikning konstitutsiyaviy muhofazasi
    inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlarga mos keladi.
    Qonunlar bilan ona va bola manfaatlarining muhofazasi ta’minlanadi.

    Download 1.93 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu : Oila jamiyatning buguni va kelajagi negizidir. Darsning maqsadi

    Download 1.93 Mb.