• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 64-modda . 2. OILA DAVLAT MUHOFAZASIDA
  • Sog‘lom avlod uchun”
  • 3. NIKOH TUZISH SHARTLARI
  • Konstitutsiyaga muvofi q davlat quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga




    Download 1.93 Mb.
    bet3/4
    Sana30.03.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #47702
    1   2   3   4
    Bog'liq
    @LIDER PEDAGOG huquq 9-sinf ochiq dars
    Multimedia injiniringi
    Konstitutsiyaga muvofi q davlat quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga
    oladi:
    – oilani muhofaza qilish;
    – yetim bolalar va ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalar parvarishi,
    tarbiyala nishi va ta’lim olishini ta’minlash;
    – yetim bolalar va ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan
    xayriya faoliyatini rag‘batlantirish.
    Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga
    majburdirlar.
    Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum
    bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga
    bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi.
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 64-modda.
    2. OILA DAVLAT MUHOFAZASIDA
    Oila muhofazasi davlatda turli qonunlarni qabul qilish, shuningdek,
    jamo at jamg‘armalari va tashkilotlari tomonidan ma’naviy va moddiy
    qo‘llab-quvvatlash tariqasida amalga oshiriladi. Binobarin, mustaqillik yillarida
    respublikada “Bolalar jamg‘armasi”, “Mahalla”, “Ekosan”, milliy
    “Qizil Yarim oy jamiyati” singari ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga,
    bolalarga, yolg‘iz qariyalarga va hokazolarga imkoni boricha madad
    berayotgan jamoat jamg‘armalari tashkil qilindi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan 1993-yil
    7-mayda mamlakatda birinchi orden – “Sog‘lom avlod uchun” ordeni
    ta’sis etildi.

    Onalik va bolalikni muhofaza qilishda, sog‘lom avlod kamol topishi
    uchun moddiy shart-sharoitlar va ma’naviy muhitni ta’minlashda alohida
    xizmatlar ko‘rsatgan shaxslar “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlanadilar.
    3. NIKOH TUZISH SHARTLARI
    Nikoh tuzish uchun kuyov va kelinning ixtiyoriy roziligi zarur, shuningdek,
    ular muayyan yoshga to‘lgan bo‘lishi shart (qizlar – 17 yoshdan,
    yigit lar – 18 yoshdan).
    Ixtiyoriy rozilik nikoh tuzish masalasi hal etilayotganda uchinchi shaxslarning
    taz yiqi bo‘lmasligi kerakligini anglatadi. Uchinchi shaxslar, shu
    jumladan, ota-onalar tomonidan nikohlanishga to‘sqinlik jinoiy jazolanadigan
    harakatga aylanishi mumkin. Qarindosh-urug‘lar maslahatlar berishlari,
    nikoh to‘yiga tayyorlanishga yordam ko‘rsatishlari, moddiy va ma’naviy
    jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari mumkin.
    Sizningcha, nikoh tuzish yoshi nega qizlar uchun 17 yoshdan, yigitlar uchun esa
    18 yoshdan belgilangan? O‘z javobingizni asoslab bering.
    Muqaddam qayd etilgan nikoh, nikoh tuzish taqiqlanishi shartlaridan
    biri hisoblanadi. Qonunga muvofi q sog‘lom va ruhiy kasal yoki aqlan zaif
    kishi o‘rtasidagi hamda qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlar haqiqiy
    emas deb hisoblanadi.
    Er-xotinlar, shuningdek, o‘zlarining voyaga yetmagan bolalari tarbiyasi
    uchun, ular ning ishlari va qilmishlari uchun javobgar bo‘ladilar.
    O‘z navbatida farzandlar ham o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishlari,
    ularga yordam berishlari, qo‘llab-quvvatlashlari lozim. Balog‘at yoshiga
    qadar bu majburiyat ma’naviy tavsifda bo‘lib, ular 18 yoshga to‘lganlaridan
    keyin esa yuridik kuch kasb etadi.
    Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida
    g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.

    Download 1.93 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Konstitutsiyaga muvofi q davlat quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga

    Download 1.93 Mb.