• INTERNET. Tarmoq komponentalari 1. Qurilma
  • 3. Xizmat – Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo’ng’iroq, ma’lumot uzatish va h.k). Tarmoqlarning turlari LAN (Lokal tarmoqlar)
  • LAN tarmog’ining kamchiliklari
  • WAN (Mintaqaviy tarmoqlar) WAN tarmog’ining afzalliklari
  • MAN (Shahar tarmog’i) MAN tarmog’ining afzalliklari
  • MAN tarmog’ining kamchiliklari
  • CAN tarmog’i quyidagi xususiyatlarga ega
  • Mavzu: № Tarmoq turlari Kompyuter tarmog’i




    Download 3,27 Mb.
    Sana18.02.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #158531
    Bog'liq
    8 - Tarmoq turlari


    Mavzu: №-8. Tarmoq turlari
    Kompyuter tarmog’i – foydalanuvchilarni aloqa kanallari va kommutatsiya vositalarini qo’llagan holda o’zaro ma’lumot almashishlari, tarmoqdagi texnik, dasturiy, axborot resurslaridan foydalanishlari uchun yagona tizimga ulangan kompyuterlar to’plamidir.
    U foydalanuvchilarga turli resurslar, kompyuter, mobil telefon, printer, skaner va hokazolar orasida ulanish va axborotni taqsimlash imkonini beradi.
    Ko’plab sohalarda, elektrik injiniring, telekommunikatsiya, computer science, axborot texnologiyalarida kompyuter tarmoqlari konsepsiyasidan foydalaniladi.
    Keng tarqalgan kompyuter tarmog’i bu – INTERNET.
    Tarmoq komponentalari
    1. Qurilma:
    a) Oxirgi qurilmalar (kompyuter, telefon, printer, faks va h.k);

    b) Oraliq qurilmalari
    (router, switch, hub va h.k);

    2. Vosita (ulanish usuli):
    a) mis (med) kabel:
    1) simmetrik – parali kabellar;
    2) koaksial;

    b) Optik kabel:
    1) bir modali – magistralda ishlatiladi;
    2) ko’p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi;

    c) Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);

    3. Xizmat – Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo’ng’iroq, ma’lumot uzatish va h.k).

    Tarmoqlarning turlari


    LAN (Lokal tarmoqlar)
    LAN tarmog’ining afzalliklari:

    • uydagi yoki ofisdagi foydalanuvchilar orasida printerlarni birgalikdagi foydalanish imkoniyatini beradi;

    • LAN tarmog‘i foydalanuvchiga о‘zidagi ixtiyoriy tarmoqda ishlash uchun imkoniyatni taqdim etadi;

    • barcha ma’lumotlarni tarmoqdagi yagona katalogda saqlash va undan foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalanish imkonini yaratish.

    LAN tarmog’ining kamchiliklari:

    • fayllarni taqsimlangan holda foydalanish imkoniyatini taqdim etgani bois, u foydalanishni nazoratlash uchun alohida xavfsizlik choralarini kо‘rishni talab etadi;

    • fayl serverdagi kichik nosozlik, server mashinasiga ulangan barcha foydalanuvchilar ishiga salbiy ta’sir qiladi.


    WAN (Mintaqaviy tarmoqlar)
    WAN tarmog’ining afzalliklari:

    • WAN tarmog‘i bir – biridan geografik tomondan alohida bo‘lgan tomonlarni kam xarajat va osonlik bilan ulash imkoniyatini beradi.

    WAN tarmog’ining kamchiliklari:

    • tuzilish jaxatidan juda ham murakkab;

    • past о‘tkazish qobilyatiga ega va ulanishni uzilish xavfi yuqori.


    MAN (Shahar tarmog’i)
    MAN tarmog’ining afzalliklari:

    • MAN tarmog‘ida kompyuterlarni bog‘lash kanallari yuqori о‘tkazuvchanlik qobilyatiga egaligi sababli, ma’lumotlarni oson taqsimlash imkoniyatini beradi.

    • Kо‘plab foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni taqsimlashda teng tezkorlik taqdim etadi.

    MAN tarmog’ining kamchiliklari:

    • Birinchi marta foydalanishdan oldin ma’lumot о‘rnatilish va sozlanishlarni talab etadi.

    • LAN tarmog‘iga qaraganda yuqori narxga ega.


    PAN (Shaxsiy tarmoq)
    Mazkur tarmoq о‘rnatilgan ulanish orqali qurilmalar orasida ma’lumot va fayllarni taqsimlash imkoniyatini beradi.

    CAN (Campus tarmog’i)
    CAN tarmog’i quyidagi xususiyatlarga ega:

    • narx nuqtai nazaridan samarali;

    • kampusdagi turli bо‘limlar о‘rtasida о‘zaro aloqa о‘rnatish imkoniyatini beradi;

    • ma’lumotlarni taqsimlashda bir xil tezlikni taqdim etadi;

    • buzilishga chidamli;

    • CAN tarmog‘i keyinchalik о‘zgartirish va rivojlantirishga qulay;

    • tarmoqdan foydalanishda foydalanuvchilarni autentifikatsiyadan о‘tkazgani bois CAN tarmog‘i yuqori xavfsizlikni ta’minlaydi.


    Download 3,27 Mb.




    Download 3,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: № Tarmoq turlari Kompyuter tarmog’i

    Download 3,27 Mb.