LINUX-operatsion sistemasining boshqa OS lardan farqli jihatlari. Uning hujjatlashtirilishi, dasturiy ta’minoti
Erkin nusxa ko’chirishga ruxsat beradigan litsenziyaga ega bo’lgan boshqa qator operatsion sistemalar mavjud. Ular ichida Rossiyada Free BCD sistemasi ko’proq ommalashgan.
Tajribali mutaxassis uchun Linux o’zlashtirishda yengil va ishlatishda qulay hisoblanadi. Tarixan Unix kodlaridan paydo bo’lgan Free BCDdari farq qilgan holda Linux sistemasi yadrosi yangidan yozilgan.
Ikkala OT ham, biri qaysi bir jihati bilan ikkinchisidan yaxshiroq va aksincha bo’lgani holda, a’lo sifatli sistema hisoblanadi. Ikkala sistema aktiv rivojlanmoqda, tez va qayta-qayta yetakchilik roli bilan almashib turishlari mumkin.
Siz qaysi birini: Linux yoki Free BSD ni tanlashingizga qaramay, tanlov yaxshi bo’ladi.
Linux va Free BSD rivojlanish konsepsiyalariga ko’ra bir-biridan katta farq qiladi. Buning ustiga, operatsion sistemalar orasida Linux umuman o’z falsafasi jihatidan noyob hodisa.
Bu foydalanuvchilar uchun yaratilgan sistema. Linux xohlagan odam chegarasiz nusxa olishi mumkin bo’lgan shunchaki bir erkin sistema emas. U erkin ochiq ishlov beriladigan sistema bo’lib, har bir kishi, qayerda yashashidan qat’i nazar, ozmi-ko’pmi o’z hissasini qo’shgan bo’lsa, Linux hammuallifi bo’lishi mumkin.
Dunyoda Linux Free BSDdan ko’ra ko’proq ommalashgan. Ba’zi hisoblarga ko’ra, 1995-yilda Linux o’rnatilgan vositalarning soni 10 millionga yetgan. Linux Journal jurnali nashr etiladi. Linuxli kompakt-disklarning o’nlab turli versiyalari sotilmoqda. Global tarmoqlar orqali Linux bo’lgan yuzlab arxivlarga kirish mumkin. Linux arxivning chiquvchi trafiki shimolda sunsine.unc.edu bir kunda o’nlab gigabaytni tashkil etadi. Ushbu arxiv bilan kechayu kunduz har bir daqiqada yuzlab foydalanuvchilar ishlaydilar va yana boshqa minglab foydalanuvchilarga xizmat qilish uchun sunsite tomonidan Linux arxivining ko’zguli nusxalari tashkil etilgan.
AQSH, Yevropa, Yaponiya, Avstraliyada Linux User Groups (foydalanuvchilar assotsiatsiyasi) ko’piab paydo bo’lmoqda. Linux bo’yicha muntazam ravishda xalqaro konferensiyalar o’tkazilmoqda. 1994-yil-30 noyabr — 2-dekabrda Vashingtonda 6-OSW (Open Systems World) — xalqaro ochiq sistemalar konferensiyasida Linux sistemasi seksiyasi ham ish olib bordi. Ayni vaqtda Novell App Ware, Windows NT, Solaris, SCO Unix seksiyalari ishladi. O’sha davrdan beri Linux Unix bo’yicha o’tkaziladigan xalqaro anjumanlarning mavzusi bo’lib qoldi. Unix 95 Expoda Linuxga bo’lgan qiziqish g’oyat katta bo’ldi, Linux stendlari joylashgan — Red Hat, Caldera, DEC/ Linux Journal pavilonlariga o’tish juda qiyin edi.
Shunga muvofiq, Linux bo’yicha materiallar ko’proq va kirish osonroq. Linuxga oid arzon CDROM (kornpakt-disk)larning xillari ham ko’p: atigi bir necha o’n dollarga minglab megabaytli, yuqori sifatli dasturlarni olish mumkin.
|