|
Mavzu №15. Zamonaviy vositalar asosida o‘rnatilgan tizimlarni amaliy apparat-dasturiy joriy etish
|
bet | 1/3 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #228434 |
Mavzu № 15.
ZAMONAVIY VOSITALAR ASOSIDA O‘RNATILGAN TIZIMLARNI AMALIY APPARAT-DASTURIY JORIY ETISH.
Arduino IDE apparat dasturiy vositalari
REJA:
1. O‘rnatilgan tizimlar dasturiy vositalari.
2. Dasturiy ta'minot ,instrumental dastur.
3.Arduino IDE apparat dasturiy ta’minoti.
4.Qurilmani dastur bilan ta’minlash, umumiy boshqaruv.
O'rnatilgan tizim - bu ko'pincha ma'lum bir dasturiy ta'minot uchun mo'ljallangan, mos ravishda tanlangan apparat va dasturiy ta'minot komponentlaridan tashkil topgan kompyuter tizimi.
O'rnatilgan tizim o'z funktsiyalarini bajarish uchun javobgardir va berilgan vazifa yoki amallarni bajarishga yo‘naltirilgan tizim.
O'rnatilgan tizim - bu kattaroq mexanik yoki elektr tizimda muayyan funktsiyalarni bajarish uchun mo'ljallangan mikroprotsessor yoki mikrokontrollerga asoslangan apparat va dasturiy ta'minot tizimi.
O'rnatilgan tizimlar qayerda qo'llaniladi?
O'rnatilgan tizimlar hayotning ko'plab sohalarida qo'llaniladi va ularni qo'llash ko'lami texnologik taraqqiyot bilan birga doimiy ravishda kengayib bormoqda.
O'rnatilgan tizim o'z qamrovi tufayli ham to'liq sinovdan o'tkazilishi va barqaror bo'lishi kerak - bu erda dasturiy ta'minotdagi xatolar halokatli bo'lishi mumkin.
Abstrakt dasturiy ta'minot - axborotni qayta ishlash tizimining dasturlari va ushbu dasturlarning ishlashi uchun zarur bo'lgan dasturiy hujjatlar (GOST 19781-90).
Shuningdek - dasturlar, protseduralar va qoidalar to'plami, shuningdek ma'lumotlarni qayta ishlash tizimining ishlashi bilan bog'liq hujjatlar (ST ISO 2382/1-84).
INSTRUMENTAL DASTUR
Dasturlarni loyihalash, ishlab chiqish va texnik xizmat ko'rsatishda foydalanish uchun mo'ljallangan dasturiy ta'minot.
Odatda bu atama dasturiy ta'minotning ushbu sinfi va amaliy va tizimli dasturiy ta'minot o'rtasidagi farqni ta'kidlash uchun ishlatiladi.
Dasturlash jarayonida dasturchi o'z dasturini yaratish uchun xar hil turdagi kodlar yozadi. Kodlarnining qanday bo'lishi qaysi dasturlash tilidan foydalanib, dastur tuzishga bog'liq bo'ladi. Dasturlash tillaridan C, C++, Java,… .Yozilgan kodlarni kompyuter tushunmaydi, kompyuter tushunishi uchun uchun bu kodlarni kompyuter tushunadigan tilga o'zgartirish lozim. Mana shu vaziyatda yuqoridagi 2 ta termin kerak bo'ladi(kompilyator yoki interpretator).
Kompyuter faqatgina raqamli kodlarni tushunadi, ya'ni 0 yoki 1. Bu 2 son orqali dastur tuzish juda qiyin hisoblanadi(manimcha bunday sonlar orqali dastur tuzuvchilar sanoqKli bo'lsa kerak). Shuning uchun, insonlar tushunadigan qilib dasturlash tillari yaratilgan.
Dasturchi dasturlash tillari orqali kodlar yozadi va bu kodlar kompyuter tushunadigan 0 va 1 sonlariga almashtiriladi va dastur kompyuterda ishlaydi, bu jarayonni kompilyator yoki interpretator amalga oshirib beradi.
|
| |