• 27. 1 -rasm . Ichi ga o‘rnashgan r ostlovch i elektromagnitli STN transformator sxemasi.
  • Mavzu №27 elektr yoyli payvandlash qurilmalari (eypq) va ularning elektr ta’minot manbalari reja




    Download 199.48 Kb.
    bet1/4
    Sana05.03.2024
    Hajmi199.48 Kb.
    #167108
      1   2   3   4
    Bog'liq
    MAVZU №27 ELEKTR YOYLI PAYVANDLASH QURILMALARI (EYPQ) VA ULARNING ELEKTR TA’MINOT MANBALARI
    444, Гегель Эстетика, Dars jarayonini belgilovchi asosiy omillar, Linux fayl serverini o\'rnatish, Bank inqirozlari jamol, TARMOQ ODOB AXLOQI, 12-Laboratoriya ishi , 11-Laboratoriya ishi , Isroilov Javlonbek, portal.guldu.uz-MASHINASOZLIK TEXNOLOGTYASI ASOSLARI, My first application.(multi-level), Titul varaqini tayyorlash, Yulka dizaynlari, 2-maruza Filologiya yunalishi uchun, is joba

    MAVZU № 27
    ELEKTR YOYLI PAYVANDLASH QURILMALARI (EYPQ) VA ULARNING ELEKTR TA’MINOT MANBALARI
    Reja:
    27.1. Elektr yoyli payvandlash qurilmalari
    27.2. EYP agregatlar uchun bir va koʻp postli ta’minot manbalari

    O‘zgaruvchan tokda payvandlash yoyning– bu bir va uch fazali payvandlash transformatorlari, hamda bir va ko‘p postli payvandlash qurilmalari qo’llaniladi. Tashqi VAT va tok rostlash usuli bo‘yicha TM ikki xil bo‘ladi: Me’yorli magnit sochmali (rasseyanie) STN turli transformatorlar (transformator va drossel) va rivojlangan magnit sochmali transformatorlar (siljiydigan g‘altakli TD, TSK, TS, STR turli, magnitli shunt bilan TDF turli, o‘ramli pog‘anali rostlagich bilan). Talab qilingan payvandlash sifatini ta’minlagan holda, o‘zgaruvchan tokda ishlovchi payvandlash qurilmalari texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qator afzalliklarga ega.


    Buning asosiy sabablari quyidagilar:

    1. Payvandlash tok manbasining narxi arzon.

    2. Qurilma soddaligi va yuqori darajadagi ishonchlilikka egaligi tufayli, unga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun zarur foydalanish sarflari kam bo‘ladi.

    3. Har bitta payvand qilinadigan mahsulotga ketadigan elektr energiyasi sarfi kam bo‘ladi.

    Bu turdagi payvandlash qurilmalari manbasi bo‘lib payvandlash transformatorlari xizmat qiladi. Ular botiq tavsifga ega bo‘lishi kerak. Bu tavsifga ega bo‘lish uchun quyidagilar bilan ta’minlanishi kerak :

    1. Transformator me’yorli magnit yoyiluvchanlik va qo‘shimcha reaktiv g‘altak bilan tayyorlanishi kerak. Qo‘shimcha g‘altak alohida element sifatida yoki transformator magnit o‘tkazgichi ichida joylashtirilishi mumkin.

    Transformatorni kuchaygan magnit yoyiluvchanlik bilan tayyorlash.

    27.1 -rasm. Ichiga o‘rnashgan rostlovchi elektromagnitli STN transformator sxemasi.
    Yuqori magnitli sochmali transformatorlar boshqalaridan asosiy farqlanishi, bularning umumiy magnit o‘tkazgichida uchta chulg‘am joylashgan: ya’ni birlamchi I va transformatorning ikkilamchi II va rostlovchichulg‘am IIk, bu ikkilamchi chulg‘am bilan ketma-ket ulangan. Payvandlash tokini rostlash magnit o‘tkazgich va yakor S, havo oralig‘i ⸹ ni o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Bunday tizimli transformatorlar afzalligiga ularning to‘plamligi, mis va transformator po‘latining kam sarflanishi; katta miqdordagi toklarni rostlayotganda salt kuchlanish miqdori kam oshishi, bu esa yoyning ishonchli yonishini oshiradi. SHunday qilib yuklama toki oshishi bilan yoy oralig‘idagi kuchlanish birdan kamayadi va bu hol payvandlash apparati uchun zarur hisoblanadi.
    O‘zgarmas tok TMlar ikki guruhga bo‘linadi: payvandlash o‘zgartgichlar (PSO-300, PSO-500, ASDP-500G-3M, ASUM-400 turlar) va payvandlash to‘grilagichlar (VSS-300, VKS, BD, AP va boshqa turlar). Toklar shkalasi: 40, 50, 63, 80, 100, 125, 160, 200, 250, 315, 400, 500, 630, 800, 1000, 1250, 1600, 2000, 2500, 3150, 4000, 5000 A.
    27.2-rasmda ko‘p postli har yoqlama payvandlash generatorining prinsipial sxemasi keltirilgan.
    O‘zgarmas tok agregatlari (generatorlari) ko‘p postli va bir postlilarga bo‘linadi.



    27.2 -rasm. Ko‘p postli ballast reostatli o‘zgartgich sxemasi.
    1,3- qo‘zg‘atish chulg‘amlari; 2- reostat; 4- ballast qarshilik
    Ko‘p postli generatorlar qattiq tashqi harakteristikasini ta’minlaydi. Alohida payvandlash postini ulash ballast qarshilik orqali amalga oshiriladi.




    Download 199.48 Kb.
      1   2   3   4




    Download 199.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu №27 elektr yoyli payvandlash qurilmalari (eypq) va ularning elektr ta’minot manbalari reja

    Download 199.48 Kb.