|
Avaz Mansurov hayoti va ijodi
|
bet | 3/5 | Sana | 29.06.2024 | Hajmi | 34,71 Kb. | | #266187 |
Bog'liq A. Mansurov, N.Norxo’jayev ijodiy faoliayti2.2. Avaz Mansurov hayoti va ijodi.
O‘zbekiston Yoshlar mukofoti sovrindori, Toshkent Davlat konservatoriyasi kompozitsiya va cholg‘ulashtirish kafedrasi professori, kompozitor Avaz Mansurov o‘zining uslubi bilan alohida ajralib turadi. Kompozitor turli janr¬larda, ayniqsa, qo‘shiqchilikda barakali ijod qilib kelmoqda.
Avaz Mansurov 1957-yil 2-noyabrda Qo‘qon shalirida tug‘ildi. Avazning bolalik yillari teatr sahnasida hamda mashhur xonanda va sozandalarning musiqa va she’riyat davralarida o‘tdi. Dastlab musiqa maktabida, so‘ngra Qo‘qondagi musiqa bilim yurtining «Musiqa nazariyasi» bo‘limida a’lo baholar bilan o‘qidi.
1982-yilda M. Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat kon- servatoriyasining «kompozitsiya va cholg‘lashtirish» kafed- rasini Boris Zeydman sinfida, 1986-yili asisstenturani professor Feliks Yanov-Yanovskiy rahbarligida bitirdi.
Kompozitor A. Mansurov ish faoliyatini 1973-yilda Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri- ning orkestrida sozandalikdan boshladi. 1981 —1983-yillarda o‘qish bilan bir qatorda Respublika o‘quvchilar saroyi qoshidagi bolalar musiqa maktabida ishladi. 1982-yili konservatoriyada o‘qishni bitirgach, kompozitsiya va cholg‘ulashtirish kafedrasida pedagog lavozimida asisstenturada qoldirildi. Mazkur kafedrada katta o‘qituvchi, dotsent, «Sharq fakulteti» dekani, «Kompozitsiya va cholg‘ulashtirish kafedra»si mudiri va 2000-yildan boshlab konservatoriya o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlamoqda.
A. Mansurov birinchi ijodiy qalamini fortepiano uchun «Qizcha va tulki», «Qo‘rqinchli tush» ertaklariga musiqa bastalashdan boshladi. Skripkachilar ansambli uchun «So‘zsiz qo‘shiq», forte¬piano uchun «Tokkata-preludiya» va bir necha qo‘shiqlar yaratdi. A. Mansurovning ijodiy faoliyatida kamer vokal janrlar ustunlik qiladi. Uning ovoz skripka va fortepiano uchun yozgan «Muhabbat» lirik turkumi, 10 dan ortiq romanslari musiqiy jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi. Ayniqsa, bolalar qo‘shiqlarini yaratishda A. Mansurov yuqori natijalarga erishdi. O‘zteleradiokompaniyasi qoshidagi «Bulbulcha» bolalar xor jamoasi ijrosida yangragan «Quyosh bilan suhbat», «Kel, baxt kuyin kuylaylik», «Oq kabutar parvozi», «Hur respublikam», «Muz- qaymoq», «Tomchilar qo‘shig‘i», «Dakan xo‘roz», «Quvnoq bolalar», «Qo‘shig‘im, jon qo‘shig‘im», «Oczbekiston onajon» kabi 100 dan ortiq qo‘shiqlari mashhur bo‘lib, kompozitorga shuhrat keltirdi. Kompozitor estrada janrida ham unumli ijod qilib kelmoqda. «Navro‘z», «Chimyon», «Chaman-chamanim», «Talabalar qo‘shig‘i», «Oydin yo‘l» kabi estrada qo‘shiqlari shular jumlasidandir. Kompozitor A. Mansurovning ijodiy faoliyatida teatr sahna asarlariga musiqa bastalash ham ustIVor turadi. Jumladan: «Hayvonlar sultoni», «Sharq afsonasi», «Qo‘ng‘iroqh yolg‘onchi», «Xo‘ja Nasriddinning 41-pashshasi», «Ur, to‘qmoq» musiqali komediyalarni yaratdi. Simfonik orkestr uchun ikkita simfoniya, o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun uvertura, damli cholg‘ular orkestri uchun «Karnay sadosi» va «Askarlar marshi», «Sug‘diyona», kamer cholg‘u asarlari, fortepiano uchun «Hayvonot bog‘ida sayr» kabi musiqali asarlami yaratdi. Avaz Mansurov O‘zbekiston Yoshlar mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Avaz Mansurov Kompozitor Avaz Mansurov 1957 yil 2 noyabrda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1982 yilda Toshkent davlat konservatoriyasining bastakorlik bo‘limini prof. B.I.Zeydman sinfida, 1986 yil assistent-stajorlikni prof. F.M.Yanov-Yanovskiy sinfida tamomladi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik kafedrasi mudiri, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi kotibi. Avaz Mansurov O‘zbekiston musiqa san’atining rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan ijodkorlardan. Kompozitor turli janrlarda sermahsul ijod qilib, «O‘zbekiston qo‘shiq bayrami» Respublika tanlovlarida «O‘zbekiston – do‘stlik diyori» (1998 yil 1-mukofot), «Sog‘inib uyg‘onar tonglar» (1999 yil 2-mukofot), «Barkamol avlod qo‘shig‘i» (2001 yil 1-mukofot) kabilarni yoshlar jo‘shib kuylashdi. «O‘zbekiston-ona onajon», «Biz hur Vatan chechaklarimiz», «Bu chamanzor kimniki», «Xayr maktab», «Kim epchilu kim chaqqon» kabi 100 dan ortiq qo‘shiqlari bolajonlar orasida keng tanilgan. Mustaqillik va Navro‘zga bag‘ishlangan katta bayram tadbirlarida bir necha bor asarlari yangradi. Respublika teatrlarida o‘nlab musiqali asarlari sahnalashtirilgan va minglab tomoshabinlarga manzur bo‘lgan. Uning «Sug‘diyona» orkestri uchun yangicha uslubda yezilgan «Moziydan sado» asari asosida musiqiy film ishlandi va televideniye orqali tomoshabinlarga e’tiboriga havola etildi. A.Mansurovning «O‘zga sayyoralik robot», «Hayvonlar sultoni» bolalar operalari, «Sharq afsonasi» baleti, «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Kachal Polvon va Garmsel», «Ur to‘qmoq» kabi 11 ta musiqali spektakl, «Uchar kovush», «Sho‘x xo‘tikcha», «Kashmir qo‘shig‘i» musiqali ertaklari, «Bir soatlik xalifa» musiqali drama, 2 ta simfoniya, simfonik poema, «Bayram uvertyurasi», «Navro‘z» kabi 5 ta uvertyura, «Mustaqillikka bag‘ishlov», «Shodiyona» madhiyalari, fortepiano va orkestr uchun konsert asarlarini alohida aytib o‘tish lozim.
A.Mansurov O‘zbekiston Yoshlar mukofoti sovrindori (1986), «O‘zbekiston – Vatanim menim» qo‘shiq tanlovining g‘olibi (1998). U O‘zbekiston Fahriy Yorlig‘i bilan tag‘dirlangan, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari faxriy yorliqlari hamda mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Uning chehrasi doim ochiq, musiqasi kulgu va quvonch hislarini uyg’otib, ko’ngillarga hushnudlik bag’ishlaydi. Jozibasi esa tinglagan barcha qalblarni o’ziga maftun etadi. U - jiddiy, va avvalo, o’ziga juda talabchandir. Mas’uliyat ila ish yurituvchi bu inson kasbdoshlari va shogirdlariga bo’lgan madaniyatli munosabati bilan o’rnak bo’la oladi. Bu xususiyatlarning barchasi, albatta, uning yaratgan asarlarida o’z ifodasini topgan. Mazkur fazilatlar egasi bo’lgan inson - taniqli kompozitor Avaz Mansurovdir. O’zbekiston yoshlar mukofoti sovrindori, O’zbekiston davlat konservatoriyasi kompozitsiya va cholg’ulashtirish kafedrasi professori, Botir Zokirov nomidagi milliy estrada instituti rektori Avaz Maksudovich Mansurov o’zining shaxsiy uslubi bilan alohida ajralib turadilar. Kompozitor turli janrlarda, ayniqsa qo’shiqchilikda barakali ijod qilib kelmoqda. Mansurov Avaz Maqsudovich 1957-yil 2-noyabrda Qo’qon shahrida tug’ilgan. Kompozitorning bolalik yillari teatr sahnasida hamda mashhur xonanda va sozandalarning musiqa va she’riyat davralarida o’tdi. 1982-yilda M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining «kompozisiya va cholg’ulashtirish» kafedrasini professor B.I.Zeydman sinfida, 1986-yili assistenturani professor F.M.Yanov-Yanovskiy rahbarligida bitirgan. Kompozitor A.Mansurov ish faoliyatini 1973-yilda Farg’ona viloyati musiqali drama teatrining orkestrida sozandalikdan boshladi. Hozirgi vaqtda Avaz Mansurovning musiqa bastalash ishqi musiqa maktabida o’qib yurgan kezlarida boshlandi. U birinchi ijodiy qadamini fortepiano uchun «Qizcha va tulki», «Qo’rqinchli tush» ertaklariga musiqa bastalashdan boshladi. Musiqa bilim yurtida o’qib yurgan paytlarida ham skripkachilar ansambli uchun «So’zsiz qo’shiq», fortepiano uchun «Tokkata-prelyudiya» va bir necha qo’shiqlari uning ijodiga bag’ishlangan maxsus mualliflik konsert dasturida jarangladi. Bu konsert A.Mansurov uchun sinov maktabi bo’lib xizmat qildi va uni katta san’at yo’liga chorladi. Konservatoriyada besh yillik o’quv jarayonida turli janrlarda yuztadan ortiq asarlar yaratdi. «Simfonik poema», «fortepiano uchun 6-ta prelyudiya», «muhabbat» nomli ovoz uchun lirik turkum, «Ilonshox va uning amaldori ari haqida» nomli xalq cholg’ulari orkestri uchun musiqiy ertak, uvertyura, fantaziyalar, fortepiano va orkestr uchun konsert, diplom ishi sifatida yozilgan birinchi simfoniya shular jumlasidandir. 1981-1983 yillarda o’qish bilan bir qatorda Respublika o’quvchilar saroyi qoshidagi bolalar musiqa maktabida ishladi. 1982-yili konservatoriyada o’qishni bitirgach kompozitsiya va cholg’ulashtirish kafedrasida pedagog lavozimida va assistenturada qoldirildi. Mazkur kafedrada 1990-1993 yillari katta o’qituvchi, 1993- yildan dotsent, 1993-1998 yillarida «Sharq fakulteti» dekani, 1998-yildan «kompozitsiya va cholg’ulashtirish kafedra»si mudiri, 2000-2010 yillarda konservatoriya o’quv ishlari bo’yicha , professor, 2011-2021 yildan «kompozitsiya va cholg’ulashtirish kafedra»si professori. 2022-yildan “Botir Zokirov” nomidagi milliy estrada institutining rektori lavozimida ishlamoqdalar. Kompozitor Avaz Mansurovning ijodiy faoliyati haqida gapiradigan bo’lsak, bolalar uchun yozilgan musiqa uning asosini tashkil etadi. Mazkur yo’nalishda yozilgan ko’pgina asarlari buning yaqqol dalilidir. Ijodkorning o’zi esa: «bolalar musqasi mening xobbiyim», - deydi.7 Ma’lumki, musiqa ijodiyotining ushbu sohasi ikki turdan iboratdir: bolalar jamoasi bilan ijro etiladigan, hamda professional «kattalar» jamoasi uchun mo’ljallangan musiqiy namunalar. Avaz Mansurov bolalar musiqasining har ikkala ko’rinishida sermaxsul ijod qiladi. Kompozitor «qalamining» asosiy qirrasi o’ziga xos fikr bayonining aniqligi va teranligi bilan ajralib turadi. Ijodkor musiqiy tilini murakkablashtirmagan holda ortiqcha bezamaydi. Kompozitor uslubining originalligi aynan shunda namoyon bo’lib, ijodkor tilining barchaga tushunarli bo`lganligi - uning yutug’i sifatida gavdalanadi. Avaz Mansurov qalamining betakrorligini, milliylik xususiyatlari bilan sug’orilganligini g’arb va sharq an’analarining o’zaro uyg’unlashuvida ko’ramiz. Yevropa maktabidan dramaturgik rivoj va shakl tuzilish omillarini olgan bo’lsa, milliy an’analardan esa meditatsiya, mavzu materialining rivoj usullari bilan singdirgan. O’zbek xalq musiqasining milliy an’analarini saqlab, XX asr Kompozitorlik texnikasini o’zida mujassamlashtira olgan uslubi professional o’zbek musiqasi rivojlanishi yo’lida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ohangining milliyligi mavzular xarakterida namoyon bo’ladi (melizmatika, kelgusi rivojiga o’ziga xos bosqich (tramplin) yasovchi ladning ikkinchi pog’onasiga tayanch, musiqaning «eonali» tamoyili va h.k.). Ijodkor simfonik janrlarda ham qalamini charxlab boradi. Buning mahsuli esa «Vals» va «O’zbek raqsi» nomli estrada-simfonik orkestri uchun ikkita pyesa, skripkalar, violonchellar va simfonik orkestr uchun «Bayram uvertyurasi», «Progress» uvertyura-fantaziyasi, «Qaxramonlarga haykal o’rnatamiz» nomli simfonik asari. 1987-1990 yillar simfonik janrdagi ijodiy izlanishlar natijasida ikkinchi simfoniya yaratildi. Mazkur davrgacha , musiqiy tili va amaliy musiqa yaratish texnologiyasi shakllandi. Ketma - ket uchta myuzikl yuzaga keldi: Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri uchun «Kachal polvon va Garmsel», Respublika qo’g’irchoq teatri uchun «Ur to’qmoq», «Mag’rib afsungarlari uzugi» nomli musiqali yangi yil ertagi va bolalar uchun «Hayvonlar sultoni» operasini yaratadi. Kompozitor A.Mansurovning ijodiy faoliyatida kamer vokal janrlar ustunlik qiladi. Uning ovoz, skripka va fortepiano uchun yozgan «Muhabbat» lirik turkumi, 10 dan ortiq romanslari musiqiy jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi. Kompozitorlik ijodiyotining ushbu sohasiga Avaz Mansurov ijodiy yetuklik davrida murojaat etdi. Bu sohada u 20 ga yaqin asar yaratib, ulardan bir qismi xalq cholg’ulari ansambli uchun mo’ljallangan. Jumladan: 2 ta alt va fortepiano uchun 2 ta pyesa; «Fortepiano uchun 7 ta pyesa»; «Koreys ohanglari asosida musiqa»; torli kvartet uchun «Poema»; skripkachilar ansambli va fortepiano uchun «Rondo - Vals»; xalq cholg’ulari kamer orkestr uchun «Uvertyura» or.59; romanslar or.62, or.63; «Hayvonot bog’iga sayr» nomli fortepiano uchun turkum; xalq cholg’ulari orkestr uchun «Moziydan sado» poemasi, «Sug’diyona», «Yurtim jamoli», «Qo’shiq va raqs». «Qo’shiq va raqs» ning asosida turkman xalq kuylari yotadi, «Yurtim jamoli» uzbek folklori ohanglari bilan sug’orilgan, «Sug’diyona» - mazkur orkestr sozandalarining ijro etish xususiyatlarini nazarda tutgan holda partitura yaratildi. Kompozitorlik ijodiyotining aynan kamer musiqasiga xos bo’lgan individual sirli xususiyat ijodkorning ichki dunyosiga nazar tashlash imkoniyatini beradi. Kompozitor A.Mansurovning ijodiy faoliyatida teatr-sahna asarlarga musiqa bastalash ham ustuvor turadi. U yillar davomida bolalar operalarini, baletlarini, 20 , myuzikllarini, spektakllarini, musiqali ertaklarini, musiqali komediyalarini yaratdi. XXI asr boshida A.Mansurov ijodi turli janrdagi asarlar bilan boyidi. Bu davrda «Sog’diyona» xalq cholg’u ansambli uchun yozilgan shu nomli fantaziyasi alohida o’rin egallaydi (bu asarni kompozitor ansambl rahbari va dirijyori Feruza Abdurahimovaga bag’ishlagan). Shu bilan birga A.Mansurov «Moziydan sado», «Yurtim jamoli», «Qo’shiq va raqs» kabi poema fantaziyalar, «Zumrad va qimmat» baleti (Y.U.Ismatova librettosi), va amaliy musiqa janrlarda to’rtta asar yaratadi. Ijodkor faoliyatining doirasi nihoyatda keng. Kompozitor, pedagog, ma’rifatparvar bo’lgan bu inson O’zbekiston davlat konservatoriyasining o’quv ishlari bo’yicha prorektor, O’zbekiston kompozitorlari uyushmasining raisi o’rinbosari va O’zBU boshqaruv a’zosi lavozimlarida faoliyat yuritib kelganlar, Respublikamiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etadi. («Sog’lom avlod uchun» gazeta taxririyatining a’zosi, xalq deputatligiga nomzodi qo’yilgan, ko’rik - tanlovlar, festivallar kabi turli tadbirlarning hay’at a’zosi). Avaz Maqsudovich Mansurovning sermaxsul va barakali ijodi ijodiy va pedagogik maqolalarida, o’quv qo’llanmalarida, esselarida o’z aksini topgan
|
| |