• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mavzu: alohida ta’lim extiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning psixologik, pedagogik talablari reja




    Download 19.75 Kb.
    Sana30.01.2023
    Hajmi19.75 Kb.
    #40218
    Bog'liq
    19-mavzu
    8 sinflar uchun, ZIYOLILAR ZAKOVAT, Biosfera. Biosferaning asosiy funksiyalari va tarkibi, Fizika @sadikov uz(1), O\'MT SHaxsiy kompyuter 60 soatlik, 2 5314641344373730910, asliddin mustaqil ish 222 (2), Asqaraliyev Islomjon 111 20-g UPP 1-M, Asqaraliyev Islomjon 111 20-g MI 1-A, Reja- Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari, Taqdimot (9), KT tajriba (2), Reja Kirish Asosiy qism-fayllar.org, 3-kl Metodika слайд

    MAVZU: ALOHIDA TA’LIM EXTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARNI O‘QITISH VA TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK, PEDAGOGIK TALABLARI
    Reja:

    1. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish

    2. Takomillashtirish chora-tadbirlari 

    Foydalanilgan adabiyotlar

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida:


    1. Quyidagilar:
    2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
    2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda – “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
    Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    Belgilansinki, Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
    2. Xalq ta’limi vazirligi 2021-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar o‘tayotgan yilning “Yo‘l xaritasi” bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yil uchun “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
    Vazirlar Mahkamasi “Yo‘l xaritalari” hamda maqsadli ko‘rsatkichlarning (indikatorlarning) bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin hamda yiliga bir marta uning natijalarini Hukumat rayosati majlislarida tanqidiy ko‘rib borsin.
    3. Belgilab qo‘yilsinki, Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi, jumladan:
    a) 2020 — 2022-yillar davomida:
    inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi;
    inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi;
    inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi;
    inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etiladi;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantiriladi;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
    inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilinadi;
    b) 2023 — 2025-yillar davomida:
    inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy qilinadi;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
    inklyuziv ta’limda o‘qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta’lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
    inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko‘riladi;
    o‘quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta’lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab va maktab-internatlar) (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) soni optimallashtiriladi.
    4. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining:
    a) 2021/2022 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida:
    shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish;
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish;
    Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlarni tashkil etish;
    b) inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish va ixtisoslashtirilgan guruhlarni tashkil etish natijalarini hisobga olgan holda ijobiy tajribani respublikaning boshqa hududlariga bosqichma-bosqich tatbiq etish;
    v) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
    ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida majburiy umumiy o‘rta ta’limni 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshirish;
    ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 10-11-sinf (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 8-9-sinf) o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda egallaydigan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining qisqartirilayotgan o‘quv soatlari doirasida kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etish;
    g) ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bitiruvchilariga kasbga o‘qitish kurslarida o‘rgatilgan kasblar bo‘yicha sertifikat berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etishda metodik yordam ko‘rsatish, o‘quv jarayonini samarali olib borish va malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish uchun tegishli hududdagi professional ta’lim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlarini ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga biriktirsin.
    5. Belgilab qo‘yilsinki:
    a) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
    boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish moslashtirilgan (adaptiv) o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumta’lim maktablarida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari shtatlarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish hisobidan maxsus pedagog shtat birliklari ajratiladi;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning salohiyatini rivojlantirish maqsadida inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim maktablari tomonidan mazkur o‘quvchilar uchun ular va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) ishtirokida individual o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi mumkin;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga individual ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda maxsus pedagoglar va tyutorlar (yordamchi pedagog xodimlar) yaqindan ko‘maklashadi;
    inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalariga tyutor (yordamchi pedagog xodim) sifatida tegishli malakaga ega volontyorlar va oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishidagi yuqori kurs talabalari pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida jalb qilinadi;
    inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumta’lim maktablari Kuzatuv kengashi tarkibiga alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ota-onalaridan (ularning qonuniy vakillaridan) biri kiritiladi;
    nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda professional ta’lim muassasalari uchun umumiy davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlarining ikki foizgacha bo‘lgan qismi ushbu shaxslarga ajratiladi;
    o‘quvchilarga uy sharoitida yakka tartibda ta’lim berayotgan o‘qituvchilar ish haqlarini hisoblash Xalq ta’limi vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi;
    b) 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
    ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining rahbar xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida to‘lanadi;
    Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Mehribonlik” uylari respublika sog‘lomlashtirish oromgohi rahbari bazaviy tarif stavkasi miqdori “Mehribonlik” uylarining tegishli rahbar xodimi bazaviy tarif stavkasining 90 foiziga, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari psixologlari bazaviy tarif stavkasi miqdori umumta’lim maktablari psixologlari bazaviy tarif stavkasiga, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari to‘garak va musiqa rahbarlari, mehnat va trener yo‘riqchisi bazaviy tarif stavkalari “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
    6. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi qoshida uning belgilangan shtat birliklari doirasida “Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi” tashkil etilsin.
    Inklyuziv ta’lim laboratoriyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
    umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim uchun shart-sharoitlar yaratish, inklyuziv ta’lim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
    inklyuziv ta’limning metodik ta’minotini (dasturlar, rahbar, pedagog va mutaxassislarga metodik tavsiyalar va boshqalarni) ishlab chiqish hamda takomillashtirib borish;
    inklyuziv ta’limning barcha subyektlari uchun psixologik-pedagogik va ijtimoiy rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
    inklyuziv sharoitlarda ta’lim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish;
    inklyuziv ta’lim bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish;
    inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalari, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish va uni doimiy yangilab borish;
    inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar va seminarlarni tashkil etish va o‘tkazish.
    7. Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin:
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqi va erkinligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek bolalarning madaniyat, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
    inklyuziv ta’lim-tarbiyani matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib etish;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari bo‘yicha ota-onalar uchun onlayn o‘quv kurslarini tashkil etish va video ma’ruzalarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.
    8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar:
    pedagogik ta’lim sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining tegishli o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim metodikasi bo‘yicha mavzular kiritilishini ta’minlasin;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) to‘siqsiz harakatlanishi uchun umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarida zarur sharoitlar (binolarning kirish qismiga panduslar, tutqichlar va boshqalar) yaratsin;
    o‘quv jarayonini tashkil etishda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishda alohida masofaviy o‘qitish elementlaridan (onlayn o‘quv darslari, elektron ta’lim resurslari) keng foydalanilishini ta’minlasin.
    9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4185-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshidan “rahbar xodimlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
    Belgilansinki, mazkur o‘zgartirish 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
    10. Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
    Bugungi kunda respublika bo‘yicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) 21,2 ming nafar, 21 ta sanatoriy turidagi maktab-internatlarda 6,1 ming nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya oladi. Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan 13,3 ming nafar o‘quvchilar uyda yakka tartibda o‘qitiladi.
    2014 — 2016-yillarda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida:
    respublikaning 5 ta hududida tajriba-sinov maydonchalari tashkil etildi;
    150 nafardan ortiq tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya va 1,3 ming nafardan ortiq pedagog xodimlar inklyuziv ta’lim xizmatlariga o‘qitildi;
    pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga ta’lim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etishga doir 3 ta o‘qitish moduli kiritildi;
    2 ming nafardan ortiq alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga inklyuziv ta’lim xizmatlari tashkil etildi;

    Foydalanilgan manba: WWW.LEX.UZ



    Download 19.75 Kb.




    Download 19.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: alohida ta’lim extiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning psixologik, pedagogik talablari reja

    Download 19.75 Kb.