|
Mavzu: Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish imoniyatlari Reja
|
bet | 5/9 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 28,47 Kb. | | #143277 |
Bog'liq Mavzu Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydal-fayllar.orgXotiradagi hujjatni o`qish
Xotirada saqlangan hujjatni ekranga chiqarish uchun Filetavsiyanomasining Open (Открыть-ochish) buyrug`idan foydalanamiz. (файл-fayl) tavsiyanomasining Recent Publications(последные публикации - oxirgi nashrlar) buyrug`i yordamida xotiradagi oxirgi va nashrdan birortasini ochishimiz mumkin. Hujjat bilan ishlashni tugatgandan so`ng uni yopish uchun Filetavsiyanomasining Close(закрыть-yopish) buyrug`idan foydalanamiz.
Hujjat bo`ylab surilish
Page Maker dasturida hujjat sahifalari bo`ylab surilishning uch xil usuli bor. Kerakli sahifa raqamini ko`rsatib o`tish uchun Goto Page (Sahifaga o`tish) buyrug'idan foydalanamiz. Ekranda paydo bo`lgan muloqot oynasida kerakli sahifa raqami kiritiladi. Shablon-sahifaga o`tish uchun esa Layout(Maket) tavsiyanomasining Goto Page(Sahifaga o`tish) buyrug`ini tanlash yoki Ctrl-klavishlarini bosish mumkin. Hujjat sahifalarini ketma-ket ko`rish uchun Goto Page (Sahifaga o`tish) buyrug`ini tanlash vaqtida Shiftklaviaturasini bosib turish kerak. Page Maker ketma-ket 1-sahifadan boshlab hujjat sahifalarini ko`rsata boshlaydi. Ko`rsatishni to`xtatish uchun sichqoncha knopkasini bosish kifoya.
Hujjat sahifalarini bildiruvchipiktogrammalar.
Keyingi sahifaga o`tishning eng sodda usuli F12 klaviaturasini bosishdir. F12 bosilsa, bitta avvalgi sahifaga qaytamiz. Agar siz ko`proq sichqonchani ishlatishni ma`qul ko`rsangiz, hujjat sahifalari bo`ylab surilishning yana bir usuli bor. Hujjat oynasining chap tomondagi quyi burchagida sahifa ko`rinishidagi piktogrammalar joylashgan. Chap tomondagi piktogrammalar shablon-sahifalarga mos keladi. o`ngroqdagi piktogrammalar esa hujjat sahifalariga mos keladi.
Sahifani akslantirish ko`rinishini o`zgartirish
Kompyuter ekranida sahifa ko`rinishini kattalashtirish uchun tavsiyanoma buyruqlaridan, klaviaturadan va sichqonchadan foydalanish mumkin.
Yo`naltiruvchi chiziqlar va koordinata chizg`ichlarini akslantirish
Buning uchun Layout(Maket) tavsiyanomasining Guides and Rulers(НаправляющиеиЛинейка- yo`naltiruvchi chiziqlar va chizg`ich) buyrug`ini tanlash kerak. Chizg`ichdagi birliklar tizimini File (Fayl) tavsiyanomasidagi Preferences(Установки) buyrug`i yordamida o`rnatish mumkin.
|
| |