• 1- HAFTA MAVZUSINI BAJARISHGA NAMUNA
  • Arduino kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini o’rganish. Kompyuterga Arduino IDE ni o’rnatish Ishning maqsadi.
  • Laboratoriya mashg’ulotni bajarishga tayyorgarlik ko’rish
  • Virtual Bread Board dasturi.
  • Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
  • Tajribada olingan natijalarni ishlash
  • Mavzu: Arduino kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini o’rganish. Kompyuterga Arduino ide ni o’rnatish




    Download 441.86 Kb.
    Sana03.03.2024
    Hajmi441.86 Kb.
    #166041
    Bog'liq
    1-mavzu (1)
    Maktabgacha ta\'lim tashkilotlarida bolalarning dizayin faoliyati, TARBIYAVIY ISH DASTURI, Mavzu Maktab ta’limini rivojlantirishning moliyaviy masalalari, 1 лаборатория иши, Dinamik turdagi ma’lumotlar tuzilmasi Reja, Marketingni boshqarish fanidan joriy nazorat uchun mustaqil ta’lim topshiriqlari, 3-lab, Курс иши (НАЪМУНА)

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

    KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
    “O’RNATILGAN TIZIMLAR”
    fanidan
    1- HAFTA MAVZUSINI BAJARISHGA
    NAMUNA
    (3-kurslar uchun)
    Mavzu: Arduino kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini o’rganish. Kompyuterga Arduino IDE ni o’rnatish
    Fan o‘qituvchisi: Saidkulov E.A.

    SAMARQAND _ 2022


    1-Mavzu: Arduino kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini o’rganish. Kompyuterga Arduino IDE ni o’rnatish


    Ishning maqsadi. Arduino kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini haqida tushunchalarga va Arduino IDE dasturini o’rnatish ko’nikmasiga ega bo’lish.


    Laboratoriya mashg’ulotni bajarishga tayyorgarlik ko’rish:
    Arduino - bu professional bo’lmagan foydalanuvchilarga mo’ljallangan oddiy avtomatlashtirish va robototexnika tizimlarini qurish uchun mo’ljallangan apparat va dasturiy ta’minot hisoblaniladi. Dasturiy ta’minot qismi dasturlarni yozish, kompilyatsiya qilish va dasturiy ta’minot uchun bepul dasturiy qobiqdan (IDE) iborat.
    Arduino platformasi - o’rnatilgan bosma elektron platalar to’plamidir. Arduino avtonom avtomatlashtirish ob’ektlarini yaratish uchun ham, standart simli va simsiz interfeyslar orqali kompyuterdagi dasturlarga ulanish uchun ham ishlatilishi mumkin.
    Arduino platalariga dastur o’rnatishda asosiy dasturlar- Arduino IDE, Virtual Bread Board (VBB), mBlock, FLProg dasturlari hisoblanadi. Bu dasturlar ichida Arduino IDE dasurida kodni o’zingiz hohlagan ko’rinishda yozishingiz mumkin. Boshqa dasturlar Virtual ko’rinishda dastur strukturasini va virtual apparat ta’minotini o’z ichiga oladi. Misol tariqasida quyidagi dasturni ko’rib chiqamiz.
    Arduino IDE dasturi
    Dasturni o’rnatish uchun uni maxsus saytdan yuklab olishimiz zarur:
    https://biblprog.org.ua/ru/arduino_ide/download/
    Yuqorida ko’rsatilgan saytdan foydalanib, dasturlash muhiti uchun o’rnatuvchini yuklab oling dasturni o’rnating va ishga tushiring.
    Virtual Bread Board dasturi.
    Ushbu dasturning imkoniyatlari juda kattadir.Chunki bu dastur apparat ta’minotidan tashqari dasturni virtual yig’ilgan sxema(plata)ga o’rnatish va simulyatsiya jarayonini vitual tarzda amalga oshirish imkoniyatini o’z ichiga oladi.
    Dasturni o’rnatish uchun uni maxsus saytdan yuklab olishimiz zarur:
    https://soft.mydiv.net/win/files-VirtualBreadboard.html
    Dastur faylini saytdan yuklab olgandan keyin quyidagi tartibda o’rnatamiz:
    VBB.exe faylini ikki marta bosasiz.

    1-rasm. Dasturni o’rnatish bosqichi

    2-rasm. Dasturni o’rnatish bosqichi
    Dasturni o’rnatib bo’lganingizdan keyin dastur oynasi ochiladi.
    .
    3-rasm. Dastur ishchi oynasi (Kirish)
    NEW -bo’limini tanlab OPEN tugmasi bosiladi va quyidagi ko’rinishda ishchi oynamiz hosil bo’ladi:

    4-rasm.Dastur bosh ishchi oynasi
    Menyular paneli quyidagilarni o’z ichiga oladi: File; Edit; Tools; Help.
    Ishchi oynamizda elementlar paneli mavjud:

    5-rasm.Elementlar paneli
    Bu yerda bizga kerakli elementlar mavjud. Bundan tashqari elementlar paneli bo’limi ham mavjud bo’lib, kerakli bo’lim ustiga bossangiz turi, markasi, rangi kabiel ementlar paneli mavjud:

    6-rasm.Elementlar paneli (umumiy)
    Biz kerakli plata yoki elementlarniu shbu panellardan foydalanib ishlatishimiz va simulyatsiyani amalga oshirishimiz mumkin. Bundan tashqari ishchi oynada quyidagi qo’shimcha funksiyalar mavjud:

    7-rasm.Yordamchi elementlar paneli
    Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
    LED diod lampasini yonib o’chishamalini bajarish. Buning uchun bizga:

    • Arduino UNO platasi;

    • Maket platasi;

    • 220 Om qarshilik;

    • Va ulash uchun similar kerak bo’ladi.

    VBB dasturi ishchi oynasini ochamiz va Arduino UNO platasini va maketp latani ishchi oynaga joylashtiramiz:
    LED diod lampaning oyog’I uzun tarafi «musbat», oyog’I kalta tarafi esa «manfiy» oyoqlari hisoblanadi. Biz «musbat» oyog’ini 3 portga, «manfiy» tarafiga resistor orqali GROUND portiga quyidagi tartibda ulaymiz:

    8-rasm.VBB dasturida eng soda yig’ilgan sxema ko’rinishi
    Tajribada olingan natijalarni ishlash.
    Virtual Bread Board dasturi yordamida sxemalarni yig’ish:
    1. 1 ta yonib o’chuvchi LED diodlampasining sxemasini yig’ing.
    2. 2 ta yonib o’chuvchi LED diodlampasining sxemasini yig’ing.
    3. 3 ta yonib o’chuvchi LED diodlampasining sxemasini yig’ing.
    4. 4 ta yonib o’chuvchi LED diodlampasining sxemasini yig’ing.
    5. 5 ta yonib o’chuvchi LED diodlampasining sxemasini yig’ing.
    6. 6 ta yonib o’chuvchi LED diodlampasinings xemasini yig’ing.


    Hisobot mazmuni.
    Laboratoriya mashg’ulot hisobotida quyidagilar kеltirilishi shart:
    1. Ishning maqsadi.
    2. O’rganilayotgan laboratoriya ishidan tushuncha.
    3. Sxemalar ko’rinishlarini word dasturida elektron shaklda tayyorlash.
    4. Berilgan topshiriqlar bo’yicha yig’ilgan sxemalar.


    Nazorat savollari.
    1. Arduino IDE dasturi imkoniyatlari haqida nimalarni bilasiz?
    2. VBB dasturi imkoniyatlari haqida nimalarni bilasiz?
    3.Arduino UNO platasi haqida nimalarni bilasiz?
    Download 441.86 Kb.




    Download 441.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Arduino kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini o’rganish. Kompyuterga Arduino ide ni o’rnatish

    Download 441.86 Kb.