• 1-rasm. HTML strukturasi. …
  • 1.center
  • 2-rasm. Bloknot oynasi.
  • Bu mening birinchi web-sahifam
  • 3-rasm. Saytning Internet Explorerda ko’rinishi.
  • Mavzu: Аrхitеkturа vа qurilishdа wеb dаsturlаsh tехnоlоgiyasini qo’llаsh аsоslаri Reja




    Download 97.91 Kb.
    Sana29.02.2024
    Hajmi97.91 Kb.
    #164719
    Bog'liq
    5-maaruza Web dasturlash (2)
    Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını, ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, 1666731973, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test

    Mavzu: Аrхitеkturа vа qurilishdа wеb dаsturlаsh tехnоlоgiyasini qo’llаsh аsоslаri
    Reja:

    1. Web dasturlash texnologiyasi.

    2. HTML tili haqida nazariy ma’lumot.

    3. Web-sahifa yaratish.

    Tayanch so’zlar:Web texnologiyalari,HTMl,paragraph elementlari.



    Hozirgi vaqtda, analitiklarning bergan bahosiga ko’ra, internetdan 100000 dan ziyod domenli nomlar foydalanmoqda. Raqamli abonent liniyalar va fizik modemlar hamda arzon Web-xostinglar orqali umumiy kirishlarga tezkor ulanish uchun o’n millonlab foydalanuvchilar o’zlarining shaxsiy Web-saytlarini yaratadilar. Onlayn foydalanuvchilar soni 500 milliondan ziyod foydalanuvchilardan iborat deb baholanayotgan bir vaqtda (bu son oyiga 7% ga o’sib bormoqda), Web-dasturchilar oldiga cheksiz Web sohasida foydalanuvchilar qiziqishini kengaytirish uchun yangi texnologiyalarni qo’llash masalasi qo’yilmoqda.
    Butun dunyo o’rgimchak uyasida millionlab foydalanuvchilar va Web dasturchilar har kuni Web-sahifalar bilan ish olib borishadi. Ko’plab Web dasturchilar o’zining ishini yengillashtirish uchun Web-dasturlarning ko’plab dasturiy vositalari bilan ish ko’radilar. Ammo yangi Web-texnologiyalarni to’liq hajmda ishlatish uchun dasturchilar aniq bosqichda yeng shimarib HTML deskriptorlari, atributlari, jadvallarning kaskadli ko’rinishlari qoidalari va b. bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi.
    Webda saytlar soni ko’p bo’lganligiga qaramay, o’zining sayti tez, xavfsiz va oddiy bo’lishini xoxlaydigan web-dasturchilar ko’plab topiladi. Bundan tashqari, saytga kiruvchi foydalanuvchilar nafaqat ermaklar va aktual tarkibiy qismlarni, balki bu tarkibiy qismlar tez yuklanishini hohlaydi. Ko’plab foydalanuvchilar havfsiz deb hisoblanadigan saytlar aslida ham shunday hisoblanadi. Siz web-saytga joylashtirgan tarkibiy qismlarga bog’liq bo’lmagan holda foydalanuvchilar sifat, tezlik va havfsizlikni kutishadi.
    HTML-bu kodlar orqali web-hujjat yaratish tili hisoblanadi. HTML tilining qisqacha strukturasi quyidagicha:

    1-rasm. HTML strukturasi.


    -bu ushbu tilning teglarini o’z ichiga oluvchi xizmatchi so’z, ya’ni hujjatni ochadi yoki barro qiladi. …- sayt haqida boshlang’ich ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. - sayt sarlavhasi ko’rsatiladi. …
    ning asosiy teglari:

    - matnlarni abzasdan kiritadi va abzas orasidagi masifa kattaroq bo’ladi.
    - matnlarni abzasdan kiritadi va abzas orasidagi masofa kichikroq bo’ladi.

    - matnni abzas ko’rinishida kiritadi va matn qanday yozilgan bo’lsa shunday chiqaradi.
    Paragraf elementi: Ushbu element quyidagicha yoziladi.

    -bu element paragraflarni belgilash uchun ishlatiladi. Matnni ko’rsatilgan manzildan boshlab yozish mumkin: chardan, o’ngdan va o’rtadan. Buning uchun align atributini ishlatamiz. Inglizcha align-tekeslash so’zidan olingan. Bu atribut 4 ta qiymatga ega.
    1.center-markazdan;
    2.left-char tomondan;
    3.right-o’ng tomondan;
    4.Justify-matni char va o’ng tomondan boshlab tekislash.
    Web-sahifa yaratish
    Eng sodda web-sahifa odatda faqat matndan iborat bo‘ladi. Biz ham web-sahifa tayyorlashni unga matn joylashtirishdan boshlaymiz. Buning uchun Windowsning Bloknot matn muharririni ishga tushiramiz (boshqa matn muharriridan foydalansa ham bo‘ladi). Bloknot matn muharririni ishga tushirish uchun Windowsning “Pusk” menyusiga kirib, “Programmы” bo‘limiga o‘tamiz. Ochilgan “Programmы” oynasidan “Standartnыye” bo‘limiga kiramiz va “Bloknot” dasturini tanlaymiz. Bloknot matn muharriri juda sodda bo‘lib, sarlavha satri, menyular satri va ishchi maydonidan tashkil topgan.

    2-rasm. Bloknot oynasi.
    Ishchi maydoni matn kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Word matn protsessori kabi shrift tanlash, uning rangi, o‘lchami va boshqa parametrlarini o‘zgartirish, jadval yoki rasm joylalashtirish imkoniyati yo‘q. Bloknot matn muharririda asosan matn kiritish, uni tahrirlash, saqlash (magnit diskida), avval saqlangan matnni ochish kabi ishlar bajariladi.
    Bloknot matn muharririni ishga tushirgach, web-sahifa yaratishni boshlasak ham bo‘ladi. Web-sahifa odatda sarlavhadan boshlanadi. Bu bizning birinchi web-sahifamiz bo‘lgani uchun, unga “Bu mening birinchi web-sahifam” – deb, sarlavha qo‘yamiz. Buning uchun Bloknot ishchi maydonida quyidagi matn kiritiladi:


    Bu mening birinchi web-sahifam


    Bu yerda, , , , HTML tilining deskriptorlari. - web-sahifa boshlanishini, esa, web sahifa yakunlanganini anglatadi.
    - sarlavha boshlanishini, - sarlavha tugaganini bildiradi. Bu deskriptorda “H” belgisi “Heading” (sarlavha), 1- yuqori (birinchi) pog‘ona ma’nosini bildiradi. HTML da bir necha pog‘ona sarlavhalar tashkil qilish mumkin. Ular haqida keyingi mavzularda so‘z yuritiladi. Yuqorida kiritilgan matnni “mypage1.html” nomi bilan saqlab qo‘yamiz. Endi uni biror web-brouzer yordamida ko‘rish mumkin. Hosil qilgan websahifamizni Internet Explorer brouzerida ko‘rish uchun, Internet Explorer dasturini ishga tushirib, “mypage1.html” faylini ochamiz. (Bu vazifa Word, Excel, Paint kabi dasturlarga bag‘ishlangan mavzularda batafsil ko‘rib chiqilgan). “maypage1.html” fayli Internet Explorerda ochilganda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

    3-rasm. Saytning Internet Explorerda ko’rinishi.


    Download 97.91 Kb.




    Download 97.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Аrхitеkturа vа qurilishdа wеb dаsturlаsh tехnоlоgiyasini qo’llаsh аsоslаri Reja

    Download 97.91 Kb.